Iii va IV sinf nivelirlash uchun aniq nivelir tekshirishlarini bajarish Amaliy mashg‘ulotiing mazmuni va maqsadi


Download 0.51 Mb.
bet3/4
Sana15.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1678794
1   2   3   4
Bog'liq
1, 2-amaliy mashg\'ulot (2)

x =
Agar x ning qiymati 4 mm dan oshmasa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda, silindrik adilakli nivelirlarda silindrik adilak o‘qining holati, kompensatorli nivelirlarda esa ko‘rish o‘qining holati tuzatilishi kerak. Buning uchun reykadan oxirgi marta olingan sanoqning tuzatilgan qiymati b2tuz=b2–x hisoblab olinadi. Keyin silindrik adilakli nivelirlarda elevatsion vint yordamida iplar to‘rining gorizontal ipi tuzatilgan b2tuz sanog‘iga to‘g‘rilanadi. SHunda silindrik adilak pufakchasi nol punktdan chetlashadi. Silindrik adilakning yuqoridagi va pastdagi tuzatgich vintlari yordamida ko‘rish maydonidagi pufakcha yarim pallalarining tasviri tutashtiriladi, ya’ni bu bilan pufakcha nol punktga keltiriladi. Kompensatorli nivelirlarda esa doiraviy adilak pufakchasini nol punktga keltirib, iplar to‘rining yuqorida va pastda joylashgan tuzatgich vintla­­ri yordamida gorizontal ip tuzatilgan b2tuz sanog‘iga to‘g‘rilanadi. En­di shart bajarilganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish tak­­rorlanadi

  1. Asbob aylanish o‘qi vertikal holatda turganda, silindrik adi­lak o‘qi va trubaning ko‘rish o‘qi o‘zaro parallel vertikal te­kis­liklarda yotishi kerak.

Bu shart faqat silindrik adilakli ni­ve­lirlarda tekshiriladi. Ko‘rish trubasi ko‘targich vintlardan bi­ri­ning yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi va adilak pufakchasi yarim pal­lalarining tasviri tutashtirilib, 50 — 70 m masofada turgan rey­kadan sanoq olinadi. Ko‘rish trubasiga nisbatan ikki yonboshda qol­gan ikkita ko‘targich vint qarama-qarshi tomonga bir necha marta bu­ralib, nivelir avval bir tomonga, keyin ikkinchi tomonga og’­di­riladi. Har ikkala holda ham sanoqning va pufakcha yarim pallalari tas­virining o‘zgarmasligi tekshiriladi. Agar sanoq o‘zgarmagan holda pu­fakcha yarim pallalarining tasviri tutashgan holda qolsa yoki fa­qat bir tomonga siljisa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda, ya’ni sanoq o‘zgarmaganda pufakcha yarim pallalarining tasviri qa­ra­ma-qarshi tomonga siljisa, bu siljish silindrik adilakning yon­bosh tuzatgich vintlari yordamida bartaraf qilinadi. Tekshirish tak­rorlanishi kerak.


  1. Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling