Iii. Xulosa. IV. Nazorat savollari va testlar. V. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Download 209.1 Kb.
bet1/8
Sana22.02.2023
Hajmi209.1 Kb.
#1221312
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tijorat banklari va ularning funksiyalari


Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Reja
I.Kirish
1.Tijorat banklari faoliyati tahlilining asoslari va ahamiyati.
2.Tijorat banklari faoliyati tahlili fanining maqsad va vazifalari.
3.Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari.
III. Xulosa.
IV. Nazorat savollari va testlar.
V. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim.
«Tijorat banklari faoliyati tahlili» fani bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘rganadi.
O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘ lash, induksiya, deduksiya, sintez, korrelyatsiya – regrission tahlil kabi usullardan foydalaniladi.
Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi ham da yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi va u bankning likvidliligi, daromadliligini o‘stirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi.
«Tijorat banklari faoliyati tahlili» fanida o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi.
Bank aktivlari tahliliga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foyda olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilinadi.
Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillar to‘liq o‘rganiladi.
Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
«Tijorat banklari faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va banklar» nazariy fanining amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi,
«Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan bog‘liqlikda o‘rganiladi.
«Tijorat banklari faoliyati tahlili» jarayonlarini o‘rganishda iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, qiziquvchi iqtisodchilarga muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlari talabalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.




    1. Download 209.1 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling