Iii-chorak 6 sinf 6 sinf mavzu Said ahmad (1920-2008)
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 429.5 Kb.
|
6- sinf Adabiyot tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash. a)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik. 2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: Muhammadsharif Gulxaniy XVIII asr oxiri - XIX asrning 20-yillarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos shoirdir. Jo‘shqin fe’lligi va olovqalbligi tufayli o‘ziga Gulxaniy taxallusini tanlagan. Keyinchalik she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan. Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘azali, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qasidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan. Gulxaniyning hayoti, asosan, Qo‘qon va Namanganda kechgan. U tirikchilik vajidan hammomda o‘t yoquvchi ham bo‘lgan, Qo‘qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmat ham qilgan (1801-1810-yillar). Mustaqil mutolaa yo‘li bilan mumtoz adabiyotni o‘qib o‘rgangan. Olimxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Amir Umarxon (shoir Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. U ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan she’rlar, hajviy asarlar bitgan. Gulxaniy o‘zbek va tojik tillarida yaratgan «Barmog‘im», «Ey, to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‘azallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan. Uning «Bideh» (bergil, ber menga) radifli g‘azalida o‘zining navkarlik davridagi og‘ir hayoti tasvirlanadi. Mazkur asarda muallif katta ijtimoiy masalalarni - o‘z davrining harbiy tartibi, rasm-rusumlari, navkarlar hayotini ta’sirli misralarda bayon etgan. G‘azalning lirik qahramoni obrazi umumlashma obraz darajasiga ko‘tarilgan. Gulxaniy o‘zining noyob iste’dodi, xalq hayotini kuzatish orqali orttirgan tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijodkor sifatida adabiyotimiz tarixidan munosib o‘rin egallagan. Uning ijodiy merosi hajman katta bo'lmasa-da, XIX asr o‘zbek milliy adabiyoti rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Download 429.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling