Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari
Download 30.22 Kb.
|
Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masal-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zohid ham, fosih ham, gado
Iii «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari III.3. «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari Tasavvuf g’ayritabiiy olamga iloxlar va ilohiy kuchlarga, odamning iloxlar bilan bevosita aloqa qila olishga ishonishdan iborat diniy e`tiqod. Olimlar tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashiish sabablarini ko’proq sufiylarning raqsu samo` majlislari bilan bog’laydilar. Tasavvuf shayxlari muridlariga ta`sir etish uchun ruboiy, g’azal kabi kichik she`riy janrlardan foydalanganlar. Ba`zan o’zlari so’fiyona g’oyalarga moe asarlar ijod qilib aksar, aksar holda esa xalq orasida yurgan og’zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she`rlaridan foydalanib suhbatlarini qizitganlar, so’zlarga yangi ma`no berib, so’fiyona g’oyalar ruhida talqin va tafsir qilib eshituvchilarni hayajonga solganlar. Tasavvuf g’oyalari keng tarqalgandan keyin u gumanistik shoirlarning qalbini rom etdi. Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, Haq va haqiqat, najib insoniy xislatlar, kamolot kasb etish haqidagi g’oyalari she`riy g’oyalarga aylandi shoirlar qizg’in bir ruh, ko’ngil amri bilan irfoniy g’oyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik she`rlar, jaxonga mashhur dostonlar, qissalar yaratildi. Tasavvufning bexudlik va ishq kontseptsiyasi, soflik, adolat va haqiqat timsoli Mutlaq ilohga muhabbat zavqi ijod axdiga qattiq ta`sir etdi, insoniyat g’ami bilan qalbi dardga to’lgan isyonkor ruxdagi shoirlarni bir ohanraboday o’ziga tortib, o’rtanilishi, his hayajonga serob ajoyib she`riyatni vujudga keltirdi. So’fiyona adabiyotning tasvir mavzui tariqat yo’li bilan poklanayotgan va tinmay komillik sari taraqqiy etayotgan Inson bo’lgani uchun ana shu soliq yo’lovchi Insonning dunyoqarashi, estetikasi, kechinmalar olami muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Tasavvufiy adbiyotning barcha ko’rinishlari, janrlarida ana shu soliq Insonning tuyg’ulari, tushunchasi tasvirga olinadi, uni tarbiyalash, unga Haqni va o’zligini tushuntirish, turli rivoyat va hikoyatlar keltirish, o’git nasihatlar qilish bilan uning ongi va qalbiga yo’l topish bosh masala qilib olinadi. Alisher Navoiyning fikricha, shoirda darveshlik xislati bo’lmasa, uning iste`dodi ulug’ maqsadga xizmat qila olmaydi, shuning isboti sifatida biz tasavvufiy g’oyalarni, qarashlarni, atamalarni «Lison ut-tayr» asarida ko’rishimiz mumkin. Mansur halloj VIIIXI asrda yashab ijod etgan ulug’ sufiylardan bo’lib, o’zini barkamollik cho’qqisida ko’rgan, ruhan ozod kishi edi. «Lison ut tayr» asarida ham Alisher Navoiy Mansur Halloj haqida so’z yuritib «Mansur tavhidda yuqori darajaga erishib, uning tilida doimo analhaq» «analmen, haq xudo»(407 b) Ingliz tiliga bu ran. "Mansur achieved much in oneness, and used to cotinually repeat I am truth" (138 p) Bu misolda «anal haq» ning aynan tarjimasi "I am analmen, truth haq xudo" «Suqra, suqrmast demakdir, (1146 tasavvuf) tasavvuf ta`limotiga ko’ra haq vaslidan sarxushlik, ilohiy jazavasiga tushish payti. «Bir kuni suqr vaqtida uning nazari bir itga tushdi» (350 b) "One day, when the shaikh was drunk, a dog cought his eye" (81p) Suqr, bu misolda drunk, mastlik tarzida ifodalangan. Lekin ichimlikdan maet bo’lish va olloh vaslida maet bo’lish bir biridan mutlaqo farq qiladi. Kitobxonda, bu jumla orqali shayxlar turli hil ichimliklar ichib ko’chalarda maet xolda yurishgan ekan degan xulosa paydo bo’lishi mumkin. Balki suqr so’zini transkriptsiya orqali berib unga izoh berilgnda edi, yuqoridagidek xatoga yo’l qo’yilmas edi. Navoiyning «Lison ut-tayr» asaridagi Shayx San`on hikoyatidagi Shayx San`on ilmlari va Kur`onning xotirasidan ko’tarilishi, bu ilohga etish uchun barcha dunyoviylikdan, dunyoviy ilmlardan xoli bo’lish, akldan va akdiy narsalardan qutilish, o’zligini unutishga ishoradir. Uning xotirasining qaytishi bo’lsa «suqra» dan qaytishdir. Tasavvufda sufiy, darvesh, solih kabi atmalar mavjud bo’lib, ular quyidagi ma`nolarni anglatadi. Tilanchi, gado bilan darvesh yoki sufiyning ijtimoiy ahvoli, yurish turishida o’xshashlik bor. Sufiy ham gado dunyo mol mulkidan xoli bo’lgan janda to’nidan boshqa narsasi yo’q qashshoq odam. Ammo sufiyning darveshligi ongli ixtiyoriy sayyu qo’shilish natijasidir, darveshlik uning e`tiqodi, u tariqat maslagini qabul qilib shu yo’lda jonini, borlig’ini fido etadi. Sufiy darveshlar ham tilanchi lekin uning tilanchiligi bilan gadoning tilanchiligi orasida eru osmoncha farq bor. O’ o’zini hak yo’liga bag’ishlab, dunyodan yuz o’girgan boylik, oltin, javohirga bepisand qarab, insoniy sha`nu sharaf hikmat va ma`naviy ganjani har qanday zaru zevardan ustun qo’ygan. Darvesh forscha gado, kambag’al demakdir. YA`ni darveshlik benavolik, qashshokdik kamtar, xoksor bo’lish, o’zini haqiru zabun hisoblash darveshning asosiy fazilati deb karalgan. Darveshlar zohiran aftodahol, janda kiyimda ko’rinsalarda, lekin botinan ilm ma`rifatli, zakiy, xozirjavob va mard hamiyatli kishilar bo’lganlar. Solih deganda sohibdil fazilati bilan birga rahm shafqatli, karamli bo’lish ham nazarda tutiladi yahshilik qilishga qobil, ichki dunyosi but iymon e`tiqodi kishilarga nisbatan solih so’zi ishlatiladi. Solih darveshlar xalq moliga ko’z olaytirmasdan, o’z mehnatlari bilan kun ko’radilar, birovning haqqini eyishdan hazar qiladilar. Ular nafsini jilovlaganlari uchun birovga bog’liq emaslar amal mansabga intilmaydilar va shuning uchun ham erkin yashaydilar. «Lison ut-tayr» asarida ham yuqoridagi atamalar berilgan. «Shu sifat bilan yana o’zingni yaxshi fikrli to’g’ri ish tutuvchi deb hisoblaysiz bir biringizni yana darvish deb ham ataysiz» (3396). "With such qualities you considered your ideas good and called each other dervish as one's who do right deeds."(69 p) Ingliz tilida «darvesh» so’zining aynan tarjimasi bo’lib u quyidagicha ma`no anglatadi. Dervisha member of a Muslim religious group whose members make a pomise to stay poor and lively dance as a part of their worship. Ingliz kitobxoni darvesh musulmonlarda faqirlikda va tanholikda yashaydigan kishilar ekanligini, faqat olloh vasli bilan yashashini biladilar. «Karaxtlikdan dang qotgan bir qalandar bo’lar edi» (364 b) "There lived a wandering dervish who was famous for his indolence" (96 p). QalandarDiniy g’azallar o’qib musulmon dinini targ’ib qilib darbadar kezuvchi tarki dunyo qilgan darvesh, to wandermove or go about from place to place with out any special purpose or destination. Qalandarwandering dervish maqsadsiz bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuruvchi tarzida o’girilgan. Agarda kitobxon darvesh so’zini ma`nosini anglab etsa, unda qalandar ham biror bir yumush bajaradigan, kandaydir vazifani uddalaydigan darveshligini tushunadi. «Sayr qilayotgan soliq shu bilan yo’lni nihoyasiga etkazadi» (3946). "The travelers who are spiritually pure will finish here" (126p). «U erda etti iklimni zabd etgan qahramon shoh ham bir gado ga tengdir» (403 b)"The heroic shah who was able to conquer seven coutries is equel to a simple. Gadotilanchilik bilan kun kechiradigan odam, tilanchi, kambag’al, qashshoq. Beggarone who lives by begging (for food, clothes, money) one who begs for others. By misolda ham biz ingilz tilida «gado» so’zining muqobilini ko’rishimiz mumkin. Bunday muqobillarning mavjudligi tarjimani engillishtirib yanada tushunarli qiladi. «Tariqat piri yo’lda davom etar. 3246» "Tariqat's elder continued down the road (53p) Bu misolda tarjimon tarjimaning «polu kal’ka» uslubidan foydalangan, ya`ni asliyatdagi birinchi so’z shundayligicha saqlanadi «tariqattariqat» undan keyingi keladigan so’z esa o’sha tilga o’tiriladi, «pirelder». Bundan tashqari saqifa ostida Tariqatsufizmning bir yo’nalishi deb tushuntirish berilgan. Tariqat — the way of Sufism. Bu ham bo’lsa tarjimaning eng samarali usullaridan biri. «U biron g’amgin kishi haqiga duo qilmoqchi bo’lsa malaklar qo’l ochib omin derdi 3236» "If he wanted to bless a depressed person he would open angelic hands and say an Amen (52 p)" «Ishq uning jism ila joniga o’t yoqqan, kufr dinu imoniga o’t solgan edi 3276» "Love lit his body and soul and put his blasphemy religioun, and faith of fire. 57p". «Ey do’st maqsading nedur?» deb so’ralganida u tangri muftiga uzrxoqlik qilib, osiy ummatingni gunohidan o’tishini istagani keldi. Unda ehson ko’pu lutf qammaga etarlidir, unga lutf haddan ziyodu xalqi esa sahiy edi. (407 b) "O friend, when is your desired intention? There he begged God"s forgiveness, as he desired for the sins of his guilty community to be forgiven. He had enough alms and graces for all. He had more than enough graces for his people and he was generaus" (138 p) «G’usl qilish kerak, u ko’ngilni pok etishdan tashqari g’amdan qutqaradi. 329 6»"You should do the observance and wash all the parts of your body since to purifies the soul and dispels sorrow. 59 p" G’usl ustidan suv quyib yuvinish, cho’milish. Ingliz tilida g’uslni yuvinib poklanish vazifasi, ya`ni qalb va tanani poklash marosimi sifatida talqin etiladi. Garchan «g’usl» so’zi boshqa so’z orqali ifodalangan bo’lsada asliyatdagi ma`noni etkazib bera olgan. «Shayxning bir foniy muridi bo’lar edi.338» "The shaikh once had a pupil marked by selfabandement.68 p". «Shunday qilib, bu sodiqlik va ixloslikdan ikkinchi fanoga erishish yorni ularga oshno qildi.4266» "Therefore, their loyalty and devotion brought them to the second nothingness. 156p" Telba aytgan bu so’zlar garchand nomaqbul bo’lsada muhabbat tufayli sodir bo’lgani uchun maqbul edi.382r» "Although what the crazy man said was unpleasant in one sense it was considered acceptable because of his love.H5p". «Bu shaytonning ishi. Undan kishi faqat zikr tushish yo’li bilangina qutiladi.3296» "This is Satan's doing. If you do the ritual dances like him you will be able to get rid of him. 59p. " ZikrMusulmonlarning biror ruhiy etakchiligida davra qurib hudo va aziz avliyolarning nomlarini baland ovoz bilan tilga olib, g’ayritabiiy xarakatlar va jazava bilan o’tkazadigan marosim. Zikr tushmoqshunday marosimlarda qatnashmoq. Zikr tushmoqRitual dances tarzida berilgan. Ritual dance, ya`ni biror bir dininy marosimda qatnashib, o’tirish va shu marosimda raqsga tushishi. «Shayxning bir foniy muridi bo’lar edi» "The shaikh once had a pupil marked by self abondonment who drank on immodarate amount of wine from the bowl of love. 68p. " «Qiyomat kuni har kim o’z qabridan bosh ko’tarib, chiqar ekan. Zohid ham, fosih ham, gado ham mahshar tomon yo’l olar ekan. 375» "On Judgement day averybody rose from their tombs. Both erements and evildoer; both beggers and the affluent all stood before the Judge on that day. 110 p" Zohid Tarki dunyo qilib, toat ibodatga berilgan odam, sufiy. Fosih. Yomon gunohli ishlar bilan shug’ullanuvchi, yomon yo’lga yuruvchi axdoqsiz. Eveldoerone who does evil. Erementsone who helps people. Garchand ingliz tilida tasavvuf atamalarining aynan tarjimalari bo’lmasada tarjimon ingliz tilida asliyat ma`nosini anglatuvchi so’zlar orqali bu atamalarning g’oyasini aynan ifodalashi mumukin bo’lgan so’zlarni topib, ularni qo’llagan. Va yaxshi natijaga erishgan. Download 30.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling