Iii bob. Rezervuarlar konstruksiyasi 1 §. Payvandli ulanma va choklar


- §. Loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar


Download 366.08 Kb.
bet4/23
Sana03.02.2023
Hajmi366.08 Kb.
#1152010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
diplom

3 - §. Loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar
59. Umumiy holatlar:
a) rezervuarlarning joylashuvi — ish beruvchining buyurtmasiga binoan yer yuzasidagi maxsus poydevor ustiga quriladi.
b) geometrik parametrlar — qurilish me’yorlari va qoidalari, yong‘inga qarshi me’yorlar talablarini va geologik tadqiqotlarni hisobga olgan holda, qurilish maydonchalari (1-ilovada mazkur hujjat talablariga muvofiq qo‘llanilishi qulay bo‘lgan, hajmi 100 dan 50000 m3 gacha bo‘lgan, rezervuarlarning asosiy parametrlari berilgan).
v) tayyorlash (yasash) metodlari — buyurtmachining talabiga ko‘ra, varaqli yoki rulonli qilib yasash.
60. Buyurtmachi beradigan ma’lumotlar:
a) rezervuarning geometrik parametrlari va hajmi (sig‘imi);
b) rezervuar turi: doimiy tomli (pontonli yoki pontonsiz), suzuvchi tomli va boshqa konstruktiv xususiyatlari;
v) quriladigan hudud (rayon, territoriya);
g) saqlanadigan mahsulot nomi. Bunda zarur tadbirlarni qo‘llash maqsadida mahsulotdagi zararli aralashmalar mavjudligi (oltingugurt, vodorodsulfid va h.k.lar miqdori) yozilishi kerak.
d) mahsulotning solishtirma og‘irligi;
e) mahsulotning maksimal va minimal harorati;
j) ortiqcha bosim va nisbiy siyraklik;
z) issiqlik izolatsiyasidan zo‘riqish;
i) uskunalarning joylashishi va texnologik uskunalar ta’siridan hosil bo‘ladigan zo‘riqish;
k) lyuklar va zulfinlarni tozalashga bo‘lgan zarurat;
l) mahsulotning aylanishi (vaqtga bog‘liq holatda mahsulot quyish darajasi-sathining o‘zgarishi);
m) tovarosti suvining darajasi (sathi);
n) rezervuarning ishlash muddati;
o) rezervuar elementlarining korroziyasiga nisbatan qo‘yim.
Mazkur ma’lumotlar yuzasidan buyurtmachi va loyihalovchilar o‘rtasida kelishuv bo‘lishi shart.
61. To‘liq hajmdagi topshiriq belgilanmagan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning I bobidagi 2 - § ning 5-punktiga amal qilish kerak.

Download 366.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling