Iii va IV sinf nivelirlash uchun aniq nivelir tekshirishlarini bajarish Amaliy mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi


Iplar to‘rining gorizontal ipi nivelirning aylanish o‘qiga per­pendikulyar bo‘lishi kerak (


Download 0.51 Mb.
bet2/4
Sana15.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1678794
1   2   3   4
Bog'liq
1, 2-amaliy mashg\'ulot (2)

Iplar to‘rining gorizontal ipi nivelirning aylanish o‘qiga per­pendikulyar bo‘lishi kerak (HH' JJ', 2-shakl).

Bu shartni tek­shi­rish uchun nivelirdan 5 — 8 m masofada reyka o‘rnatiladi va un­ga ko‘rish trubasi qaratiladi. Qaratish vinti yordamida ko‘rish may­donidagi reyka tasviri gorizontal ipning o‘ng va chap uchlariga kel­tirilib sanoqlar olinadi. Agar sanoqlar bir xil chiqsa, shart ba­jarilgan hisoblanadi. Aks holda, ya’ni sanoqlar 1 mm dan ko‘pga farq qilsa, iplar to‘ri tuzatilishi kerak. Buning uchun avval sa­noq­larning o‘rtacha qiymati hisoblanadi, keyin tuzatgich vintlar bo‘­shatilib, iplar to‘ri gorizontal ipining uchida o‘rtacha sanoq ho­sil bo‘lguncha buriladi. SHundan keyin tuzatgich vintlarni mah­kam­lab, tekshirishni takrorlash kerak.

  1. Trubaning ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘­li­shi kerak (VV'  UU', silindrik adiliakli nivelirlarda) yoki tru­baning ko‘rish o‘qi gorizontal bo‘lishi kerak (kompensatorli ni­velirlarda).

Bunga nivelirlarning asosiy geometrik sharti de­yi­ladi. Bu shartni tekshirish uchun bir-biridan 50 — 70 m masofada tur­gan A va B nuqtalarga qoziq qoqiladi (4-shakl). A va B nuq­ta­lar­ning oralig‘i to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda oldinga nivelirlash usu­li bilan nivelirlanadi. Buning uchun A nuqta yoniga nivelir oku­lyari shovun chizig‘i bo‘yicha nuqta (qoziq) ustiga to‘g‘ri keladigan qi­lib o‘rnatiladi va qoziq ustidan okulyar markazigacha bo‘lgan ba­land­lik — nivelir balandligi i1 reyka yordamida o‘lchanadi. Keyin rey­ka B nuqtadagi qoziq ustiga vertikal qilib qo‘yiladi va unga ko‘rish trubasi

4- shakl.
qaratilib, b1 sanog‘i olinadi (4-a shakl). Endi xuddi shunday ish teskari yo‘nalishda bajariladi; bunda B nuqta yoniga o‘rnatilgan nivelirning balandligi i2 o‘lchanadi va A nuqtasidagi qoziq ustiga qo‘yilgan reykadan b2 sanog‘i olinadi(4-b shakl). Reykadan sanoq olinayotgan paytlarda ko‘rish maydonidagi adilak pufakchasi yarim pallalarining tasviri tutashtirilgan bo‘lishi kerak (silindrik adilakli nivelirlarda) yoki doiraviy adilak pufakchasi nol punktda bo‘lishi kerak (kompensatorli nivelirlarda). Asosiy geometrik shartning bajarilmaslik xatosi x quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi:

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling