Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar


Download 366.08 Kb.
bet7/23
Sana03.02.2023
Hajmi366.08 Kb.
#1152010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
diplom

3.3 - jadval




Rezervuar diametri D, m

Devor varaqlari minimal konstruktiv qalinligi, mm

16 gacha

5

16 dan 25 gacha

6

25 dan 40 gacha

8

40 dan 65 gacha

10

65 dan yuqori

12

73. Mustahkamlikka tekshiruv va turg‘unlikka tekshiruv hisob-kitobi, nominal qalinlik bilan (t) prokatga mo‘ljallangan minusli qo‘yim va korroziya uchun qo‘yim (S) larning farqi sifatida aniqlanadigan poyaslarning hisoblangan qalinligini (tp) belgilash uchun o‘tkaziladi:
(5) bunda:
Rezervuar devorining har bir poyasi uchun devorning mahkamligini tekshirish quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(6)
yoki boshqa formula:
( 7 ) bilan aniqlanadi. Bunda:
σ1meridional kuchlanish, kgf/cm2;
σ2 — halqa bo‘ylab kuchlanish, kgf/cm2;
γs — ish sharoiti uchun koeffitsiyent (71 - punkt bo‘yicha olinadi);
γn — rezervuarlarning vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsiyenti:
I — klass uchun γn = 1,2 ga,
II — klass uchun γn = 1,1 ga,
III — klass uchun γn = 1,05 ga,
IV — klass uchun γn = 1,0 ga teng.
Yuqoridagi formulalar doimiy tomli rezervuarlar uchun keltirilgan. Suzuvchi tomli rezervuarlar uchun hisob-kitob qilganda 75-punktdagi formulalarda berilgan, doimiy tomli rezervuar uchun xos bo‘lgan nagruzka (zo‘riqish) inobatga olinmaydi.
74. Halqa bo‘ylab kuchlanish (σ2) har bir poyasning pastki nuqtasi uchun hisoblab chiqiladi:
(8) bunda:
Formulada rezervuardagi ortiqcha bosimdan zo‘riqishga doir ishonchlilik koeffitsiyenti e’tiborga olingan.
Rp — rezervuardagi ortiqcha bosim kgf/cm(71-punktdagi belgilanishga qo‘shimcha).
75. Yuklama (zo‘riqish) bo‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti va asosiy birikma uchun koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda meridianal kuchlanish poyasning pastki nuqtasi uchun quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(9) bunda:
Gm — hisoblangan nuqtadan yuqoridagi metallkonstruksiyalarning massasi, t;
Go — hisoblangan nuqtadan yuqoridagi statsionar uskunalarning massasi, kg;
Gy— hisoblangan nuqtadan yuqoridagi isitgichning massasi, t;
s— qordan zo‘riqishning to‘liq me’yoriy miqdori, kgf/cm2.
76. Seysmik (zilzila) ta’siriga oid hisob-kitoblarni ixtisoslashgan tashkilot bajaradi.
77. 73-punktdagi shartlar bajarilmaganda, tegishli poyasning qalinligini oshirish lozim.
78. Alternativ variant sifatida, buyurtmachi bilan kelishib turib, ish sharoiti uchun har bir poyas devorining minimal qalinligi (tc) va gidravlik sinovlar uchun minimal qalinligi (tg) ni o‘zgaruvchan qalinlikdagi silindrik qatlamning tarkibi hisoblanadigan, devor har bir poyasi uchun membranali halqa bo‘ylab kuchlanishning eng katta o‘lchami asosida tavsiya etish mumkin. Rezervuar devorini tagi bilan tutashgan chegaraviy sharoit, nolli radial siljishlar va varaq gardishida plastik momentga teng bo‘lgan egiluvchi moment tarzida beriladi. Qalinlikni tanlash 71-punktdagi shartlar bajarilishi tufayli 73-punktdagi formula bilan aniqlangan dastlabki qalinlikni kamaytirib, iteratsiya usulida bajariladi.
Katta hajmdagi rezervuarlarda bayon etilgan usul bilan minimal qalinlikni belgilanishi poyaslarning hisoblangan qalinligini kamaytirishi mumkin.
79. Rezervuar devorlarining mustahkamlikka hisob-kitobini quyidagi nisbatni tekshirish yo‘li bilan bajariladi:
(10) bunda:
σσ—dastlabki kritik (meridianal) kuchlanish, kgf/cm2;
σσ —so‘nggi kritik (meridianal) kuchlanish, kgf/cm2.
80. Dastlabki kritik kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(11) bunda:
tp min — devorning eng yupqa poyasining (odatda yuqori poyas) hisoblangan qalinligi.
Koeffitsiyent S ushbu formula bilan chiqariladi:
(12)
(13)
81. So‘nggi (ikkinchi) kritik kuchlanish ushbu formula yordamida aniqlanadi:
(14) bunda:
Hr — rezervuarning redutsiyalangan balandligi, m, statsionar tomli rezervuarlar devorining qalinligi doimiy bo‘lganda, Hr rezervuar devorining to‘liq balandligi (N0) ra teng bo‘ladi.
82. Rezervuarning redutsiyalangan balandligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(15) bunda:
tri — i poyasdagi varaqning hisoblangan qalinligi, mm;
hi— i poyasning balandligi, cm.
Suzuvchi tomli rezervuarlarning yuqori poyasi uchun hi sifatida poyasning pastki chetidan shamollatish halqasigacha bo‘lgan masofa o‘lchamida olinadi.
83. Doimiy qalinlikdagi devorning pastki qirg‘og‘i uchastkasi uchun meridianal kuchlanish ushbu formula bilan hisoblab chiqiladi:
(16) bunda:
Rvak — rezervuardagi nisbiy siyraklanish (vakuum) miqdori, kgf/cm2. Siqilish bo‘yicha kuchlanish belgisi σi —shartli ravishda musbat belgisiga almashtirilgan.
84. Statsionar tomli rezervuarlar halqasidagi kuchlanish (σ2) ni turg‘unlikka hisoblangan Rvak va tashqi shamolning ekvivalent bosimiga (Rsh) ga bog‘liq bo‘ladi:
(17) bunda:
Rsh — rezervuarning eng yuqorisiga No shamol bosimi qiymati (qurilish me’yorlari va qoidalariga ko‘ra).
Suzuvchi tomli rezervuarlar uchun Rvak o‘rniga shamoldan siyraklanish darajasi hisobga olinadi.
(18) bunda:
Ci — aerodinamik koeffitsiyent bo‘lib, rezervuar balandligi (No) uning diametri nisbatiga bog‘liq ravishda (qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq) aniqlanadi.
Siqilish bo‘yicha kuchlanish (σ2) shartli ravishda musbat qiymatga almashtirilgan.
85.79-punktdagi shartlarni bajarish imkoniyati bo‘lmasa, rezervuar devorlarining mustahkamligini ta’minlash uchun yuqoridagi poyaslardagi devor qalinligini orttirish yoki o‘rtalariga mahkamlovchi halqalar o‘rnatish lozim. Sharoitga ko‘ra har ikkalasini ham qo‘llash mumkin.
86. Oraliqlardagi mustahkamlik halqalari holatini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni faqat σ/ σsg<1 sharti bajarilgandagina amalga oshirish mumkin. Mazkur holatda 79-punktdagi σ1cr,σ2 larning qiymati ma’lum bo‘lganda, ikkinchi (so‘nggi) kritik kuchlanish σ σ2 ning hisobini chiqarib, 82-punktdagi nisbatdan redutsiyalashgan balandlik (Hr max) aniqlangandan keyin 79-punktdagi barcha shartlar bajarilgan hisoblanadi.
87. O‘rtalikka o‘rnatiladigan mustahkamlovchi halqaning o‘rni quyidagi algoritm bo‘yicha aniqlanadi. Poyaslarning aniqlangan balandliklari 82-punktdagi formula bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab yig‘iladi. Suzuvchi tomli rezervuar uchun eng yuqori poyasning balandligi shamollatish halqasi sathiga teng qilib olinadi. Yig‘indi hosil qilinayotganda, keltirilgan (aniq) balandlik Hr max dan ziyod qiymati, hamda mazkur poyasning quyi qirg‘og‘iga mos keluvchi balandlik Hji qiymatini ifodalovchi (j) poyasning tartib raqami bo‘ladi.
j — poyasning quyi qirg‘og‘i tepasiga halqani o‘rnatish balandligi (hji) — quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(19)
Agar hisob-kitob bo‘yicha halqa o‘rnatish joyi gorizontal payvand chokka 150 mm dan yaqinga to‘g‘ri kelib qolsa, halqa yuqoriroqqa joylashtiriladi.
Mustahkamlik halqasining parametrlari rezervuarning diametriga ko‘ra 95-punktda berilgan metodika bo‘yicha aniqlanadi.
88. Birinchi mustahkamlovchi halqaning o‘rni belgilangandan keyin, 87-punktda berilgan algoritm bo‘yicha ikkinchi (uchinchi va sh.k.) mustahkamlovchi halqalarning o‘rnatiladigan joylari belgilanadi. Ayni paytda statsionar tom (ochiq rezervuarning shamollatish halqasi) o‘rnini oldingi halqa egallaydi deb faraz qilish lozim.
89. Agar eng quyi halqa bilan rezervuar tagi orasidagi keltirilgan balandlik ruxsat etilgan Hg max dan kam bo‘lsa, devordagi barcha halqalarning orasidagi masofalarni iloji boricha bir xil qilib taqsimlab chiqish zarur.
90. Mustahkamlikka doir hisob-kitoblar va mustahkamlovchi oraliq halqalarning joylashishini aniqlashning alternativ varianti sifatida buyurtmachi bilan kelishib turib, poyaslar qatlamlaridagi turli qalinlikka e’tibor berib, oxirgi element metodi bo‘yicha bajarish mumkin. Mazkur usul yordamida halqalar soni va ularning joylashuvini, hamda poyaslardagi tasmalar qalinligini aniqlash mumkin. Hisoblashdagi chegara shartlari 78-punktda berilgan.

Download 366.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling