Iii. Xulosa. IV. Nazorat savollari va testlar. V. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Tijorat banklari faoliyati tahlili fanining maqsad va vazifalari


Download 209.1 Kb.
bet3/8
Sana22.02.2023
Hajmi209.1 Kb.
#1221312
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tijorat banklari va ularning funksiyalari

2. Tijorat banklari faoliyati tahlili fanining maqsad va vazifalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituv chi korxona faoliyati tahlilidan asosiy maqsad faoliyat sa maradorligini oshirishdan iborat.


Bank faoliyatini tahlil qilishning bosh maqsadi ham bank faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iborat.
Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foyda miqdorining oshishini ta’minlash omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividendlar miqdorini oshirib borish demakdir. Shuning uchun ham bank faoliyati doimiy va uzluksiz ravishda tah lil qilib borilishi lozim.
Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluksiz ravishda tahlil etilishi, uning natija lari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda Bank Boshqaruvi ga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank Boshqaruvi, Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qarorlari ham bank faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samarador ligini belgilab beradi.
Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini himoyalash. Ma’lumki, Banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, ular faoliyatini yu ritish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar asosiy qismining qariyb 75–85 foizini bank kreditorlari va omonatchilarining mablag‘lari tashkil etishi hisoblanadi. Shunday ekan, kreditorlar va omonatchilar manfaatlari bank manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat yuritishi lozim. Omonatchilar o‘zlarining bankka ishonib topshirgan mablag‘larini va ular uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foiz shaklidagi daromadlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib olishlari, kreditorlar ham bankdagi mablag‘laridan qonun doirasida foydalanish imko niyatlariga ega bo‘lmog‘i zarur. Bunga erishish uchun esa, bank faoliyati kreditorlar va omonatchilar manfaatlari nuqtayi nazaridan uzluksiz ravishda tahlil etilib borilishi lozim. Bunda doimiy ravishda kreditorlar va omonatchilarning ta- lablarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarish uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun bankning to‘lov qobiliyati uning omonatchilari va kreditorlari talablarini qondirish maqsadida doimiy ravishda tahlil qilinishi talab etiladi.

Download 209.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling