Ижара шартномаси №005
Download 105 Kb.
|
№B16 ЯТТ «Boqiyev Lazizjon Nizom O\'g\'li»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. IJARAGA OLINGAN XONA VA ASOSIY VOSITALARDAN FOYDALANISh TARTIBI
IJARAGA BERISh TARTIBI.
3.1. Xona ijarachiga shartnoma imzolangan kundan hamda belgilangan ijara to`lovini (avans tariqasida) to`lab bergandan so`ng, 3 kun ichida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiriladi. 3.2. Ijara shartnomasida ko‘zda tutilmagan mansub ashyolar, xonalar va asosiy vositalarga aloqador hujjatlar ijarachiga topshirilmaydi. 3.3. Ijara shartnomani muddati tugagandan so‘ng, ijarachi xona va asosiy vositalarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ijaraga beruvchiga 3 kun ichida topshiradi. 3.4. Ijara ob'ektlari ijaraga topshirilganidan so‘ng ularning holati bo‘yicha kamchiliklar yuzaga kelganida yoki ijarachi tomonidan ularga zarar yetkazilgani aniqlanganida, mazkur mol-mulk qayta tiklab berilgunigacha yoki uning qiymati to‘liq to‘languniga qadar ijaraga beruvchi xona va asosiy vositalarni qabul qilib olmaslikka, topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslikka haqli. 4. IJARAGA OLINGAN XONA VA ASOSIY VOSITALARDAN FOYDALANISh TARTIBI 4.1. Xona va asosiy vositalar ijarachiga topshirilgan kundan boshlab ijaraga beruvchi ijarachining yong‘in va texnika xavfsizligi, sanitariya normalariga rioya etilishi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi; 4.2. Ijarachi xona va asosiy vositalardan har kuni ertalabki soat 07:00 dan kechki soat 21:00 ga qadar foydalanadi. Boshqa vaqtlarda ijarachi tomonidan zaruratni ko‘rsatgan holda yozma murojaat qilganida xonalardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin. 4.3. Ijaraga olingan xonaga ijarachi, uning faoliyatiga bevosita aloqador shaxslar, jumladan ijarachining xodimlari va ommaviy oferta bo‘yicha mijozlar yoki alohida shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar, ijara ob'ektidan foydalanishni maqsad qilmagan holda ijarachining oldiga kelgan boshqa shaxslar kiritilishi mumkin. 4.4. Xona va asosiy vositalardan mazkur shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilganidan boshqa maqsadlarda, shu jumladan agar shartnomada bevosita ko‘rsatilmagan bo‘lsa, turar-joy, yotoqxona va boshqa maishiy ehtiyojlarni qondirish maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4.5. Xonaga ijarachi tomonidan o‘z faoliyatida foydalanish uchun jihozlar, uskunalar va boshqa mulklar olib kirilayotganida bino xavfsizligi maqsadida ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin. 4.6. Ijara ob'ektlari ijarachi tomonidan dalolatnoma asosida ijaraga beruvchiga topshirilayotganida, ijarachi tomonidan o‘z faoliyatida foydalanish uchun o‘z hisobidan keltirilgan jihozlar, uskunalar va boshqa mulklarni olib chiqib ketilishi lozim, aks holda ushbu mulklarni saqlanishi bo‘yicha ijaraga beruvchi mas'ul bo‘lmaydi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling