aylanmasining 2007-2011 yillardagi dinamikasi
Respublikamiz qimmatli qog‘ozlar bozorining raqobatbardosh- ligini oshirishning asosiy ko‘rsatkichi bu - ikkilamchi bozorning rivojlanish darajasi hisoblanadi. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida fond birjasi savdo aylanmasida qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori ustunlik mavqeiga ega bo‘lmoqda. Xususan, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorda erkin muomalada bo‘lish darajasi yildan-yilga o‘sib borishi natijasida 2011 yilda uning aylanmasi 2010 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshdi.
Xususan, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorda erkin muomalada bo‘lish darajasi yildan-yilga o‘sib borishi natijasida 2011 yilda uning aylanmasi 2010 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshdi.
5-rasm. “Toshkent” Respublika fond birjasi savdo aylanmasida
ikkilamchi bozorning 2007-2011 yillardagi dinamikasi
Birja savdolarining 2011 yil natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirilish hajmining umumiy birja aylanmasidagi ulushi 47,0 % ni ѐki 100,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shunday qilib, fond birja aylanmasining umumiy hajmi quyidagi holatni ko‘rsatmoqda: Birlamchi joylashtirish hajmi: - xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari - 6,8 mlrd.so‘m( 2010y.– yo‘q); - qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi - 59,03 mlrd.so‘m (2010y. – 20,3 mlrd.so‘m); - korporativ obligatsiyalar – 34,4 mlrd.so‘m (2010y.– 0,001 mlrd.so‘m).
Ikkilamchi bozor aylanmasi hajmi: - aksiyalar - 77,3 mlrd. so‘m ( 2010 y. – 44,03 mlrd.so‘m); - korporativ obligatsiyalar – 35,7 mlrd.so‘mni ( 2010 y. – yo‘q). ―Toshkent‖ RFBda qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi va ikkilamchi bozordagi aylanmasida qimmatli qog‘ozlarning investitsion jozibadorligini quyidagicha tahlil qilish mumkin: 2011 yil yakunlari buyicha aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan birinchi marta chiqarilgan aksiya va obligatsiyalarni birlamchi joylashtirish orqali jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarining ulushi tashkil qilmoqda, ya’ni umumiy qo‘shimcha aksiyalar chiqariluvi emissiyalari hajmining 67,8 % i.
1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |