Iii-chorak 6 sinf 6 sinf mavzu Said ahmad (1920-2008)


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 429.5 Kb.
bet89/132
Sana15.11.2021
Hajmi429.5 Kb.
#174715
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132
Bog'liq
6- sinf Adabiyot tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Lekin hozir yomg‘ir chelaklab quyayotgan va dovul chodirlarni yirtgudek bo‘layotgan paytda Humoyun tushida ko‘rgan dahshatli voqeani esladi-yu, yashin yorug‘ida yalt etib chaqnagan toshqin daryolar halqasi birdan vahmini keltirdi. Uch tomondan toshib chiqayotgan daryolar uni to‘rtinchi tarafdan bostirib kelayotgan yovlarga tuzoq bo‘lib tutib beradigandek tuyuldi. Yo alhazhar! U nega o‘z oyog‘i bilan daryolar orasiga kirib qoldi. Otasi bu yerni qarorgoh qilgan paytlarda havo quruq, daryolarda suv oz, bu atrofda Sherxonday xatarli yov yo‘q edi-ku!

Yoshi o‘ttiz birga kirgan Humoyun o‘smirlik yillaridan beri ko‘p tahlikali janglarni ko‘rdi, turli-tuman yovlar bilan olishib, hali biror marta yengilgani yo‘q. Lekin Sherxonga kelganda uning shijoati ham, janglarda orttirgan tajribasi ham ish bermay qo‘yyapti. Vaqt o‘tgan sari Sherxonning qudrati ortib Humoyunning ishi orqaga ketayotganday bo‘lyapti.

Humoyun to‘shagi turgan joyga qaytib, qorong‘ida yostiqni paypaslab topdi. Yostiqqa qayta bosh qo‘yar ekan, tashqarida xuruj qilayotgan shamol, jala va momaqaldiroq shovqini orasidan Sherxon uning ko‘ziga ko‘rinib ketganday bo‘ldi.

Qoshlari qalin, ko‘zlari ko‘kish, qirra burun, kalta qirqilgan soqoli va qayrilma mo‘ylovi o‘ziga juda yarashgan durkun gavdali Sherxonning qarashlarida burgutni eslatadigan bir ifoda bor.

...Humoyun barcha odamlari bilan Ganganing o‘ng qirg‘og‘iga o‘tguncha Sherxon askarlari qorasini ko‘rsatmadi. Humoyun Karamnasa va Ganga oralig‘idagi tepaliklarni qarorgoh qilib, qo‘shinini joylashtirgandan keyingina janubi-sharqdagi ochiq sahnda birdan Sherxonning qo‘shini paydo bo‘ldi. Bu orada yomg‘ir fasli boshlanib, daryolarda suv ko‘payib ketdi. Endi uch tomonlama daryolar halqasidan osonlikcha chiqib ketib bo‘lmaydi, to‘rtinchi tomonni esa yov lashkari bekitib oldi. Humoyun odamlarini hayot-mamot jangiga shaylab, eng sara askarlarini, harbiy fillarini Sherxon turgan tomonga joylashtirdi va uning hujumini kutdi. Shu vaqtgacha mudom Humoyun hujumda edi. Endi u hujum qilish navbatini Sherxonga bergandek bo‘lib, bir hafta kutdi, bir oy, bir yarim oy kutdi. Ammo Sherxon hujum qilmadi. Chunki vaqt Sherxonning foydasiga ishlamoqda edi. Humoyun qarorgohida o‘n mingdan ortiq odamlarni va ulardan ikki barobar ko‘p ot-ulovni boqish uchun g‘amlagan zaxiralar tugab bormoqda. Daryolar zaxidan va yomg‘ir faslining rutubatidan kasalga uchrab safdan chiqayotgan navkarlar soni esa tobora ko‘payib ketyapti. Atrofdan keladigan yordamning yo‘lini toshqin daryolar va Sherxon qo‘shini to‘sib turibdi.

Sherxon ikki oy deganda ham hujumga o‘tmagach, Humoyun oraga odam qo‘yib: «Bizdan ne tilagi bor, aytsin», dedi. Sherxon o‘tgan kuni Humoyun qarorgohiga o‘z elchisini yuborib, undan Chunor qal’asini va Bixar viloyatini so‘radi. Bixar hozir himoyasiz qolgan, Humoyun o‘z qo‘shinini Agraga olib ketgach, bu viloyatni Sherxon yana ishg‘ol qilishi shubhasiz. Ammo sharqiy viloyatlarning qulfi-kaliti bo‘lgan Chunorni Sherxonga jangsiz topshirishni o‘ylaganda Humoyunning butun vujudi zirqirab ketdi. Axir bu qal’ani olguncha olti oy jang qilib, ozmuncha talafot berildimi?

Humoyun Sherxon elchisiga aniq javob bermadi, o‘ylashib, kengashib undan so‘ng o‘z qarorini maxsus odamlar orqali ma’lum qiladigan bo‘ldi. Kechagi mashvaratda ko‘pchilik beklar Chunorni Sherxonga qaytarib berishga qarshi chiqdilar. Shuncha azob tortib qo‘lga kiritgan eng muhim joylari Chunor bo‘lsa-yu, uni ham Sherxonga jangsiz topshirib ketsalar Agraga qaysi yuz bilan qaytishadi? Odamlar ularning ustidan kulishmaydimi?

- Nodonlar kulgisiga e’tibor bermasligimiz kerak, janoblar! - dedi Bayramxon. - Hozir vaziyat bizdan qurbon talab qilmoqda. Biz mana bu daryolar sirtmog‘idan eson-omon chiqib, Agraga qaytsak, u yerdagi ixtiloflar bartaraf bo‘lsa, keyin Chunorni yana qaytarib olishimiz hech gap emas!


Download 429.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling