Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
... Bunga dunyoda o‘tgan barcha donishmandlar shunday javob qiladi: har qanday yalqov kishi - qo‘rqoq va g‘ayratsiz bo‘ladi; har qanday g‘ayratsiz, qo‘rqoq kishi - maqtanchoq bo‘ladi; har qanday maqtanchoq, qo‘rqoq kishi - aqlsiz, nodon bo‘ladi; har qanday aqlsiz, nodon kishi -orsiz bo‘ladi; har qanday orsiz kishi - yalqov, kishi oldida tilanchi, ochko‘z, suq bo‘ladi; bunday hunarsiz kishilar hech qachon birovga do‘st bo‘lmaydi.
YETTINCHI SO‘Z
Bola onadan tug‘ilganda ikki odat bilan tug‘iladi. Biri: yesam, ichsam, uxlasam demoqlikdir, albatta; shuningdek, bular tanning sihat-salomatligi uchun zarur hamdir; bular bo‘lmasa - tanda jon ham bo‘lmaydi, o‘smaydi ham, quvvatga ham kirmaydi. Ikkinchisi: ko‘rsam, bilsam demoqlikdir. Bola yoshligida nimani ko‘rsa - shunga talpinadi, yalt-yult etib qaraydi, ko‘rgan narsasini qo‘li bilan ushlab, yuzi-ko‘ziga yaqin olib borib suykagisi, og‘ziga solib tishlagisi keladi. Kamay-surnay ovozini eshitsa -yon-atrofiga alanglab qaraydigan bo‘ladi. Sal kattaroq bo‘lganidan keyin esa, it hursa ham, mol ma’rasa ham, birov kelsa ham, yig‘lasa ham o‘rnidan tura yugurib chiqib qaraydigan va: «U nima?», «Bu nima?», «U nega unday qildi?», «Bu nega bunday qildi?» deb ko‘zi ko‘rgan, qulog‘i eshitgan narsalarni so‘raydigan bo‘ladi - hech tin topmaydi. Bularning hammasi -ko‘rsam ekan, bilsam ekan, o‘rgansam ekan, degan tabiiy qiziqish alomatidir, albatta.
Dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech bo‘lmasa yuzakiroq bo‘lsa ham bilmaslik - bu odamgarchilikdan emas. Shuni ham bilmagandan keyin, bu odam - odam emas, balki hayvondan hech farqi yo‘qdir...
Do'stlaringiz bilan baham: |