Iii bob. Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli
Download 439.43 Kb.
|
2-мавзулар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tutash avlodlar (OLG) modelining iqtisodiy mazmun-mohiyati
III BOB. TUTASH AVLODLAR IQTISODIY O‘SISH MODELI“Mening bobom tuyada yurardi, otam tuyada yurardi, men “Mersedes”da yuraman, o‘g‘lim “Lend-Rover”da yuradi, nevaram “Lend-Rover”da yuradi, lekin evaram tuyada yuradi...” Shayx Muhammad ibn Rashid al-Maqtum Tutash avlodlar (OLG) modelining iqtisodiy mazmun-mohiyati Tutash avlodlar (OLG) modelidan amalda foydalanish Inson omili va inson kapitali O‘qitish maqsadi: Tutash va bir-birini qoplovchi avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish. Tayanch iboralar: tutash avlodlar ) modeli, firmalar, ishlab chiqarish, kapital, uy xo‘jaligi, raqobat, inson omili, inson kapitali Tutash avlodlar (OLG) modelining iqtisodiy mazmun-mohiyatiTutash avlodlar modeli (overlapping generations model) – bir-birini qoplovchi avlodlar, Daymond modeli, Daymond-Samuelson modeli ham deb yuritiladi. Tutash avlodlar modeli-bu mukammal raqobat sharoitida ekzogen iqtisodiy o‘sish modeli bo‘lib, u inson o‘sib ulg‘aygan sayin iste’molchining xulq-atvoridagi o‘zgarishni aks ettiradi. Mazkur modelniing yaratuvchisi Piter Daymond hisoblanadi, u Pol Samuelsonning g‘oyalariga asoslangan holda, 1965 yilda ushbu modelni yaratadi. Ushbu model avlodlar o‘rtasidagi altruistik aloqalarni tan olmaydi. Shuningdek, modelda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi farqlar bo‘yicha ham aniqliklar keltirilmaydi. 3.1-rasm. Barqaror rivojlanish. Tutash avlodlar modelini yaratishdan maqsad - bu kapitalning shaxsning yoshiga va u o‘tgan davrda faoliyat ko‘rsatgan iqtisodiyot holatiga bog‘liqligini tahlil qilishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, har qanday iqtisodiyot jamiyat va ekologiya bilan uzviy bog‘liqlikda barqaror iqtisodiy rivojlanishga intiladi. Mazkur modelda ham jamiyat a’zolarining iqtisodiy xulq-atvori barqaror iqtisodiy rivojlanishga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanish- bu bir so‘z bilan aytganda, kelajak avlodlarning ehtiyojlari qondirilishini shubha ostiga qo‘ymagan holda, bugungi jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish borasidagi hatti-harakatlar majmui va ularning ijobiy natijasidir. Mazkur model mehnat va kapital bozorini tadqiq qilishda keng qo‘llaniladi. 1958 yilda Pol Samuelsonning navbatdagi kitobi chop qilinadi va unda kapital bozorining shakllanishi borasidagi qarashlar bayon qilinadi. Unda turli yoshdagi ikki guruh-yoshlar va qariyalar qamrab olinadi. Tutash avlodlar nazariyasining mohiyati quyidagilarda ifodalanadi: ishlayotgan va ish haqi olayotgan yoshlar o‘z kapitalini asta-sekin oshirib boradilar. Daromad manbaiga ega bo‘lmagan qari insonlar to‘plangan jamg‘armalari hisobiga kun kechiradilar. Shu tariqa, kapitalning qari insonlardan yoshlar tomonga oqib o‘tishi va o‘z navbatida bu jarayonning teskarisi amalga oshadi. Samuelson nazariyasiga ko‘ra iqtisodiyotning rivojlanishi sakrash tavsifiga ega bo‘lgan davrlar asnosida yuz beradi. Ularning farqi shundan iboratki, bir davrning boshlanishida kapital qari insonlar qo‘lida mujassamlashsa, keyingi davrning boshida esa yoshlar qo‘lida to‘planadi. Piter Daymond mazkur modelni 1965 yilda Solou va Romelarning iqtisodiy o‘sish modellariga xos unsurlarni qo‘shish orqali takomillashtirdi. Ushbu asar jamoatchilikka “tutash avlodlar modeli” nomi bilan tanildi. Model etarlicha sodda hisoblanadi. Uning asosida jismoniy shaxslarning iste’mol va jamg‘armalari ularning hayot kechirish davrlariga bog‘liqligini hisobga olish yotadi. Vaqtning diskretligi, natural ish haqi, iqtisodiyotda import va eksportning mavjud emasligi modelning asosiy shartlari sanaladi. Download 439.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling