1,2,3-amaliy mashg’ulotlar Bankali go’sht konservalariga tegishli standartlarda xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash
O‘simlik moylarini saqlash va bu jarayonlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
sertifikat amaliy UMK
3. O‘simlik moylarini saqlash va bu jarayonlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar
Moy ekstraksiya zavodlarida ishlab chiqarilgan moylar birdaniga sotuvga yoki iste’molga jo‘natilmaydi. Kundalik hayotda moylar iste’molchilarga yetib kelguncha ma’lum muddatda saqlanadi. Ana shu muddat ichida moylarning sifatining pasayib ketmasligini ta’minlash, ya’ni iste’molchilarga yuqori sifatli moy mahsulotlarini yetkazib berish katta ahamiyatga egadir. Ma’lumki, o‘simlik moylari temir bochkalarda, bidonlarda, flyagalarda, yelimlab chiqilgan yog‘och bochkalarda va katta hajmlarda esa bak-rezervuarlarda saqlanadi. Chakana savdo tarmoqlariga sotish uchun esa yog‘ni shisha butilkalarga 250 va 500 g dan, shuningdek polimer materiallardan tayyorlangan butilkalarga 400 va 500 g dan qilib qadoqlanadi. Butilkaga zavodning nomi, uning adresi, vazirlik, korxonaning tovar belgisi, moyning turi va navi, sof massasi, standart nomeri ko‘rsatilgan yorliq yopishtirib qo‘yiladi. Albatta, moylarning saqlanish muddati mana shu idishlarning turiga, ichki qismi qanday ishlaganligiga, hajmiga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda suyuq o‘simlik moylari metalldan tayyorlangan bochkalarda tashiladi va saqlanadi. Metall bochkalar ko‘pincha po‘latdan, alyuminiydan, titandan va boshqa metallardan tayyorlanadi. Bu bochkalar 100, 200, 275 dm 3 hajmda ishlab chiqariladi. Bu bochklar sirtqi va ichki tomonidan zanglashga qarshi rux qatlami bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Ba’zan bu bochkalar ichki va tashqi tamondan maxsus zaharsiz ozuqaviy bo‘yoqlar bilan va boshqa materiallar bilan ham qoplangan bo‘lishi mumkin. Keyingi paytlarda titandan yasalgan metall bochkalar tayyorlanmoqda va o‘simlik moylarini tashish, saqlashda ko‘plab ishlatilmoqda. Yuqorida aytganimizdek, o‘simlik moylarini katta hajmda uzoq muddatda saqlash uchun bak-rezervuarlar qo‘llaniladi. Bu idishlar quyosh nurini qaytaruvchi bo‘yoq va emallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Moy-larning uzoq saqlanishini ta’minlash uchun harorat 8-10 0 C dan va havoning nisbiy namligi esa 75 % dan oshmasligi tavsiya etiladi. Rezervuarlarning bu bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi bir xil haroratni ushlab turadi, bu esa moylarning uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Moylarni katta hajmdagi rezervuarlarda saqlaganda moylar rezervuarlarga to‘ldirib quyilishi kerak, chunki bo‘shliqdagi havo tarkibidagi kislorod moyda erib, keyinchalik oksidlanish reaksiyasiga borib, moyning sifatining pasayishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, moylarni saqlaganda, avvalo ularning oksidlanishining oldini olish zarur. Belgilangan sharoitlarda moylarning kafolatlangan saqlash muddatlari 1 yil qilib qabul qilingan. Butilkalarga qadoqlangan moy harorat 18 0 C dan ortiq bo‘lmagan, yopiq qarong‘i xonalarda saqlanishi kerak. Shunday sharoitda tozalangan dezorodatsiya qilingan kungaboqar va makkajo‘xori moylarining butilkalarga joylab qo‘yilgan kundan boshlab kafolatlangan saqlash mudldati 4 oy, tozalangan dezodoratsiya qilinmagan paxta moyi uchun 6 oy, dezodoratsiya qilingan soya moyi uchun esa 1,5 oy qilib belgilangan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling