Iii-chorak 6 sinf 6 sinf mavzu Said ahmad (1920-2008)
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 429.5 Kb.
|
6- sinf Adabiyot tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash. a)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik. 2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: TOSHBAQA BILAN CHAYON Yaxshilar andog‘ aytmishlarki, Sangpusht Iroqdin Hijozga borur erdi. Bir Chayon anga yo‘ldosh bo‘ldi. Ikisi ketib borur erdi, ammo Sangpusht bag‘oyat sohibifahm - farosatlik erdi, toinki cho‘x safarlarda yaxshi-yamonlar birla yurub, ko‘b tajribalar hosil qilg‘on erdi. Ammo Chayonga inon-ixtiyorini verub, bodiyalar qaf edub borur erdi. Shul orada banogoh bir nahri azim paydo bo‘ldi. Ikisi o‘tmoqqa qasd qildilar. Sangpusht birla Chayon o‘tmoqqa yo‘l topmay, tafakkur yog‘ochi anga ko‘pruk bo‘lurg‘a ojiz va tadbir qamuchi sol bo‘lurg‘a nobudu nochiz. Oxir ul-amr Sangpusht mustajobi da’vadek murod hadafiga maqrun o‘lub, shinovarlik birla muddao istid’osi sohiliga o‘zini oldi, nori yoqig‘a o‘tub, qoz-u o‘rdakdek silkinib turdi. Banogoh orqasiga boqti, ko‘rdiki, yo‘ldoshini oti horug‘on, poyluchchak tag‘olardek nayzasini kiftiga tashlab, yuqori va quyi yurur erdi. Anda Sangpusht aydiki: - Mo‘jib nadur - buyon o‘tmaysiz? Kajdum aydi: - Ko‘zyoshicha suv bo‘lsa. bizga ma’zur tutung. Sangpusht aydi: «Yo‘ldosh bo‘lmoq sharti bul ermaski, oz hodisa birla hamrohliq rasmini bartaraf qilsam. Avloroq uldurki, tag‘oni o‘tkarib qo‘ysam, yaxshi bo‘lur. Burang‘ilar masalidurki: «Yaxshiliq qil, suvg‘a sol baliq bilur. baliq bilmasa, Xoliq bilur». Anda Sangpusht hutchav yag‘ochini qo‘lg‘a olib. oz harakat birla najot sohilig‘a o‘zini oldi. Aydi: - Ey birodar, sani daryodan o‘tkazgali o‘g‘radim. Mani ustimga mingil va lekin bejo harakat qilmag‘ilki, o‘z joningga jabr qilursan. Anda Chayon aydi: - Har kim o‘z maslahatini o‘zi bilur. Andin so‘ng Sangpushtni orqasig‘a mindi. Daryog‘a tushib oqdilar. Zamonedin so‘ng Chayoni mazkur tebrana berdi. Sangpusht aydi: - Bul bejo harakatdin muddao nimadur? Chayon aydi: - Bu kun maydoningni vase’ topdim. Burung‘i yaxshilar «Eshak o‘yuni qirq yilda va yana it o‘yuni bor anda», debdurlar. Bul fo‘lod nayzamni yakjinna qalqoningga ozmoyish qiloyin derman. Anda Sangpusht aydi: «G‘olibo uldurki: «O‘z do‘sti dilin resh aylayur jahldin kim, ul urur o‘z mushtini devorg‘a!» Anda Sangpusht aydi: - Sani bu xorsifat nayzayi bemajoling mani bu yakjirma qalqonimg‘a ne kor qilsin? Anda Chayon aydi: - Bilganing yo‘qmuki, aqrabni muddaosi nish urmoqdur xoh do‘st ko‘ksina va xoh dushman orqasina! Qit’a:
Har kimi odati zamima bo‘lur, Beirodat zuhur etar andin. Toshdin nish ayari yo‘q aqrab, Garchi mundoq demak ajab sandin. Anda Sangpusht aydi: - Ishonmagil do‘stingg‘a, samon tiqar po‘stingg‘a. «Oshnongdin tob» debdurlar. Ey do‘stum, suv uzra jasadimiz xasdek yurmagi tokay? Bu bahri amiq javohirarin tamosho qilmoq kerak, - deb g‘avvoslardek bir g‘o‘ta urdikim, ul javohir termoqda qoldi va bul jon bermog‘da qoldi. Download 429.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling