Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati


Download 44.41 Kb.
bet28/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

242-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati

Sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Alohida hollarda, sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati sud raisi tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

243-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha:

1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;

2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;

3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;

4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;

5) ushbu Kodeks 244-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling