Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 125.08 Kb.
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi125.08 Kb.
#1492775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
16 (1)

Mavzuning dolzarbligi.Fosfor, 1669 yil (Brand, Germaniya) alkimyoviy filosofik toshni izlash natijasida (siydikni haydashda qoladigan qoldiqdan aniqlagan) ochgan. Fosfor nomi yunoncha yorug‘lik sochuvchi sо‘zidan olingan.
Fosfor VA guruh elementlari ichida ikkinchi tipik element metalmas. Nisbiy elektromanfiyligi bо‘yicha u, tipik metalmaslar ftor, kislorod, xlor, azot va oltingugurtdan keyin turadi.
Fosfor ham azot singari kimyoviy elementlar davriy sistemasining beshinchi g'uruhi bosh guruhchasida joylashgan. Tashqi energetik qavatidagi valent elektronlari 3s2 3p3 3d° energetik qavatchalarda joylashgan va qo‘zg‘algan holatda quyidagicha, ya’ni 3s1 3p3 3d1 5 ta toq elektronlarni hosil qila oladi: Demak, fosfor asosan 3 va 5 valentli birikmalarni hosil qiladi.
Fosfor -3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
Tabiatda, asosan +5 oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari uchraydi.
Tabiatda fosfor. Fosfor kimyoviy jihatdan faol bo‘lganligi sababli tabiatda faqat birikmalar tarzida uchraydi.
Fosforit va apatitlar fosforning tabiiy birikmalari. Uning kimyoviy tarkibi Ca3(PO4)2.
Fosfor tirik organizmlar tarkibida ko‘plab uchraydi va hayot faoliyatida juda niuhim omil sanaladi. Oqsillar va nuklein kislotalar fosforli organik birikmalardir. Odam va hayvonlar suyaklarining anorganik tarkibiy qismini asosan Ca3(PO4)2 tashkil etadi.
Fizik xossalari. Fosfor erkin holda bir necha allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qiladi. Masalan, oq va qizil fosfor. Oq va qizil fosfor tarkibidagi fosfor atomlarining birikish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Oq fosfor yorug‘lik va harorat ta’sirida qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor esa havosiz joyda oq fosforning bug‘larini hosil qiladi. Bug‘lar kondensatlanib oq fosforga aylanadi.
Kurs ishining maqsadiva vazifalari:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi.
Talabalarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar o‘quvchilarning kimyodan majburiy tayyorgarlik darajasiga, ya’ni ularning umumiy o‘rta maktabda kimyo ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yilgan minimal talablarni aks ettiradi.
Ushbu kurs ishidan ko’zlangan maqsad o’quvchi-talabalarga fosfor moddasi, ularning ahamiyati, tabiatda uchrashi haqida ma’lumot va tushunchalar berishdan iboratdir.

Download 125.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling