Ижара шартномаси №005


TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 105 Kb.
bet3/8
Sana03.02.2023
Hajmi105 Kb.
#1153063
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
№B16 ЯТТ «Boqiyev Lazizjon Nizom O\'g\'li»

5.TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Ijaraga beruvchining huquqlari:
Ijarachidan ijara haqini shartnomada belgilangan muddatda to‘lashni talab qilishga, amaldagi qonunchilikka taraflar kelishuviga bog‘liq bo‘lmagan holatda ijara narxini oshishiga ta'sir etadigan qoidalar kiritilgan, kommunal to‘lovlar narxlari oshirilgan hollarda ijarachini 3 (Uch) kun oldin bu haqida yozma ravishda ogohlantirgan holda ijara to‘lovini tegishlicha oshirish;
Ijara to‘lovi o‘z vaqtida to‘lanmaganida topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslikka, xona va asosiy vositalarni ijarachiga topshirmaslik,
Ijara shartnomasi shartlariga rioya qilinayotganligini, xonalar va asosiy vositalar holatini tekshirish maqsadida ijarachi foydalanayotgan xonasida bo‘lgan vaqtlarda xonani va asosiy vositalarni holatini ko‘zdan kechirishga;
Elektr, issiqlik energiyasi ta'minoti va kommunal xizmat ko‘rsatish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalarini ijarachining aybi bilan buzilgan hollarda ijarachidan majburiy tartibda undirish uchun tegishli sudga regress talab bilan murojaat qilish;
Ijara to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmaganida ijaraga berilgan xona va asosiy vositalarni qaytarib topshirishni talab qilish hamda ushbu talab bajarilmagan hollarda ijaraga berilgan xonalarni qulflagan holda muhrlash;
Ijarachi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganida, lozim darajada bajarilmaganida yoki shartnoma shartlari buzilganida, shuningdek shartnomani muddatidan oldin bir taraflama bekor qilishga, ijara muddatini uzaytirmaslikka, shartnomada belgilangan neustoykani, o‘ziga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani tegishli sud organlariga murojaat qilgan holda undirib olish;
Mavjud qarzdorlikni inkasso topshiriqnomasiga binoan qarzdorning bank xisobraqamidan aktseptsiz undirishga haqli.
5.2. Ijaraga beruvchining majburiyatlari:
Xona va asosiy vositalarni shartnoma shartlari va foydalanish maqsadlariga muvofiq holatda topshirishi;
Ijara shartnomasining xona va asosiy vositalarni o‘z vaqtida topshirishga tayyorlash, topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzish va imzolashga takdim etishi;
Ijarachining xona va asosiy vositalardan foydalanishi uchun ushbu shartnomada nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berishi;
Xona va asosiy vositalarni yong‘inni bartaraf etish vositalari bilan ta'minlashi va xona joylashgan binoda yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi lozim.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling