Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari


III.4. «Lison ut-tayr» asaridagi nomlar


Download 30.22 Kb.
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi30.22 Kb.
#1701896
1   2   3
Bog'liq
Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masal-fayllar.org

III.4. «Lison ut-tayr» asaridagi nomlar va ismlar tarjimasi
Bizga ma`lumki Alisher Navoiy o’z davrida, undan oldin yashab ijod kilgan shoir, yozuvchi, davlat arbobi, tasavvuf ta`limotining buyuk namoyondalari, shayxlar va boshqa bir qancha darveshvash faqir odamlar haqida o’zining asarlarida yozib qoldirgan. Shu jumladan «Lison ut-tayr» asarida ham qadimda yashab o’tgan shunday din axdi vakillari, tabarruk zotlar haqida so’z bitilgan. Navoiy bobomiz har bir hikoyatda biror bir mashhur shayx hayotida bo’lib o’tgan voqealarni o’tmishdagi qarashlarni, tasavvuf ta`limotining gullab yashnashini ko’rsatgan. Masalan: Shoh Ibrohim Adham hikoyati orqali biz 7 asrda yashagan shoxlikdan, tojidan vos kechib mamlakatni tark etib ollohga etishish maqsadida egniga janda kiygan shoh haqida bilishimiz mumkin. U mutlaq bu dunyoning tashvishlaridan xoli bo’lib fakat olloh vasli bilan yashar edi. Bunday hikoyatlar bizga o’sha davr odamlari, davlat tuzumi, qarashlari, haqida qimmatli ma`lumotlar beradi.
Ismlar va nomlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish murakkab jarayonlardan biri. Nomlar doimo ham o’z ma`nosida kelmasligi mumkin, ba`zan esa so’z o’yini tarzida ishlatiladi. Bu tarjimon uchun juda mas`uliyatli vazifa, chunki bu nom yoki taxallus shu obrazning xarakterini ochib berishda xatto milliy yumorni aniqlashda muhimdir. Ismlar tarjimasiga yagona talab qo’yish qiyin. Tarjimon avvalo bu nomlarnining asliyatda bajarayotgan vazifasini, ma`nosini anglab etishi zarur. Bir xolatda ismni o’girish kerak bo’lsa, ikkinchisida transkriptsiya orqali uzatiladi. Yana tarjimon ikki tilning fonetik tuzilishidan xabardor bo’lishi kerak. «Lison ut-tayr» asarida ham ko’plab ismlar, nomlar ingliz tiliga o’girilgan. Shayx San`on-Shaikh San'on, Farididdin Attor Farididdin Attar, Junayd Bag’dodiy-Junaid Baghdodi, Boyazid Bistomi-Boyazid Bistomi, Shayx Najmiddin KubroShaikh Najmiddin Kubro, Abu Sayid-Abu Said, Abulxayr-Abulkhair, Qorun-Qorun, MustafoMustafo, Faridun-Faridun, Afridun-Afridun, Moniy-Moniy.
Demak bu ismlar ingliz tiliga lotin alifbosi vositasida berilgan, talaffuzi ham saqlanib qolgan. O’zbek tilidagi yumshoq «X,» xarfi lotin tilidagi "N" ga ingliz tilida ham aynan shu xarfga to’g’ri keladi. Hotam Tay Hatam Tai, Ibrohim Ibn Adham-Ibrahim Ibn Adham. endi qattiq «X» xarfi lotin yozuvida ham «X» tarzda ifodalanadi. Ingliz tilida «X» alifbodagi 24 chi xarf bo’lib u «ks» tovush birikmasini ifodalaydi. Qattiq «X» ni uzatish uchun tarjimon «KN» xarflarini biriktirish yo’ldan foydalanadi. Abulhasan Xaraqoniy Abulhasan Kharaqoni, Abu Sayid Abulxayr Abu Said Abulkhair, Shayx-Shaikh. O’zbek tilidan qilinadigan ismlar tarjimasida, ko’pincha «iy» bilan yoziladigan ism va nomlar (Navoiy, Abu Bakr Nishopuriy, Boyazid Bistomiy, Junayd Bog’dodiy, Shibliy, Abdulla Ansoriy) larda oxirgi «y» tovushi tushurib qoldiriladi. Va ingliz tiliga (Navai, Boyazid Bistomi, Abu Bakr Nishopuri, Junaid Boghdodi, Shibli, Abdulla Ansori) Bundan tashqari asarda barcha millat vakillariga tanish bo’lgan ismlar haqida so’z yuritiladi. Ularga Arastu, Aflotun, Fir`avn. Ularni Arastu, Aflotun, Fir'avn tarzida o’girsa bo’lar edi. Lekin ularni dunyo biladigan nomlaribor. Arastu-Aristotel’-Arisiotle, Aflotun-Platon-Plato, Fir`avn-Faraon-Pharaoh. Shayxlarning ismlari asosan ular qaysi joyda yashaganliklarini bildiradi. Abu Bakr Nishopuriy Nishopur shahridan, Abu Turob Naxshabiy Qarshi shahridan. Umuman «Lison ut-tayr» ni o’qigan kitobon ismlarni tushunishida hech qanday qiyinchilikka uchramaydi. Tarjimon ismlarni transkriptsiya orqali ingliz tilida jonlantirgan. SHu bilan birga sahifa ostida har bir ismning, nomning, shayxlarning yashagan joyi, davri, davlt tuzumi ko’rsatilgan, bu esa buyuk shaxslarni yanada chuqurroq o’rganishga ko’proq ma`lumotlar olishga yordam beradi. Bundan tashqari asarda payg’ambarlar farishtalar haqida ham so’z yuritiladi. Payg’ambar (fors payg’om, payyomxabar, barkeltirmoq, xabar keltiruvchi) ilohiy kuchlardan vahiy ko’rsatma olgan deb e`tiqod qilinadigan shaxslarning umumiy nomi. Ba`zilari xudoning erdagi vakili, elchisi deb ham ataladi. Payg’ambarlarga e`tiqod qilish barcha dinlarga xos. Yahudiy, Xristian, Qur`onda yuzlab payg’ambarlar haqida rivoyatlar keltirilgan. Islomda e`tirof etilgan ko’p payg’ambarlar Nuh, Ibrohim, Ishoq, Yaqub, Yunus, Ayyub, Yahyo, Muso, Iso va boshqalar haqida rivoyatlar Tavrot va Injildan Qur`onga o’tgan. «Lison ut-tayr» asarida ham payg’ambarlarning ayrimlari haqida so’z yuritib, ularning nomlari ham ingliz tilida berilgan.
Odam atoFather Adam, Sulaymon-Solomon, Iso (Masiq)Jesus (Christ), YUsuf-Joseph, Myco-Moses, Muhammad-Muhammad, Ibrohim-Ibrahim, Nuh-Noach.


Download 30.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling