1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana29.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1137546
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
sertifikat amaliy UMK

22,23- Amaliy mashg’ulotlar
ALKOGOLLI VA ALKOGOLSIZ ICHIMLIKLARGA TEGISHLI TIBBIY-
TOKSIKOLOGIK KO’RSATKICHLARNI ANIQLASH.
Mavzu: Alkogolsiz ichimliklarni tekshirish. Namuna olish. Organoleptik 
baho berish. Kislotaliligi va zichligini aniqlash. Ovqat mahsuloti tarkibidagi 
radionuklid borligini tekshirish. Tayyor taomni tekshirish. Namuna olish. 
Organoleptik baho berish, kaloriyasini xisoblash
Gazlangan yaxna ichimliklar. Yaxna ichimliklar ishlab chiqarish ja- 
rayonida sifatli ichimlik suvi, shakar, meva ekstrakti va sharbatlari, orga- nik 
kislotalar (limon, sut, vino), ovqat bo‘yoqlari va essensiyalardan foy- 
dalaniladi. Alkogolsiz yaxna ichimliklarga gazlangan yaxna ichimliklar
tabiiy meva sharbatlari, kola ichimligi va mineral suvlar kiradi.


Alkogolsiz yaxna ichimliklarni tayyorlashda ishlatiladigan suv ichim- lik suvi
uchun qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishi lozim. Bundan tashqari
yaxna ichimliklar ishlab chiqarishda asosiy talab suvni karbo- nat angidrid 
bilan boyitilishga qaratilishi lozim. Buning uchun suv suyuq holdagi karbonat
angidridga maxsus saturator apparatida bosim ostida to‘yintiriladi.
Yaxna ichimliklarning sifati standart talablarga javob berishi lozim. Ularning 
tashqi ko‘rinishi tiniq va begona cho‘kmalarsiz bo‘lishi lozim. Yaxna 
ichimliklar tarkibida margimush va og‘ir metall tuzlari bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Karbonat angidridning ruxsat etilgan me’yori 0,04 %. Yaxna 
ichimliklar tarkibida shakar o‘rnini bosuvchi va surragatlarga ruxsat 
berilmaydi, diabetiklar uchun shakar o‘rniga maxsus saxarin qo‘shib ishlab 
chiqariladigan ichimliklar bundan mustasno. Ayrim ichimliklarda saxarin 
o‘rniga sorbit yoki ksilit qo‘shish mumkin.
Sulfitlangan mevalardan tayyorlanadigan meva sharbatlarida oltin- gugurt 
oksidining miqdori 20 mg/l dan oshmasligi lozim. Yaxna ichimliklarning 
saqlanish muddati 20 
o
C da 7 kungacha, diabetiklar uchun ishlab 
chiqariladigan ichimliklar uchun 15 kungacha.
Yaxna ichimliklarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonning bu- zilishi
gigiyenik qoidalarga rioya qilmaslik natijasida ichimliklar mikroblar bilan 
zararlanishi mumkin. Ichimliklarning mikrob bilan zararlanish manbai - suv, 
shakar, meva, sharbatlar, idishlar, apparatlar, jihozlar hamda korxona 
xodimlari bo‘lishi mumkin.
Yaxna ichimliklar ishlab chiqarishda texnologik jarayon yoki idish- 
larni 
yuvish qoidalari buzilsa
, dizenteriya, paratif, qorin tifi kabi yuqumli 
kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling