Ижара шартномаси №005
Download 105 Kb.
|
№B16 ЯТТ «Boqiyev Lazizjon Nizom O\'g\'li»
9. YAKUNIY QOIDALAR.
9.1. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 05 oktyabrdagi “Alkogol va tamaki maxsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga asosan ijaraga olingan xonada alkogol va tamaki maxsulotlari iste'mol qilinmaydi. 9.2. Mazkur shartnoma taraflar o‘rtasida to‘liq kelishuvga erishilganini bildiradi va bunga qadar taraflar o‘rtasida bo‘lgan kelishuvlar, yozishmalar va boshqa xat-xabarlarni bekor qiladi. 9.3. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 2 (ikki) nusxada tuzilib, bir nusxasi ijaraga beruvchida, ikkinchi nusxasi ijarachida saqlanadi. Ushbu shartnoma bo`yicha korruptsiyaga Qarshi kurashish qoida standartlari • Tomonlar, ularning affillangan shaxslari, xodimlari yoki boshqa ishtirokchilari ushbu shartnoma shartlarini bajarishda ikkinchi tomonning qaror qabul qilishiga ta'sir o`tkazish maqsadida bevosita yoki bilvosita pul mablag`lari, qimmatliklar yoki xizmatlar taklif qilishi, berishi, taqdim etishi taqiqlanadi. • Tomonlar, ularning affillangan shaxslari, xodimlari yoki boshqa ishtirokchilari ushbu shartnoma shartlarini bajarishda qaror qabul qilishiga ta'sir o`tkazish maqsadida shartnomaning boshqa ishtirokchilari tomonidan bevosita yoki bilvosita pul mablag`lari, qimmatliklar yoki xizmatlar taqdim etish bo`yicha taklifini rad qilishi lozim. • Agar shartnoma ishtirokchilarida ushbu shartnoma shartlarini bajarish bilan bog`lik korruptsion xarakat sodir etilganligi tug`risida ma'lumot, shubxa, shubxaga asos bo`luvchi dalilga ega bo`lsa, bu to`g`risida ikkinchi tomonga yozma shaklda xabar berish majburiyatini oladi. • Xabarni olgan tomon xaqiqatda korruptsion xarakat sodir etilmaganligini yoki sodir etilmasligi to`g`risida tasdiqqa ega bo`lgunicha ushbu shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarishni to`xtatib turish xuquqiga ega. Pora berish evaziga ikkinchi tomon vakilini, affillangan shaxsini, xodimni yoki shartnomaning boshka ishtirokchilarini shartnoma shartlarini bajarishda o`ziga og`dirib olgan tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplab berish majburiyatini oladi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling