Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar
- §. Rezarvuar devorining konstruksiyasi
Download 366.08 Kb.
|
diplom
5 - §. Rezarvuar devorining konstruksiyasi
67. Rezervuar devoridagi po‘lat varaqlarning hisoblangan qalinligi gidrosinovlar paytida mahsulot yoki suv to‘ldirish sathining loyihaviy balandligiga qarab belgilanadi. Rezervuar devorlaridagi varaqlarning nominal qalinligi prokat uchun hisoblangan minusli qo‘yim va korroziyaga nisbatan qo‘yimni o‘z ichiga oladi. 68. Rezervuar devorining nominal qalinligi 3 etapda aniqlanadi: a) poyaslar qalinligining dastlabki tanlovida; b) pishiqligini tekshirishga oid hisob-kitobi paytida qalinlikka tuzatish kiritish (jumladan, seysmik jihatdan xavfli hududlar uchun zilzila ta’sirini inobatga olish); v) barqarorlik (mustahkamlik) ka doir hisob-kitob qilishda qalinlikka tuzatish kiritish. 69. Poyaslarning nominal qalinligini dastlabki tanlash, ishlatishdagi zo‘riqish, gidrosinovlar o‘tkazish paytidagi zo‘riqish va konstruksiyaga oid talablarni hisob-kitob qilib amalga oshiriladi. 70. Ishlatish sharoitidan kelib chiqib, har bir poyas uchun devorning minimal hisoblangan qalinligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (2) bunda; r — mahsulotning zichligi (solishtirma og‘irligi), kg/cm3; N— mahsulotni quyish balandligi, cm; z — rezervuar tagidan poyasning pastki chegarasigacha bo‘lgan masofa, cm; r — rezervuar devori yuzasining o‘rtacha radiusi, cm; Ry — materialning hisoblangan qarshiligi, kgf/cm2; γs — ishlash sharoiti uchun koeffitsiyent: eng pastki poyas uchun 0,7 qolgan boshqa poyaslar uchun 0,8 ga teng. 71. Gidravlik sinovlar sharoiti uchun har bir poyasdagi devorning minimal qalinligi quyidagi formula bilan hisoblanadi: (3) bunda: Rv — gidrosinovlarda ishlatiladigan suvning zichligi (solishtirma og‘irlik, kgf/cm2); Hg — gidrosinovlarda suvni quyish balandligi, cm; γs = 0,9 - gidrosinov sharoitidagi barcha poyaslar uchun ishlash koeffitsiyenti bir xil (71-punktdagi belgilanishga qo‘shimcha). 72. Devordagi har bir poyasning nominal qalinligi (t) ni sortament qatordan tanlashda quyidagi shartga amal qilish lozim. Qalinligi, prokat uchun minusli qo‘yimning ∆ va t farqini hisobga olganda, uchta qiymatning maksimal miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak: (4) bunda: s — korroziya uchun hisoblangan qo‘yim, mm; tk — konstruksiya uchun zarur bo‘lgan minimal qalinlik bo‘lib, 3.3 - jadval bo‘yicha aniqlanadi:
Download 366.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling