Iii xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.17 Mb.
bet1/2
Sana29.10.2020
Hajmi1.17 Mb.
#138207
  1   2
Bog'liq
TABIATSHUNOSLIK ERMATOVA MUNIRA


YERNING O’Z O’QI ATROFIDA AYLANISHI

REJA:
I. KIRISH.

II. ASOSIY QISM.

1. YERNING SHAKLI VA UNING O’LCHAMLARI.

2. YERNING QUYOSH ATRROFIDA AYLANISHI.

3. YERNING SUTKALIK HARAKATI.

4. FAZONING YERGA TASIRI. QUYOSH VA YER ALOQALARI.

III. XULOSA.

IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.



I. KIRISH.

Yer sayyorasi Quyosh sistemasidagi uchinchi sayyora. Yer ham Quyosh sistemasidagi barcha Sayyoralar singari o’z orbitasi bo’ylab Quyosh atrofida g’arbdan sharqqa aylanadi.Quyosh sistemasidagi sayyoralar ichida yerdagina hayot mavjudligi bilan boshqa sayyoralardan farqlanadi.Yerning shakli to’g’risida turli tushunchalar va fikrlar bor Geoid; Ellipsoid; Sharsimon. Lekin umumiy qilib sharsimon deb ta’riflash mumkin.

Yerning sharsimonligi tufayli Quyoshdan keladigan energiyaning yer yuzasi bo’lab notekis taqsimlanishiga natjada yer yuzasida iqlim mintaqalari va tabiat zonalarining ekvatordan qutblarga tomon almashinib borishiga yani zonallik qonuniyati shakllanadi. Yer yuzi tabiatining xilma-xilligining bosh omili ham bu yerning sharsimonligi hisoblanadi.

Yerning sharsimonligi va u o’z o’qi hamda quyosh atrofida aylanishidan kun bilan tun yil fasllari almashinib turishining asosiy sababchisi ham yerning shakli bilan bog’liq hodisalar hisoblanadi.



II. ASOSIY QISM.

1. YERNING SHAKLI VA UNING O’LCHAMLARI.
Yerning shakli va kattaligini aniqlash qadimgi davrlardan to hozirgacha tabiatshunoslik fanlarining muhim muammolaridan biri bo`lib kelmoqda. Qfadimgi davrlarda yer shaklini “yassi”, “to`rtburchak”, “disk”simon deb o`ylaganlar. Yerning shaklini sharsimon ekanligini yunon olimlaridan Pifagor, Aristotel, yeratosfenlar birinchi bo`lib aytganlar va isbotlashganlar. Turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Farg`oniy, Byeruniylar ham bu fikrni isbotlashga uringanlar.

1940 yillarda olib borilgan o`lchash ishlari natijasida yer elipsoid degan fikrga kelindi.

1873 yilda nemis geodezisti yer shaklini geoid deb nomladi.

1960 yillardan so`ng yer shakli kardioid ya’ni yuraksimon shakli aniqlandi. Byuunday fikrga kelinishida sunoiy yo`ldoshlarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan maolumotlar asos bo`ldi.

Shunday qilib, yerning sharsimon, elipsoid, geoid, kardioid shakllari aniqlangan. Lekin bu shakllar o`rtasida unchalik katta farq yo`q, shuning uchun biz yerning shakli to`g`risida so`z yuritganda, “yer shari” tushunchasidan ko`proq foydalanamiz. Ilmiy-tadqiqot ishlarida yerning har bir shaklini xususiyatlarini e’tiborga olish zarurdir.

Sharsimon shakl - yerning eng umumlashgan birinchi shaklidir. Bu shaklda alohida ifodalangan simmetriya o`qi yo`qdir, unda behisob teng uzunlikdagi o`qlarni kuzatish mumkin.

Yerning sharsimon shaklini undan ortiq isbotlari aniqlangan. Shunday bo`lsada, sharsimon shakl yerning haqiqiy shakliga mos kelmaydi.

elipsoid shakl 1940 yilda rus olimi N.F.Krasovskiy rahbarligida olib borilgan o`lchash ilaridan so`ng foydalanila boshlandi. U yerning haqiqiy shakliga yaqinroq bo`lgan shakldir.

elipsoid bo`yicha aniqlangan yer maydoni 510 mln kv.km.

Geoid geometrik shakl bo`lmasdan u “yerning o`z shakli” maonosida qo`llaniladi. Ҳaqiqatg`dan ham yerning shakli juda murakkab va o`ziga xos bo`lib u hech qanday geometrik shaklga o`xshamaydi.

Kardioid to`nkarilgan yuraksimon shaklda bo`lib, shimoliy qutb janubiy qutbga nisbatan +30 gradus bo`rtgandir. Bu shaklda qutbiy asimmetriya vujudga keladi.

Yer sayyorasi quyosh sistemasida o`zining kattaligi jihatdan 5-o`rinda turadi. Yer maydonining 361 mln km.kv. suvlik 149 mln. km. kv. quruqlik tashkil etadi. Yerning sharining o`rtacha radiusi 6371,2 km. Myeridian uzunligi 40008.6 km. ekvator uzunligi 40075,7 km, rning hajmi 1,083*1012 km3, yerning massasi 5,976*1021 t, yerning o`rtacha zichligi 5,52 gr/sm3. Yerning tabiiy yo`ldoshi oydir.

4. Yer shakli va kattaligining geografik oqibatlari.

1. Yerning sharsimonligidan kecha va kunduz hosil bo`ladi.

2. Yerning sharsimonligidan quyosh nurlari kengliklar bo`yicha notekis taqsimlanadi. Bu bog`liqlikni 1=90 S formulasi bilan aniqlash mumkin.

3. Yer yuzasiga quyosh nurlarining turli burchak bilan tushishi natijasida yuza turli miqdordagi quyosh enyergiyasini oladi.

S va V yuzaga nisbatan quyosh nurlari A yuzaga tik burchak bilan tushmoqda. Shu bilan birga A yuza S va V yuzalarga nisbatan ham quyo nurlrini enyergiyasini ko`p olmoqda. Bu bog`liqlikni 1.1=0.0 ..1p formulasi bilan aniqlash mumkin. Bundan ko`rinadiki, quyosh nurlarining intensivligi nurlari tushishini sinus burchagiga to`g`ri proporcionaldir.

Bundan tashqari yer sharsimonligi sababli quyosh enyergiyasini notekis taqsimlanishi geografik qobiqda zonallik qonuniyatini hosil qiladi.

3. Yerning elipsoid shakli bilan kengliklar bo`yicha og`irlik kuchi miqdori turlicha bo`ladi. Masalan, og`irlik kuchi qutblardan ekvatorga tomon kamayib boradi.

4. Yernng geoid shakli matyerik va okeanik yuzalarni turli sathlarda joylashganligini ko`rsatadi. Demak, okean va matyerik poydevorlari bir-biri bilan mustahkam bog`lanmagan. Ular maolum tashqi taosir natijasida bir-biriga nisbatan siljishi mumkin.

5. Kardioid shakl. K.Mrkovning fikricha, qutbiy asimmetriyani hosil qiladi. Masalan, shimoliy va janubiy yarimsharlar bir-biridan o`simlik, hayvonot dunyosi bilan, matyerik va suvliklar maydoni tarqalishi bilan tabiat zonalari tarqalishi bilan farqlanadi.

6. Yer sharining kattaligi quyidagi oqibatlarga sabab bo`ladi:

yer - kattaligi geografik qobiq kattaligini belgilaydi;

-yer massasi hosil qilgan tortish kuchi atmosfyera, gidrosfyera qobiqlarini ushlab turadi, Oy yer atrofida aylanadi, bulut suvlari yer yuzasiga yog`in shaklida tushadi;

-og`irlik kuchiga bog`liq holda atmosfyeradagi gazlar vyertikal yo`nalishda joylashadi. Yaoni og`irroq gazlar atmosfyeraning quyi qismida, eng engil gazlar vodorod, geliy yuqori qismida joylashgan.

-atmosfyera va gidrosfyerani bo`lishi geografik qobiqda hayotning paydo bo`lishi va sekinlashiga sabab bo`ladi, ya’ni atmosfyera yer issiqligini saqlaydi, “ozon qatlami” esa ultrabinafsha nurlardan saqlaydi.

Yerdan Qyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa 149,6 mln.km. Mazkur masofa astronomik birlik sifatida qabul qilingan. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha harakat tezligi sekundiga 29,8 km.ni tashkil qiladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Yer o’z o’qi atrofida 23,43 soatda bir martda aylanib chiqadi.

Yer yadrodan, mantiyadan va yer po’stidan iborat. Hozirgi ma’lumotlarga binoan yerning yadrosi metalli zarralarni bir-biriga urilishi va yopishishi (asosan temir zarralarining) natijasida hosil boigan. Yer tarkibida engil gazlardan tortib og’ir metallargacha uchraydi. Ammo yerning tarkibi hali to’la va atroflicha o’rganilmagan. Yerni besh foizini tashkil qilgan yuqori qismigina yaxshi o’rganilgan. Yer po’stida quyidagi elementlar tarqalgan: 0(47,2%), SiO2(27,6%), A12(8,8%), Fe(5,l%), Ca(3,6%), Na(2,64%), K(2,6%), Mg(2,l%), H(0,15%), qolgan elementlar 0,21% ni tashkil qiladi. Yerning o’rtacha zichligi 5,52 gG’sm3.

F. N. Krasovskiy ma’lumotlari bo’yicha Yerning o’lchamlari quyidagicha:

Ekvatorial radius yoki katta yarim o’q — 6378,245 km.

Qutbiy radius yoki kichik yarim o’q — 6356,863 km.

o’rtacha radius — 6371,110 km. Qutbiy siqiqlik — 1:298 yoki 21,36 km. Ekvatorial siqiqlik - l:30000yoki 213m. Meridian uzunligi — 40008,550km.

Ekvator uzunligi — 40075,696km. .

Yer yuzasining maydoni — 510083000km2



Yerning hajmi — 1,083 x 1o’2 km3Yer yuzasining 71% ni okeanlar va 29% ni quruqlik tashkil qiladi.

1-rasm Yerning sayyorasining koinotdan ko`rinishi .

Yerning shakli qanday degan muammo qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. Yerning shaklini yassi, yapaloq, tekis, qabariq, doirasimon, sharsimon degan fikrlar asta-sekin ma’lumotlar yig’ilishi bilan vujudga kelgan.



  • Yerning shakli sharsimon ekanligini miloddan awal IV asrda
    Aristotel tomonidan isbotlangan. Mazkur g’oya XVII asrgacha
    fanda hukm surib keldi. Qadimgi olimlar Yerning sharsimon
    ekanligini quyidagi dalillar bilan isbotlashgan: qirg’oqqa yaqinlashayotgan kemaning avval tepa qismi, (machtasi) so’ng o’rta qismi oxiri pastki qismining ko’rinishi.
    Yer yassi, tekis bo’lganda kemaning hamma tomoni birdan ; ko’rinar edi;

  • qirg’oqdan uzoqlashayotgan kemani dastlab pastki qismini so’ngra o’rta va yuqori qismini ko’zdan g’oyib bo’lishi;

  • tog’larga yaqinlashib kelganda dastlab tog’ tepalari, so’ngra tog’ etaklari ko’rinadi;

  • oy tutilganda Yerning unga tushadigan soyasi har doim to’g’ri doiraning bir qismi shaklida bo’lishi;

  • quyosh chiqayotganda dastlab tog’larning tepasini yoritishi. Quyosh botgandan keyin ham ma’lum vaqt davomida tog’ cho’qqilarini yoritilib turishi, Yer yuzasi yassi bo’lsa, tog’lar etagidan tepasigacha barobar yoritilgan bo’lar edi;

  • meridian bo’ylab shimoldan janubga yoki janubdan shimolga qarab yurilganda yulduzlar o’rnining o’zgarishi. Shimoliy yarim sharda biz Katta ayiq yulduzlar turkumini va qutb yulduzini ko’ramiz. Janubga borgan sari bu yulduzlar pasayib boradi. Osmonning janub tomonida boshqa yulduzlar ko’rinadi.
    Ekvatorga borganda qutb yulduzi ko’rinmay qoladi, Janubiy But yulduzi paydo bo’ladi;

  • balandga ko’tarilgan sari ufqning kengayib borishi;

sunyo aylana sayohatlarda bir tomonga qarab ketib ikkinchi tomondan kelinishi;

  • tongning sharqdan boshlanib kelishi. Agar Yer yassi, tekis bo’lganda hamma joyda tong barobar otar edi;

  • ochiq joyda masalan, koining qarama-qarshi tomonida joylashgan ko’p qavatli uylarning yer yuzasi qabariq bo’lganligi tufayli uning poydevoridan boshlab emas, balki ma’lum baland qismidan yuqorisi ko’rinadi.

XVII asrga qadar olimlar Yerni shar shaklida deb tasavvur qilishgan. Ammo keyinchalik Yerning qutblari siqilgan va ek-vator atrofida qavariq ya’ni shar emas, balki Yerning ekvator tekisligidagi radiusi Yer o’qining yarmidan uzunroq boigan el-lipsoid yoki sferoid degan fikrlar paydo bo’ldi. Yerning Ellip-soid ekanligini isbot etuvchi asosiy dalillar quyidagilar:

a) o’rtacha kengliklarda to’g’rilangan mayatnikli soat ekva-torga yoki qutb o’lkalariga keltirilsa, ekvatorda orqada qoladi, qutblarda oldin ketadi. Mayatnikning bir tebranish davri og’irlik kuchining tezlanishiga bog’liq bo’lganidan, mayatnik tebranishi ning sekinlashishi og’irlik kuchining kamayganini, mayatnik teb-ranishining tezlashishi esa og’irlik kuchining ortganini ko’rsatadi. Qutbdan ekvatorga borgan sari markazdan qochish kuchi orta borishini hisobga olganda, mayatniklarning tebranishida kuzatilgan o’zgarishlarga sabab, ekvatorda Yer yuzasining har qanday nuqtasi, qutbdagiga nisbatan Yer markazidan uzoqroqda turadi (yani tortish markazidan);



b) meridianning l°li markaziy burchakka to’g’ri keladigan yoyi ekvatorial kengliklardagiga nisbatan yuqori geografik keng-liklarda uzunroq (ekvatorda 110,6 km., 80°sh.k., lll,7km.), chunki sferoidda yoyning egriligi ekvator yaqinidagiga qaraganda qutb yaqinidan kichikroq.

Hozirgi paytda Yerning shaklini bir necha variantlari bor. Chunki Yerni shakli bu qandaydir ma’noda umumlashgan tu-shunchadir. Shuning uchun Yerni shaklini bir necha taxminlari bor: sfera, ellipsoid, uch o’qli ellipsoid, geoid.



Sferoid — Yerning shaklini umumiy va yirik ko’rinishi. Bunda Yer bitta aylanish o’qiga va ekvatorial simmetrik tekislikka ega. Sferoid aniq ifodalangan simmetriya o’qiga ega emas, uning hamma o’qlari bir xildir. Shuning uchun yer shaklini sferoid ko’rinishi Yerning haqiqiy shakliga o’xshamaydi. Bu nomuvo-fiqlik geografik qobiqning yuzalama tuzilishini o’rganganda mintaqalarning aniq ifodalanishida aks etadi.

Ellipsoid — asosiy o’q aniq ifodalangan, ekvatorial simmetriya tekisligi mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko’rinishi oliy geodeziyada koordinatalarni hisoblashda, kartografik andozalarni tuzishda ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o’qlari orasidagi farq 21 km. Katta yarim o’q — 6378,16 km., kichik yarim o’q — 6356,77 km., ekssentrisitet — 1G’298,25.
2-rasm ellipsoid va shar. Uch o ‘qli ellipsoid — Yerning ekvatorial kesimi ham ellips shakliga ega ekanligi aniqlangan. Bunda yarim o’qlar farqi bor yo’g’i 200 m. atrofida. Ekssentritsitet esa 1G’30000. Yerning bu ko’rinishi geografik tadqiqodlarda umuman foydalanilmaydi.

Geoid — Yersimon shakl degan ma’noni bildiradi. Geoid — Dunyo okeanining o’rtacha sathiga mos keladigan yuza sathi bo’lib, bu yuzada og’irlik kuchi bir xil qiymatga ega. Bu yuzada jismlarning o’z-o’zidan gorizontal siljishi mumkin emas, ya’ni mazkur yuza gorizontal holatdadir.

Yerning shakli va kattaligi muhim geografik ahamiyatga ega. U quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi:

  • quyosh nurlari Yerning sharsimon yuzasiga turli joylarda turlicha burchak bilan tushadi, mazkur tushish burchaklari qutblarga tomon kamayib boradi.

  • yer yuzasining isitilish sur’ati ekvatordan qutblar tomon kamayib boradi. Bu esa issiqlik taqsimotida va iqlimlarda aks etadi. Yunonlar qadimda yuqori va quyLgeografik kengliklarning sharoitini bilmasdanoq faqatgina sharning yoritilish sharoitini asos qilib Yerni iqlimlarga ajratishgan.

  • yerning sharsimonligi uning aylanishi bilan birgalikda Quyosh nurlari tushadigan joylarda zonallikni shaklanishiga sabab bo’ladi;

  • yerning shar shaklida ekanligi uning Quyosh nuri bilan yoritilgan va yoritilmagan qismlarga bo’linishiga sabab bo’ladi (kecha va kunduz). Bu esa Yerning issiqlik me’yoriga ta’sir ko’rsatadi;

  • geodezik, kartografik va gravimetrik ishlar uchun ellipsoidning aniq o’lchamlarini bilish zarur;

  • yerning kattaligini asosiy geografik ahamiyati shundaki,
    Yer tortish kuchi tufayli o’z atrofida atmosferani ushlab turadi.

  • Quyosh sistemasida 9 ta sayyora mavjuddir, bular Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Upan, Neptun va Plutondir. O’zlarining ko’rinma harakatlariga ko’ra bu sayyoralar ikki guruhga bo’linadi, pastki (Merkuriy, Venera) va yuqori (Yerdan tashqari, qolgan barcha sayyoralar).

Yulduzlar turkumi bo’yicha pastki va yuqori sayyoralar turlicha harakat qiladi. Merkuriy va Venera hamma vaqt Quyosh turgan turkumda yoki qo’shni turkumda bo’ladi. Bunda bu sayyoralar Quyoshga nisbatan sharq tomonga yoki g’arb tomonda bo’lishi mumkin. Merkuriy mos ravishda 18-28°ga Venera esa 45-48° bo’lishi mumkin. Sayyoralarning Quyoshga nisbatan sharq tomonga eng katta og’ishiga sharqiy elongasiya g’arb tomondagisiga g’arbiy elongasiya deyiladi. Sayyoralar sharqiy elongasiyada bo’lganda osmon sferasining g’arbida g’arbiy elongasiyada bo’lganda esa sharqida ko’rinadi. Sayyoralar osmonda goh bir tomonga gox qarama-qarshi tomonga karab sirtmoksimon harakat kiladi. Bunday harakatda ular Quyosh va Yer o’rtasidan o’tishi mumkin sayyoraning bunday vaziyatiga pastki qo’shilish vaziyati deyiladi. Sayyoralar pastki qo’shilishda bo’lganida ko’rinmaydi. By holda sayyoralariing ekliptik uzunlamasi Quyosh ekliptik uzunlamasiga teng bo’ladi. Pastki qo’shilishdan biroz vaqtdan keyin sayyora yana ko’rinadi lekin bunda osmon sferasini sharqida ko’rinadi.

Sayyora harakatini sekinlashtirib, g’arbiy elongasiyasiga erishadi. Endi u sharqdan g’arbga tomon harakat kiladi. Avval sekinroq keyin tezroq u Quyoshga yetib, uning orqasiga o’tadi va ko’rinmaydigan bo’ladi. Sayyoraning bunday vaziyatiga yuqori qo’shilish vaziyati deyiladi va ma’lum vaqtdan keyin u kechki shafaq nurlarida osmon sferasi g’arbida ko’rinadi. Xuddi shunday pastki sayyoralar Quyosh atrofida xuddi soat mayatnikidek tebranadi. Yuqori sayyoralar boshqacha harakat kiladi. Bu sayyoralar kechki shafaqda, Quyosh botganda osmon sferasi g’arbida ko’ringandan keyin ular sharqga tomon harakat kiladilar (to’g’ri harakat). Ma’lum vaqtdan keyin sayyora to’xtab yana teskari tomonga harakat kila boshlaydi (teskari yunalishda). Yana u Quyoshga yetib undan o’tadi va yana butun hodisa takrorlanadi.

Yuqori sayyoralar o’zlarining teskari harakatida Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turkumda bo’lishi mumkin, ularning ekliptik uzunlamalari 180°ga farq qiladi. Sayyoralarning bu vaziyatiga Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turish vaziyati deyiladi.

Sayyora bilan Quyosh bitta turkumda bo’lish holatiga Quyosh bilan qo’shilishi deyiladi. Sayyoraning Quyoshga nisbatan sharq tomonda 90° ga bo’lgandagi holatiga sharqiy kvadratura, 90-ga g’arb tomonda bo’lgandagi holatiga g’arbiy kvadratura deyiladi. Sayyoralarning Quyoshga nisbatan vaziyatlariga ularning konfigurasiyalari deyiladi.


Osmon sferasining va boshqa kosmik jismlarning harakatini tushuntirish kuzatish Yerdan olib borilganligi sababli ancha qiyinlashadi, shuning uchun astronomiyada dunyo tuzilishi to’g’risida ikkita tushuncha hosil bo’lgan. Birinchi tushunchaga asosan butun olamning markazida harakatsiz Ep turadi. Ikkinchi tushunchaga ko’ra Yer o’z o’qi atrofida sutkali va dunyo markazida turuvchi Quyosh atrofida yillik harakat kiladi.

Birinchi qarash Religiya tarafdorlarining tushunchalariga to’g’ri kelganligi sababli matematik rivojlanishga ega bo’lgan.



Olamning tuzilishi haqidagi birinchi sistema Ptolomey asarlarida aks ettirilgan. Ptolomey sistemasining asosida 4 ta tushuncha yotadi:

  1. Olam markazida Yer turadi.

  2. Yer tinch turadi.

  3. Barcha kosmik jismlar Yer atrofida aylanadi.

  4. Kosmik jismlar Yer atrofida aylana buyicha tekis harakat kiladi.

Bu sistemaga geosentrik sistema deyiladi. Bu sistemada sayyoralarning harakati quyidagicha tasavvur etiladi. Sayyoralar aylanalar Episikllar buyicha tekis harakat qiladi. Episikllar markazi eca Yer atrofida deferentlar bo’yicha harakat qiladi.

Quyosh va Oy episikllarsiz deferentlar bo’yicha Yer atrofida aylanadi. Bunday sistema tushunchalariga ko’ra osmon sferasi undagi yoritgichlar bilan birgalikda, dunyo markazi yer atrofida aylanadi. Sayyoralarning sirtmoqsimon harakati esa quyidagicha tushuntiriladi. Sayyora A nuqtada bo’lganda uning burchak tezligi sayyoraning episikl buyicha harakati va episikl markazining deferent bo’yicha harakati tezligi yig’indisiga teng bo’lib, bunda sayyora to’g’ri yunalishda katta tezlik bilan harakat qilayotgan bo’ladi. V nuqtada bo’lganda esa sayyora teskari yunalishida kichik tezlik bilan harakat kiladi. Bu sistema noto’g’ri bo’lishiga qaramay uzoq vaqt davomida ishlatib kelindi. Bu sistema ba’zi tajriba natijalarini tushuntiradi. Lekin kuzatish natijalari oshgan sari ularni tushuntirish qiyinlashadi, bunda bu sistema murakkablashib ketadi va sistema noto’g’riligini tushuntirishda zamin yaratiladi.


Kopernikning dunyo tuzilishi haqidagi kitobi 1543 yilda chiqqan bo’lib, bu asarda u geliosentrik sistemaga asos solgandir. Geliosentrik sistema asosida quyidagi tasavurlar yotadi.

  1. Olam markazida Quyosh turadi;

  2. Shar shaklidagi yer o’z o’qi atrofida aylanadi va bu harakatning aksi osmon sferasining harakatidir;

  3. Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi. Bu harakat Quyoshning yulduz turkumlari buyicha ko’rinma harakatini tushuntradi

  4. Barcha harakatlar aylana buyicha tekis harakatlar kombinasiyasidek tasavvur etiladi;

  5. Sayyoralarning sirtmoqsimon harakati ularga emas balki yerga bog’liqdir.

Bundan tashqari Kopernik Oy Yer atrofida va Yer bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanadi deb hisoblar edi.

Merkuriy va Venera Quyosh atrofida aylanishida undan uzoqlashmaganligi ularning orbitalari Yer orbitasi va Quyosh orasida ekanligini ko’rsatadi. Qolgan sayyoralar esa Yerga qaraganda Quyoshdan uzoqroqda harakat qiladi. Kopernik birinchi marotaba fanda astronomiyada olamni to’g’ri tuzilishini ko’rsatdi. Bu sistema barcha tajriba iatijalarini to’g’ri tushuntira oladi, shuning uchun to’g’ri sistemadir.



Sayyoralar o’zlarining Quyosh atrofidagi harakatlarida Quyoshga nisbatan turli vaziyatlarni egallashlarini ko’rib chiqqan edik. Keling Yer T Quyoshga nisbatan rasmdagi vaziyatda bo’lsin. Bu paytda ichki yoki tashki sayyoralar, orbitasining istalgan joyida bo’lishi mumkin. Agar ichki sayyora masalan, Venera V1, V2, V3, V4 vaziyatlarida bo’lsa V1 va V3, uning mos ravishda quyi va yuqori Quyosh bilan birlashishi, V4 - sharqiy elongasiyasi, V2 - g’arbiy elongasiyasidir.

Tashqi sayyora esa masalan, Mars (M), Yerdan M4 - sharqiy, M2 - g’arbiy kvadraturalarda, M3 - qo’shilishi, M1 - qarama-qarshi turish vaziyatlarida turadi. Ichki sayyora Yerga quyi qo’shilishi vaziyatida eng yaqin va yuqori qo’shilishida eng uzok masofada bo’ladi. Tashqi sayyoralar esa M1 qarama-qarshi tomonda bo’lganida Yerga yaqin masofaga kelsa qo’shilishi M3 da uzoq masofada bo’ladi.

Sayyoralarning sirtmoqsimon harakatini tushuntirish asosida Yer va sayyora orbita bo’ylab chiziqli harakatlarini solishtirish yotadi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling