1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash
Tekshirish uchun ichimliklardan sinamalar olish
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
sertifikat amaliy UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxna ichimliklarning organoleptik ko‘rsatkichlarini aniqlash
Tekshirish uchun ichimliklardan sinamalar olish
Tekshirish uchun ichimliklar quyidagi jarayonlarda olinadi: a) zavod- larda quyish mobaynida; b) savdo tarmog‘ida yaxna ichimliklarni quygan- dan so‘ng 7 sutkadan kechiktirmasdan, 2 sutkadan kechiktirmasdan gaz- lanmagan ichimliklardan va kvasdan, 15 sutka ichida gazlangan suvlar- dan. Shisha idishli ichimliklar ekspertiza uchun quyidagicha olinadi: 5-15 idish 5000 shisha idishli partiyadan , 15-30 idish 5000 idishdan ortiq par- tiyadan, savdo tarmog‘ida 5-15 ta miqdorda 250 tagacha qutidan, 15-30 idish 250 qutidan ko‘p bo‘lgan partiyadan. Jihozlar va idishlar 1. Qand miqdorini aniqlash moslamasi (saxarimetr). 2. Silindrlar - 250-500 ml. 3. Kimyoviy stakanlar - 300-400 ml. 4. Kimyoviy kolbachalar - 100, 200, 250 ml. 5. 50 ml li byuretkalar shtativ bilan. 6. Uzun voronkalar - 400 ml. 7. Probirkalar. 8. Suv hammomi. 9. Elektr isitgich (plitka) Reaktivlar 1. 0,1 n li o‘yuvchi natriy. 2. 1 % fenolftalein eritmasi. 3. Etil efir. 4. 10 % sulfat kislota. 5. Distillangan suv. Yaxna ichimliklarning organoleptik ko‘rsatkichlarini aniqlash Tashqi ko‘rinishi. Ichimliklarning tashqi ko‘rinishi ko‘zdan kechiril- ganda shisha idishning yoki bochkaning qadoqlanishiga, muhri va yor- lig‘iga e’tibor beriladi. Tiniqligi, rangi va ta’mi. Maxsus yorug‘lik ekranida shisha idishning o‘zida ichimlik rangini xiralashtiruvchi qo‘shimcha birikmalar borligi yoki yo‘qligi tekshiriladi, shundan so‘ng shisha idish ochilib, ichimlikning hidi aniqlanadi va yarmi kimyoviy tekshirish uchun olinadi. Yaxna ichimliklarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash Saqlanish muddatini aniqlash. Namuna 20 o C li termostatga joy- lashtiriladi, bir necha kun shu holatda saqlanadi, har kuni ichimlik holati kuzatib boriladi (cho‘kma tushishi yoki xiralashish). Agar cho‘kma yoki xiralashish paydo bo‘lsa, vaqti yozib qo‘yiladi (paydo bo‘lgan kun). Zichligini aniqlash. Ichimlikning qattiqligi tarkibida quruq mod- dalarning miqdori bilan belgilanadi, uning asosiy qismini shakar tashkil etadi. Ichimlik SO 2 gazidan chayqatilib ozod qilinadi va paxta orqali filtr- lanadi hamda 250 ml li silindr idishga solinadi. Silindr ichiga shakar miqdorini aniqlash moslamasi tushiriladi. Moslama tebranishi to‘xtagach, moslamaning yuqori ko‘rsatkichi orqali zichligi aniqlanadi. Zichlik 20 o C haroratda aniqlanadi. Agar ichimlik harorati past yoki yuqori bo‘lsa, u holda harorat isitib yoki sovitib 20 o C ga keltiriladi. Bundan tashqari, ichimlik zichligi refraktometr yordamida ham aniqlanadi. Kislotaliligini aniqlash. Ichimlik yaxshilab chayqatilib, SO 2 gazidan ozod qilinadi. Mora pipetkasi yordamida 10 ml ichimlik olinadi va 100 ml li kolbaga solinadi. Ustidan 50 ml distillangan suv solinadi va kolba qaynaguncha qizdiriladi. Keyin ustiga 2-3 tomchi 1 % li fenolftalinning spirtdagi eritmasi solinadi va pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. a x 100 X = 10 x 10 Bu yerda: X - ichimlik kislotaliligi; a - ml miqdori; 100 - 100 ml ichimlik ; 10 - 0,1 n li o‘yuvchi natriy eritmasi, 10 - titrlash uchun olingan ichimlik miqdori (ml). Shakarni aniqlash. 250 ml ichimlikka 2 ml 10 % li sulfat kislota qo‘shiladi. So‘ng 400 ml li voronkaga 100 ml etil spirti quyilib, 25 ml dan ichimlik qo‘shiladi va har gal voronka silkitiladi va ajralib chiqqan suvi to‘kib tashlanadi. Efirni ajratib olib, boshqa kolbaga solinadi, quritiladi va ta’mi tatib ko‘riladi. Agar shirin bo‘lsa, tarkibida saxarin mavjud. Bo‘yoqning tabiiy yoki sun’iyligini aniqlash. Yaxna ichimlikdan 100 ml li stakanga 50 ml solib olinadi va ichiga paxtadan tayyorlangan oq matoning bir uchini 3-5 daqiqa botirib qo‘yiladi. Mato olinib, oqar suvda 5 daqiqa davomida yuviladi, agar matodan rang ketib qolsa sun’iy, rang qolsa, tabiiy yaxna ichimlik hisoblanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling