Ижара шартномаси №005


ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI


Download 105 Kb.
bet5/8
Sana03.02.2023
Hajmi105 Kb.
#1153063
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
№B16 ЯТТ «Boqiyev Lazizjon Nizom O\'g\'li»

6. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI.
6.1. Mazkur shartnoma 2023 yil 04 yanvardan 2023 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.
6.2. Mazkur shartnomaning 6.1-bandiga asosan ijara shartnomasining amal qilish muddati tamom bo‘lganidan so‘ng, xonalar va asosiy vositalar ijaraga berish yangidan tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
7. ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILISh
7.1. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuviga binoan istalgan paytda o‘zgartirilishi mumkin, shartnomani o‘zgartirish zarurati taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
Taraflarning kelishuviga asosan shartnomani o‘zgartirish mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan qo‘shimcha kelishuv orqali amalga oshiriladi.
7.2. Ijara shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Shartnomani amal qilish muddati tugaganida:
Taraflarning kelishuviga binoan istalgan paytda;
Shartnomani amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, ijarani davom ettirish bo‘yicha shartnoma shartlari bajarilmaganida, lozim darajada bajarilmaganida yoki buzilganida, taraflardan birining tashabbusi bilan;
Ijarachi tomonidan ijara tulovli 1 (bir) oy davomida tulanmaganda;
Ijarachi tomonidan unga ijaraga berilgan xona va biriktirilgan inventarlarga qo`pol ravishda zarar yetkazilganda;
Ijara to‘lovi miqdori Ijaraga beruvchi tomonidan asossiz oshirsh va bundan Ijarachi norozi bo‘lgan taqdirda;
Ijarachi shartnomaning 5.4. bandining hech bo‘lmasa bir bandini hamda shartnomaning 9.1. bandini buzgan taqdirda.
Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
7.3.Shartnoma shartlari to‘la yoki lozim darajada bajarilmaganligi, shartnoma shartlari buzilgan hollarda shartnomani bekor qilishga haqli taraf ikkinchi tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantiradi.
8. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA
NIZOLARNI HAL ETISh.
8.1. Shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun ushbu shartnomada alohida qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflarning javobgarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq hal qilinadi.
8.2. Ijarachi shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki ularni buzganligi uchun shartnoma summasining 20% miqdorida neustoyka to‘laydi.
8.3. Ijarachi shartnomani muddatidan ilgari bekor qilishni talab qilgan hollarda, mazkur shartnomani 8.2-bandida ko‘rsatilgan neustoyka, shartnomani muddatidan oldin bekor qilish natijasida ijaraga beruvchiga yetkazilgan zarar va olinmay qolgan foydani ijarachiga to`liq to‘lab beradi.
8.4. Ijarachi shartnomani bekor qilish taklifi bilan chiqmagan holda, ijara to`lovini 1 (bir) oy va undan ortiq vaqt mobaynida asossiz to`lamagan, ijaraga beruvchining ijara haqini to`lash haqidagi talabini bajarmagan taqdirda, ijaraga beruvchi mazkur shartnomani butun amal qilish muddati davomidagi to`liq so`mmani va hisoblangan neustoykani undirish haqida sudga da`vo ariza kiritishga haqli.
8.5. Taraflar mazkur shartnomaga asosan kelib chiqadigan nizo va tushunmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal etish bo‘yicha barcha choralarni ko‘radilar.
Taraflar kelishuvga erisha olmagan nizolar yuzasidan ariza amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli sud organlariga kiritiladi.



Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling