Iii kurs “G” guruh talabasi Usmonova Nafisa Xudoyorovna
Konstitutsiyaning xalqaro talablarga javob berishi
Download 102.98 Kb.
|
Usmonova Nafisa Xudoyorovna III G
4.Konstitutsiyaning xalqaro talablarga javob berishi
Konstitutsiyani qabul qilish, Konstitutsiya mavjudligining o‘zi jamiyatning demokratligini bildirmaydi. Konstitutsiya mavjud bo‘la turib, xalq manfaatini emas, hukmronlarning, davlatning manfaatini himoya qilishi, undan xalqqa juda oz manfaat tegishi mumkin. Sobiq Ittifoq davridagi Konstitutsiyalar shunday edi. Ulardagi yagona partiyaning hukmronligi, davlat manfaatining ustuvorligi haqidagi qoidalar Konstitutsiyaning xalqaro talablarga javob bera olmasligini ko‘rsatar edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishib, o‘z Konstitutsiyasini ishlab chiqishga kirishar ekan, asosiy maqsad sifatida Konstitutsiya xalqaro talablarga javob berishi kerak, degan masalani qo‘ydi. Bu narsa Konstitutsiyamizning «Muqaddima»sida ham qayd qilindi. Konstitutsiya «Muqaddimasi»da O‘zbekiston demokratiya va ijtimoiy sodiqlikni namoyon etishi; xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustuvorligini tan olishi; fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilish; insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlashi va Konstitutsiyaning barcha normalari hamda qoidalari ana shu maqsadlarning ro‘yobga chiqishini ta’minlashga qaratilishi Konstitutsiyaning xalqaro talablarga javob berishini ko‘rsatadi. Demokratik davlatlar tajribasida fuqaro bilan davlat munosabati belgilanishida, fuqaro manfaati ustun turadi. Bu Konstitutsiyamizda o‘z aksini topdi. Konstitutsiyamizda davlat, davlat organlari, mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligining o‘rnatilishi; hokimiyat bo‘linishi prinsiðining o‘rnatilishi; inson oliy qadriyat hisoblanishi; huquq va erkinliklarining daxlsizligi, unda shaxsiy huquqlarning ustuvorligi huquq, erkinliklarining sud tomonidan himoya qilinishi; mulkchilikning turli shakllari mavjudligi, xususiy mulkning daxlsizligi o‘rnatilganligi Konstitutsiyamiz jahon andozalariga mos kelishini ko‘rsatadi. Konstitutsiya va qonunning ustunligi, qonuniylik prinsiзiningKonstitutsiya va qonunning ustunligi, qonuniylik prinsiðining Konstitutsiyada aniq belgilanishi, uning barcha normalarida insonparvarlik g‘oyasi yotishi asosiy qonunimizning xalqaro talablar darajasiga mos kelishini ko‘rsatadi. Nihoyat, Konstitutsiyaning mazmuni, uning tuzilishi, masalalarni qamrab olish darajasi ham xalqaro talablarga javob beradi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik mahsuli bo‘lib, u o‘zida xalqimiz bilimi, qarashlarini aks ettira olgan. Konstitutsiya yaratilishida xalqimiz ishtirok etar ekan, uni bu ishga yo‘llash, xalq fikridan oqilona foydalanishda mamlakat Prezidentining rahbarlik roli juda katta bo‘ldi. Konstitutsiya yaratilishi va qabul qilinishida davlat boshlig‘i uzoqni ko‘zlovchi, huquqiy masalalarda chuqur bilimga va katta hayotiy tajribaga ega shaxs sifatida namoyon bo‘ldi. U xalq tafakkuridan to‘g‘ri foydalandi va natijada hech bir davlatning Konstitutsiyasidan kam bo‘lmagan asosiy qonunimizga ega bo‘ldik. O‘zbekiston Konstitutsiya qabul qilishda faqat jahon tajribasidan foydalanish bilan cheklanmay, Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasiga o‘z hissasini ham qo‘shdi. Jumladan, loyihaning ikki bosqichda muhokama qilinishi, oilaning alohida bobda mustahkamlanishi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Download 102.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling