Inson va uning
iqtisodiy qiymati to‘g‘risida ilk fikrlarning shakllanishi (mutafakkirlar)
XVII-XX
asr o‘rtalari
to‘g‘’risida klassik fikrlar-ning shakllanishi (V.Petti, A.Smit, J.S.Mill,
A.Marshall..)
ruvchi fundamen-tal iqtisodiy tadqiqot-lar (T.Shults, G.Bekker, E.Denison, J.Kendrik Ж.Минцер..)
1990
yildan buyon
tadqiq etishga zamonaviy yondashuv- lar (Dj.Xekman A.Sen, R.Barro, J.Li,
D.Ajemoglu,
V.Lutts.)
3.7 - rasm. Inson kapitali nazariyasining rivojlanishi.
Manba: Akramova Sh.G. O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent. 2019.
Jumladan mazkur sohada tadqiqot olib borgan mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Sh. G. Akramova inson kapitali to‘g‘risidagi xorijiy va mahalliy iqtisodiy fikrlarni tizimlashtirish natijasida inson kapitali nazariyasi rivojlanishini quyidagi 7-rasmda ko‘rsatilgan bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi.
Inson kapitali bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining rang-barangligi hududlarni innovatsion rivojlantirishda inson kapitalining o‘rnini baholash borasida amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlari sifati va ko‘lamiga ta’sir ko‘rsatadi. Inson kapitalining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi o‘rni borasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning birinchi guruhiga inson kapitalining ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatish ko‘lami va sifati asoslab berilgan ilmiy izlanishlar mansub bo‘lib, bunday tadqiqotlar sirasiga Romer, 1990; Barro, 1991; Templ, 1999; Kruger va Lindal, 2001; De la Fuente va Dominik, 2005 kabi olimlarning asarlarini kiritishimiz mumkin. Bu o‘rinda aksariyat tadqiqotlarda inson kapitali va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida muhim ijobiy bog‘liqlik
mavjudligi tasdiqlanganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi ( R. Solou 1992).
Ikkinchi guruh tadqiqotlari sirasiga inson kapitalining innova-tsion rivojlanishga (chiziqli bo‘lmagan va bilvosita) to‘g‘ridan-to‘g‘ri statistik ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan Barro, Kalaytzidakis va Xodjo kabi olimlarning izlanish natijalarini kiritishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |