Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Fosforning tabiatda uchrashi


Download 125.08 Kb.
bet4/12
Sana16.06.2023
Hajmi125.08 Kb.
#1492775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
16 (1)

1.2. Fosforning tabiatda uchrashi
Tabiatda tarqalishi va tabiiy minerallari.
Fosfor faqat bog‘langan holda organizmlarda va minerallarda uchraydi. Tirik organizmlarda fosfor fosfolipidlar shaklida (masalan, lesitin nerv va miya moddalarida) fosfoproteidlar (fermentlar) ortofosfat kislotaning har xil efirlari va kalsiy fosfatlar (suyak va tishda) holida uchraydi. Qushlarning tezaklari tabiiy fosfor tutgan modda guanoni hosil qiladi.
Minerallari:
3Ca3(PO4)2 ∙ Ca(OH)2 – fosforit;
Ca3(PO4)2 ∙ Ca(Cl,OH,F)2- apatit yoki Ca5X(PO4)3 – X- =F-,Cl- OH-;
CepO4 – monasit.
Fosfatlar ayrim temir ma’danlari tarkibiga ham kiradi. Fosfatlar tabiatda tarqalishi bо‘yicha (8∙10-2 massa %), azot, oltingugurt va xromdan oldinda turadi.
Fosfor – hamma tirik organizmlar uchun hayotiy zarur element. U oqsil moddalar tarkibiga kiradi, о‘simliklarda, hayvonlar va insonlar organizmida uchraydi.
Fosforning olinishi
Fosfor–tabiiy fosforli birikmalarni yuqori temperaturada (15000S) qum (SiO2) ishtirokida koks bilan qaytarib olinadi. Qum kalsiy oksidni shlak–kalsiy silikatga bog‘laydi. Qaytarish uchun fosforit olinganda summar reaksiya tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
Ca3(PO4)2 + 5C + 3SiO2 = 3CaSiO3 + P2 + 2CO
Gazsimon aralashmani (fosfor bug‘lari va is gazi) sovuq suvdan о‘tkaziladi, bunda oq fosfor kondensasiyalanadi.
Aslida bu jarayon borishini quyidagicha tassavvur qilish mumkin:
A) dastlab koks fosforitni kalsiy fosforidgacha qaytaradi.
Sa3(RO4)2 + 8S = Sa3R2 + 8SO
B) hosil bо‘lgan Sa3R2 fosforit bilan oksidlanish – qaytarilish reaksiyasiga kirishadi.
5Sa3R2 + 3Sa3(RO4)2 = 24SaO + 4R4
V) hosil bо‘lgan SaO qum bilan bog‘lanib shlak hosil qiladi:
Bu jarayonlarni soddalashtirilgan yig‘ma reaksiyasi yuqorida keltirilgan
Fosforning allotropik shakllari.
Fosforning allotropik shakllari xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Xossalari Oq fosfor Qizil fosfor Qora fosfor
1 2 3 4
Ranggi Oq Qizildan to binafshagacha Kulrang – qora
Hidi Chisnok Hidsiz Hidsiz
1 2 3 4
Qattiqligi bо‘yicha Mumsimon Qattiq Nisbatan yumshoq
Xarakterli shakli Metalmas Metalmas Metallik
Suyuqlanish temperaturasi 0S
440S Faqat yuqori bosim ostida suyuqlanadi. 2800C dan yuqorida oq fosfor parlariga о‘tadi.
Sublimasiyalanish t0C ~ 60 400 dan yuqorida 200S da zichligi
r =g/sm3
1,82 2,36 2,70
Eruvchanligi Suvda juda kam,
Fosforning allotropik shakllari orasida quyidagi о‘tishlar mavjud:
A) oq fosfor qizil fosfor; jarayon uy temperaturasida sekin, yopiq idishda 3300 S da tezlashadi;
B) qizil fosfor oq fosfor, 2800 S dan yuqori temperaturada, oddiy atmosfera bosimida haydaladi va oq fosfor holida kondensasiyalanadi.
V) oq fosfor qora fosfor; jarayon 10000 MPa (100000 atm) yoki oddiy atmosfera bosimida 3800S da katalizator (mayda disperslangan, simob) ishtirokida olib boriladi.
Oq fosfor 4 atomli molekula R4 holida bо‘ladi. Oq fosfor qorong‘ida havoda yashil shulalanadi (lyuminessensiya) issiqlik chiqishi bilan kuzatiladi, bu hodisa fosforning sekin oksidlanishi (R4O6) bilan bog‘liq bо‘lib, ajralib chiqadigan issiqlikda oq fosfor erib ketishi va uni alanganlanishi sodir bо‘lishi mumkin (shu sababli oq fosfor suv ostida saqlanadi).2
R4 – molekulasi tetraedr shaklga ega:
10000S dan yuqori temperaturada R4 molekulasi termik dissosiyalanadi. R4 ↔ 2R2
P P
P
P
0,22nM
Oq fosforni reaksion qobiliyati kuchli, u kislorod, galogenlar, oltingugurt va metallar bilan kuchli ta’sirlashadi. Oq fosfor juda zaharli, inson uchun о‘ldiradigan miqdori 0,15 g.
N3RO2 – gipofosfit kislotasi erkin holda mavjud emas, faqat eritmadagina mavjud bо‘la oladi.
Qizil fosfor
Qizil fosfor–oq fosforga nisbatan barqaror, reaksiyaga kirishish qobiliyati past. Qizil fosfor zaharsiz, biroq sotiladigan qizil fosfor namunasida sezilarli darajada oq fosfor bо‘ladi, shu sababli qizil fosfor bilan ishlaganda ehtiyot choralariga qattiq rioya qilishlozim.
Qizil fosfor oq fosforga nisbatan qiyinroq oksidlanadi, qorong‘ulikda shula sochmaydi va 2500 S dan yuqori temperaturada alangalanadi.
Qora fosfor
Fosforning eng beqaror modifikasiyasi qora fosfordir. Qora fosfor oq fosfordan olinadi. Qora fosfor о‘zining tashqi kо‘rinishi jihatdan metalni eslatadi ham deyiladi, chunki temir kabi rangli, metallik yaltiroqlikka ega, u metallar kabi qattiq, elektr toki vaissiqlikni yaxshi о‘tkazadi.
Faqat 25000 dan yuqori temperaturada fosfor molekulasi atomlarga dissosiyalanadi.
Oq fosfor molekulyar kristallik panjarada bо‘ladi va tugunlarda R4 hamda molekulalararo kuch kuchsiz bо‘lgani uchun oq fosfor uchuvchan oson suyuqlanuvchan, pichoq bilan kesiladi, CS2 da eriydi.
Qora fosfor tashqi kо‘rinishi bilan grafitni eslatadi. Qora fosforning kristallik strukturasi gofrirlangan qatlamlardan iborat. Huddi qizil fosfordagidek bu yerda fosfor atomlari uchta qо‘shni atomlararo bog‘ kovalent bog‘langan.
Ikkita bog‘ qatlam ichiga sarflanadi, bittasi qо‘shni qatlamdagi fosfor atomiga.
Oq va qizil fosforlar dielektrik, qora fosfor yarim о‘tkazgich (YE= 0,33 ev). Qora fosfor kimyoviy jihatdan eng kam aktiv (passiv) 4000Sdan yuqori temperaturada alanganadi. Qora fosfor zaharsiz. Qora fosfor qо‘lda ishqalanganda grafitdek moysimon silliqlik beradi (grafitga о‘xshashligi).
Kimyoviy xossalari. Fosforning kimyoviy xossasi qizil fosforga nisbatan о‘rganiladi.
Fosfor oksidlovchi xossasini metallar bilan reaksiyaga kirishganda namoyon qiladi.
3Li + P = Li3P
3Ca + 2P = Ca3P2
Al + P = AlP
Fosforning metallar bilan hosil qilgan birikmalariga fosforidlar yoki fosfidlar deyiladi. Kо‘pchilik fosforidlar suv va kislotalar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi va fosfin hosil bо‘ladi:
Ca3P2 + 6H2O = 3Ca(OH)2 + 2PH3
AlP + 3HCl = AlCl3 + PH3
Fosfor qaytaruvchi sifatida aktiv metallmaslar kislorod, galogenlar, oltingugurt hamda kuchli oksidlovchi kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi:
4P + 3O2 = 2P2O3 4P + 5O2 = 2P2O5
2P + 5F2 = 2PF5 (PF3)
2P + 3Cl2 = 2PCl3 2P + 5Cl2 = 2PCl5
2P + 3S = P2S3 2P + 5S = P2S5
P + 5HNO3 = H3PO4 + 5NO2 + H2O
Qora fosforning kristallik strukturasi
Fosforni galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari (RG3 va RG5) hamma galogenlar uchun ma’lum. Ularning hammasi tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri sintez usulida olinadi. RG3 –lari RG5 – larga nisbatan barqaror, shu bilan birga galogenni atom massasi ortishi bilan birikmaning barqarorligi kamayadi.
RG3–molekulalari tetraedr, markazida fosfor atomi bо‘lib, sp3–gibridlanish holatida bо‘ladi. RG‘3 – rangsiz gaz.
PCl3 va PBr3 – rangsiz suyuqliklar bо‘lsa, PJ3 – qizil kristallar.
Qattiq holatda RG3 lar molekulyar kristallik panjara hosil qiladilar.
RG5 – trigonal bipiramida strukturasiga ega, markazida fosfor atomi bо‘lib, sp3d – gibridlanish holatida.
Ular о‘zaro ionlashadilar:
2RG5↔ RG
4 +RG6
Fosfor pentaxloridi (PCl5) kristallarida tetraedrik konfigurasiyadagi [PCl4]+ kationlari va oktaedrik [PCl6]+ anionlari hajmiy markazlashgan kub strukturasida k.s- 8 teng holda joylashadilar POCl3 molekulasi buzilgan tetraedr, unda dPO=0,45 nm , dPCl = 0,199 nm .
Fosforni galloidli birikmalaridan eng ahamiyatlisi PCl3 va PCl5 dir. Ularning hammasi kislota hosil qiluvchi birikmalardir.3
Masalan: PJ3 + 3H2O = 3HJ + H3PO3
RG3 – da elektron juftlari mavjud bо‘lgani uchun donor xossasiga ega va neytral komplekslarda ligandlar rolini о‘ynaydi.
Fosfin. Oddiy modda holida fosfor va vodorod bir–birlari bilan amalda birikmaydi. Fosforning vodorodli hosilalari bilvosita usulda olinadi.
Masalan Ca3P2 + 6H2O = 3CaCl2 + 2PH3
RN3 – fosfin, rangsiz kuchli zaharli, sasigan baliq hidli gaz. U suvda о‘rtacha eriydi, shu bilan birga suvdagi eritmada muvozanat qaror topadi:
N3O+ + RN
2 ↔ RN3 + N2O↔ RN
4 + ON-rKkisl= 28,7 va rKasos= 28,4 amalda teng, shu sababli RN3 suvdagi eritmada ideal amfolit deyish mumkin. Suyuq RN3 da о‘z – о‘zidan ionlanishi juda kichik:
2RN3↔ RN
4 +RN2
Fosfin molekulasi ammiak (NH3) molekulasiga о‘xshaydi, biroq N–R–N orasidagi burchak (93,70) ammiakdagiga nisbatan (1070) ancha kichik. Bu hol s- bulutlarni fosfinda gibrid bog‘lar hosil bо‘lishida hissasi juda kichikligidan dalolat beradi. Bundan tashqari R–N bog‘i N–H bog‘iga nisbatan ancha kuchsiz, ammiakning dipol momenti, fosfinning dipol momentiga nisbatan deyarli 3 marta katta. RN3 – da donor xossasi, ammiakka nisbatan kuchsiz ifodalangan. RN3–molekulasining kichik qutbliligi, protonga akseptorlik hossasini passivligi nafaqat suyuq holatda mavjud emasligi, uni suv bilan birikmasligiga RN4 fosfoniy ioni juda kichik barqarorlikka ega.
RN 4 ioni ammoniy ioniga о‘xshash, bog‘larning tetraedrik joylanishi bilan xarakterlanadi. Fosfin suvda bir muncha yaxshi erishiga qaramasdan suv bilan birikmaydi va RN4ON hosil bо‘lmaydi (ammiakdan farqi).
Fosfin kislotalar bilan ta’sirlashganda RN 4 -kationi va fosfoniy tuzlari hosil bо‘ladi (ammiakka о‘xshashligi):
RN3 + HCl = PH4Cl
PH3 + HJ = PH4J
Qattiq holatda eng barqaror tuzi fosfoniy yodiddir (PH4J). Suv ayniqsa ishqorlar ta’siridan fosfoniy tuzlari kuchli parchalanadi:
RN4J + KOH = KJ + PH3↑ + H2O
Ushbu reaksiyada eng toza fosfin olinadi.
Fosfin va fosfoniy tuzlari kuchli qaytaruvchilardir. Havoda fosfin fosfat kislota hosil qilib yonadi.
RN3 + 2O2 = N3RO4
Ishqor eritmalarida fosfinning standart potensiali manfiy qiymatga ega (YE0=-1,12 V) shu sababli fosfin kо‘pgina metallarning ionlarini: oltin, kumush, mis, qо‘rg‘oshin va boshqalar qaytariladi.
AuCl3 + PH3 = Au↓ + 3HCl + P
Fosfidlarni suv bilan parchalanishida, RN3–bilan bir qatorda oz miqdorda gidrazin tarkibiga о‘xshash suyuq difosfin R2N4 hosil bо‘ladi. R2N4 – rangsiz suyuqlik, tq= 51,70S havoda о‘z–о‘zidan alangalanadi va fosfinni ham alangalantiradi. Kuchli qaytaruvchi. Biroq u asoslik xossasini namoyon qilmaydi, kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Demak: NH3 – PH3- AsH3 – SbH3 qatori bо‘yicha barqarorliklari kamayadi, qaytaruvchi xossalari ortadi, bog‘ning zaifligi ortadi, asoslik xossasi ortib boradi.
Fosfor (V) oksid, fizikaviy va kimyoviy xossalari, fosfat kislota va uning tuzlari. Fosforli о‘g‘itlar.
Fosforni kam kislorod bilan ta’sirlashishidan R2O3 va kislorod mо‘l bо‘lganda R2O5 hosil bо‘ladi. Oksidlanish jarayoni mexanizmi zanjirli, oksidlanish mahsulotlari dimer yoki yanada murakkabroq polimerlar bо‘ladi. Fosfor +3 oksidi bir qancha allotropik shaklda uchraydi. Ulardan biri molekulyar panjaraga ega bо‘lib, tugunlarida dimer molekulalar R4O6 holida turadi.
Dimerlangan hamda R2O3 ni polimerlangan molekulalarining strukturalari quyidagicha:
R4O6 – molekulasi kislorod atomlari bilan bog‘langan tо‘rtta piramida (tugallanmagan tetraedr) tuzilgan.
R4O6 – allotropik shakli, uchuvchan, CS2 da juda kam eriydi, oson suyuqlanuvchan. Polimer strukturasi uchlamchi tо‘r hosil qiladi, piramidal RO3 guruppalanishi takrorlanadi, ya’ni tugallanmagan tetraedrlar, tetraedrning bitta uchi juftlangan elektronlar bilian band, piramidalar kislorod atomlari orqali bog‘langan. Ikkala holda ham fosfor atomlari sp3 – gibridlangan holatda bо‘ladi.
R2O3 oksidi kimyoviy jihatdan kislotalik xossasini namoyon qiladi:
R2O3 + 3N2O = 2N3RO3
Fosfit kislotasi rangsiz oson suyuqlanuvchan, suvda yaxshi eriydigan kristallar. Kimyoviy tuzilishi bо‘yicha u buzilgan tetraedr bо‘lib, markazida sp3 gibridlangan holatda fosfor atomi turadi.
R atomi bilan tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri bog‘langan vodorod atomi almashinishga qodir emas, shu sababli fosfit kislotasi maksimum ikki negizli, uni kо‘pincha H2(HPO3) formulasi bilan ifodalaydilar.
N3RO3 о‘rtacha kuchdagi kislota: rK1=2,8, rK2=6,2 teng. Uning tuzlari – fosfitlarni R2O3 ni ishqorlarga ta’sir ettirib olinadi.
R2O3 + 2KON + N2O = 2KN2RO3 kaliy digidrofosfit;
R2O3 + 4KON = 2K2NRO3 + N2O kaliy gidrofosfit.
Ishqoriy metallarning va kalsiyning fosfitlari suvda eriydi. Fosfit kislotasi qizdirilganda disproporsionirlash reaksiyasiga kirishadi.
Fosfit kislotasi va fosfitlar qaytaruvchi oksidlovchilar va galogenlar ta’siridan oksidlanadilar;
Qizig‘i shundaki, N3RO3 eritmasini havo kislorodi faqat yod izlari borligida oksidlaydi.
Fosfit kislotasi odatda fosfor uch galogenidlarni gidroliz qilib olinadi:
RG3 + 3N2O = 3NG + N3RO3
Fosfor uchun eng xarakterli oksidlardan biri R2O5 – difosfor pentaoksiddir. R2O5– qattiq modda, uni shishasimon holda ham osonlikcha olish mumkin. Fosfor +5 oksidi bug‘ holida R4O10 tarkibga tо‘g‘ri keladi. R4O10 –kimyoviy tuzlishi quyidagi rasmda keltirilgan.
R4O4 molekulasi tо‘rta buzilgan tetraedr [PO 3 ] lardan tuzilgan, har bir fosfor atomi 4 ta kislorod atomlari bilan bog‘langan, 10 ta kislorod atomlaridan 6 tasi kо‘prik rolida, qolgan hamma atomlarni bog‘laydi. 4 ta kislorod atomlari 4 – fosfor atomlari bilan qisqa qо‘sh bog‘lar orqali bog‘langan.3
4 ta fosfor atomlari katta tetraedrni hosil qiladi (punktr –chiziq).
Qattiq R2O5 bir qancha shaklda bо‘ladi. Ulardan biri molekulyar tuzilishga ega, panjara tugunlarida R4O10 molekulasi turadi. Tashqi kо‘rinishi bilan bu modifikasiya muzga о‘xshaydi. U katta bо‘lmagan zichlikka ega, osonlik bilan bug‘ holiga о‘tadi, suvda yaxshi eriydi, reaksiyaga kirish qobiliyati yaxshi, molekulyar shakldagi qattiq fosfor +5 oksidini uzoq qizdirilganda ikkita polimer strukturali, katta zichlikdagi, reaksion qobiliyati va oquvchanligi kam bо‘lgan moddalar hosil bо‘ladi. Bunda R4O10 molekulasidagi juftlashgan bog‘lar yakka bog‘larga aylanadi, shunda hamma kislorod atomlari kо‘prikli bog‘lanadi va buzilgan tetraedrlardan tuzilgan fazoviy karkas yuzaga keladi. Bu tetraedrlarning har ikkala polimer modifikasiyani hosil bо‘lishiga olib keladi. Biroq qattiq molekulyar panjarasi R4O10 molekulasi bilan ikkita polimer strukturalar orasida kuchsiz Van-derVaals kuchlari ta’sir etsa, ikkinchisida kovalent kimyoviy bog‘ mavjud.
R2O5–eng kuchli degidratlovchi (suvsizlantiruvchi) agent kimyoviy bog‘langan suvni tortib oladi. R2O5 qurituvchanligi bо‘yicha SaCl2,NaOH, H2SO4 va h.k. lardan ustun turadi.
Uchuvchan modifikasiyadagi R2O5 gidratlanganda dastlab tetrametafosfat kislotasi hosil bо‘ladi:
R4O10 + 2N2O = (NRO3)4
Keyinchalik gidratlanganda tetrapolifosfat (tridekaoksotetrafosfat) kislotasi hosil bо‘ladi:
(NRO3)4 + N2O = N6R4O13
Gidratlanish jarayonining keyingi bosqichida N3RO4 va polifosfat kislotalari aralashmasi hosil bо‘ladi va jarayonning oxirgi bosqichida alohida N3RO4 molekulasi hosil bо‘ladi:
N6R4O13 + N2O = N3RO4 + N5R3O10 - uch polifosfat kislota
N5R3O10 + N2O = N3RO4 + N4R2O7 pirofosfat kislota
N4R2O7+N2O=2N3RO4 ortofosfat kislota Ushbu reaksiyalarni soddalashtirilgan holda quyidagicha yozish mumkin:
R2O5 + N2O = 2NRO3 – metafosfat kislota
R2O5 + 2N2O = N4R2O7 – pirofosfat kislota
R2O5 + 3N2O = 2N3RO4 – ortofosfat kislota
Orto fosfat yoki oddiy fosfat kislotasi +5 fosfor hosilalaridan eng muhimdir.
Bu rangsiz oson suyuqlanuvchan, havoda suyuqlanadigan kristallar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Qattiq kislotada va konsentrlangan eritmalarida molekulalararo vodorod bog‘lanish mavjud. Shu sababli N3RO4 ning kuchli eritmalari yuqori qovushqoq. Suyultirilgan eritmalarida (50% mass. kamroq) suv molekulasi bilan kislota orasida vodorod bog‘lanish yuzaga keladi.
Kimyoviy tuzilishi bо‘yicha N3RO4 molekulasi buzilgan tetraedr,fosfor atomi sp3-gibridlanishda, unda uchta burchak gidroksil guruppasi bilan, tо‘rtinchisi esa kislorod atomi bilan band:
N3RO4 – suvdagi eritmasida о‘rtacha kuchdagi kislota rK1=22,rK2=7,3 va rK3=12,4 uch bosqichda dissosilanadi:
1. N3RO4↔ N+ + N2RO
4 birlamchi fosfatlar;
2. N2RO
4 ↔ N+ + NRO-24
ikkilamchi fosftalar;
3. NRO -24
↔ N+ + RO 3
4 uchlamchi fosfatlar.
Fosforning hamma kislotalarini hamda 3–chi, 2–chi va 1–chi tuzlari ham ma’lum.
Ortofosfatlar.
Ortofosfatlar fosfat kislotani bosqichli neytrallab olinadi.
NaH2PO4 natriydigidroortofosfat yoki oddiy natriy digidrofosfat
NaHPO4 - natriy gidroortofosfat natriy gidrofosfat;
Na3PO4 - natriy ortofosfat – natriy fosfat;
Ca(H2PO4) - kalsiy digidroortofosfat;
CaHPO4 - kalsiy gidroortofosfat;
Ca3(PO4)2 - kalsiy ortofosfat – kalsiy fosfat
Quyidagi ortofosfatlar suvda yaxshi eriydi:
ishqoriy metallarning hamma ortofosfatlari (litiy va ammoniydan boshqalari), ishqoriy-ep metallarning monogidroortofosftalari,digidroortofosfatlari. Qolgan hamma fosfatlar suvda amalda erimaydi.
Ortofosfatlarning ishlatilish sohalari xilma-xildir, mineral о‘g‘itlar, suvni yumshatuvchi sifatida (Na3PO4), issiqlikka chidamli materiallarga yuttirishda farmasivtik va kosmetik preparatlar olishda, xamirturishlar olishda oziqlanuvchi muhitning tarkibiy qismiga kiradi va (pishloq) pishirishda va metall sirtini fosfatlash jarayonida ishlatiladi.
Ortofosfat kislotasining tuzilishi

Download 125.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling