Iii. Xulosa. IV. Nazorat savollari va testlar. V. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Download 209.1 Kb.
bet6/8
Sana22.02.2023
Hajmi209.1 Kb.
#1221312
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tijorat banklari va ularning funksiyalari

To‘qqizinchidan, Bank imidjini oshirishdan iborat. Bank imidji, uning jamiyatdagi, mamlakatdagi obro‘si, erishilgan muvaffaqiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Erishilgan obro‘e’tibor, albatta, uning faoliyat barqarorligi, mi jozlarga ko‘rsatilgan xizmat turlarining sifati, tezkorligi va to‘laqonliligi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida bank faoliyatini doimiy ravishda to‘liq tahlil etish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish bilan bog‘liq.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish bank faoliyati tahlilining quyidagi vazifalariga bog‘liq:
1. Butun bank faoliyati va uning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat tahlilining natijalarini to‘la-to‘kis ravish da yoritish.
2.Bank faoliyati to‘g‘ri tahlil etilishi natijasida bank faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning ta’siri natijalari ni chuqur o‘rganish.
3.Erishilgan natijalarni baholash va ular haqida to‘g‘ri xulosalar tayyorlab kelgusida optimal qarorlarni qabul qilish uchun bankning boshqaruv organlariga taqdim etish.
Bank faoliyatining samaradorli gi asosan uning faoliyatini har tomonlama to‘liq tahlil etili shi, natijalari o‘rganilishi, istiqboldagi rejalar, tahlil natijasida qabul qilingan qarorlar, belgilanadigan chora-tadbirlar sifatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.

  1. Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari

Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari asosan, belgi- langan maqsad va vazifalarga bog‘liq. Bundan tashqari, tahlil amalga oshirilayotgan zamon va makon, tahlil obyekti va subyektlari masalalari ham inobatga olinmog‘i zarur.


Tijorat banklari faoliyatini tahlil etish subyektlari nuqtayi nazaridan ular ikki turga: birinchidan, tashqi va ikkinchidan, ichki tahlilga bo‘linadi. Banklarning tashqi tahlili asosan, Markaziy bank, tashqi auditor tashkiloti va soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki tahlil, odatda, bankning ichki audit guruhi, tegishli departament va boshqarmalar hamda har bir bank xodimining funksional vazifalari yuzasidan amalga oshiriladi.






Download 209.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling