Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar


Download 366.08 Kb.
bet13/23
Sana03.02.2023
Hajmi366.08 Kb.
#1152010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
diplom

3.1 - jadval







Yupqaroq detalning qalinligi, mm

Qalinligi bo‘yicha ruxsat etilgan farq, mm

4 gacha

1

4 dan katta 20 gacha

2

20 dan katta 30 gacha

3

30 dan katta

4

Mazkur jadvalda ko‘rsatilgan detallar qalinligidagi o‘lchamlaridan ziyodroq farq bo‘lganda, qalinroq detallar uchini yupqaroq detal qalinligigacha bir yoki ikkala tomonidan 15o burchak ostida yo‘nib, moslashtirish kerak. Ayni paytda konstruksiyaning chetlariga ishlov berish va payvand choklari o‘lchamini yupqaroq metall bo‘yicha tanlash lozim.
46. Payvandlanadigan detalning o‘zaro qirg‘oqlari quyidagi o‘lchamlardan ko‘pga siljishi mumkin emas:
a) qalinligi t = 4 — 10 mm gacha detallarda 1,0 mm ga;
b) qalinligi t = 10—40 mm gacha detallar (ammo 3 mm dan ko‘p emas) payvandlanadigan detallar qalinligidan 10 % miqdorda.
47. Burchakli payvand choklardagi maksimal katetlar ulanayotgan detallarning yupqarog‘ining qalinligidan 1,2 barobarga ortishi mumkin emas.
48. Qalinligi 4-5 mm bo‘lgan detallardagi payvand choki burchagining kateti 4 mm bo‘lishi kerak. Qalinligi kattaroq bo‘lgan detallar uchun mazkur katet konstruksiyaga ko‘ra hisob-kitob qilib aniqlanadi, ammo eng kamida 5 mm bo‘lishi kerak.
49. Rulonli yarim fabrikatlar zavod sharoitida uchma-uch (zich) qilib ulanadi.
50. Rezervuarning tagi va tomini rulonli materialdan yig‘ayotganda, ulanmalar birining ustiga ikkinchisini chiqarib payvandlash mumkin. Rulonlar bir-birining ustini kamida 30 mm ga yopib turishi lozim. Rezervuarning tagi va tomini taglikka o‘rab, varaqlardan yig‘ilayotganda, uchma-uch qilib va bir-birining ustiga 5 t o‘lchamda (ammo 30 mm dan kam emas) payvandlanadi.

Download 366.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling