Ижара шартномаси №005
Download 105 Kb.
|
№B16 ЯТТ «Boqiyev Lazizjon Nizom O\'g\'li»
- Bu sahifa navigatsiya:
- ShARTNOMA PREDMETI 1.1. Ijaraga beruvchi Buxoro shahar, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 5-uyda joylashgan, binoning 2-qavatidagi umumiy maydoni 29.0 m 2
- IJARA TO‘LOVI VA TO‘LOV USULI
IJARA ShARTNOMASI №B16 Buxoro shahri 2023 yil 04 yanvar «Partner Business Leasing» mas'uliyati cheklangan jamiyat Buxoro filiali nomidan (kelgusida «Ijaraga beruvchi») 2023 yil 04-yanvar kungi 1-sonli Bosh ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi J.J.Odilov bir tomondan va YaTT «BOQIYEV LAZIZJON NIZOM O’G’LI» kelgusida «Ijarachi» nomidan guvohnoma asosida harakat qiluvchi rahbari L.N.Boqiyev ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagi shartlar asosida tuzdilar: ShARTNOMA PREDMETI 1.1. Ijaraga beruvchi Buxoro shahar, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 5-uyda joylashgan, binoning 2-qavatidagi umumiy maydoni 29.0 m2 tashkil etuvchi 17-xona hamda mebel va ofis jixozlarini (kelgusida “asosiy vositalar”) ijarachiga ushbu shartnomaning №1-ilovasida keltirilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan vaqtincha foydalanishga beradi, ijarachi esa shartnomada kelishilgan muddat va tartibda ijara haqini to‘lash majburiyatini oladi. 1.2. Ijarachi xona va asosiy vositalardan ofis sifatida foydalanadi. IJARA TO‘LOVI VA TO‘LOV USULI 2.1. Ijarachi tomonidan xona va asosiy vositalardan foydalanganlik uchun ijaraga beruvchiga to‘lanishi lozim bo`lgan bir oylik ijara to`lovi (12% QQS ni hisobga olgan holda) 2 800 000 (Ikki million sakkiz yuz ming) so’mni tashkil etadi. 2.1.1.Ijara to`lovining birinchi ikki oylik to`lovi shartnoma imzolangan kundan 3 kun ichida ijarachi tomonidan to`lanadi. Ijaraning oxirgi ikki oylik to`lovi ijarachi tomonidan mazkur shartnomaning muddati tugashiga ikki oy qolganda to`lanadi. (Birinchi va oxirgi to`lovlar avans tariqasida to`lanadi.) 2.1.2.Ijara to`lov grafigi: 2023 yil 15 yanvar 2023 yil 10 fevral 2023 yil 10 mart 2023 yil 10 aprel 2023 yil 10 may 2023 yil 10 iyun 2023 yil 10 iyul 2023 yil 10 avgust 2023 yil 10 sentabr 2023 yil 10 oktabr 2023 yil 10 noyabr 2023 yil 10 dekabr 2.2 Oylik ijara to‘lovlarini hisoblashda ijara ob'ektidan foydalanilgan kunlar soni to‘liq bo‘lmagan oylar haqiqatda foydalanilgan kunlar uchun hisoblanadi. 2.3 Ijara shartnomasi muddati tugaganida yoki shartnoma bekor qilinganida, ijara ob'ektlarini shartnomaning №1-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda ijara ob'ektlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan ijaraga beruvchiga topshirguniga qadar, ijarachi ijara ob'ektini band qilib turgan kunlar uchun ijara to‘lovi to‘laydi. 2.4 Xona va asosiy vositalardan foydalanish va uni boshqarish, elektr energiyasi, suv, kanalizatsiya, isitish tizimidan foydalanish bilan bog‘liq to‘lovlarni ijaraga beruvchi to‘laydi. 2.5 Ijarachi oylik ijara to‘lovini oldindan 100% pul o‘tkazish yo‘li bilan, yoki shartnomaning 2.1.2. bandlarda ko‘rsatilgan grafigiga asosan to`lash majburiyati bor. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling