Ижара шартномаси №005


Download 105 Kb.
bet4/8
Sana03.02.2023
Hajmi105 Kb.
#1153063
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
№B16 ЯТТ «Boqiyev Lazizjon Nizom O\'g\'li»

5.3. Ijarachining huquqlari:
Ijara to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirgan holda xona va asosiy vositalarni shartnomada belgilangan muddatda o‘ziga topshirishni, topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzishni talab qilish;
Ijara shartnomasi amal qilish muddati tugashidan oldin navbatdagi muddatga uzaytirish;
Shartnomani 6.1-bandida ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lganidan so‘ng, ijaraga beruvchiga yangi shartnoma tuzish haqida taklif bildirish;
Ijaraga beruvchidan xona va asosiy vositalarni shartnoma shartlari va foydalanish maqsadlariga muvofiq holatda topshirishini, shartnomada nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berishni talab qilish;
Ijaraga beruvchining yozma roziligi asosida, o‘z faoliyatini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoit va qulayliklarni yaratish, qo‘shimcha jihoz va uskunalar o‘rnatish,ushbu harajatlarni mol-mulkka zarar yetkazmagan xolda ajratib olish mumkin bo‘lmagan hollarda, harajatlarni qiymatini to‘lashni, ijara to‘lovi yoki zimmasidagi boshqa to‘lovlar hisobiga o‘tkazishni, ijara to‘lovi qiymatini kamaytirishni talab qilmaslik sharti bilan;


5.4. Ijarachining majburiyatlari:
Shartnomaga asosan ijara to‘lovini, shuningdek shartnomaning 2.1.1, 2.1.2 va 3.1 bandlarida ko`rsatilgan tulovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishi;
Topshirish-qabul qilish dalolatnomasini taqdim etilgan kundan kechiktirmay imzolashi;
Xona va asosiy vositalardan o‘z vazifasiga muvofiq, belgilangan tartibda foydalanishi hamda shartnomada ko‘rsatilmagan maqsadlarda foydalanmaslik; Xona va asosiy vositalarga Ijarachining aybi bilan zarar yetkazilsa, uni 10 kun ichida qoplash;
Xona va asosiy vositalarni ozoda va soz holda saqlash hamda yong‘in va texnika xavfsizligi hamda sanitariya qoida va normalariga amal qilish;
Xona va asosiy vositalarni faqatgina ijaraga beruvchining roziligi bilangina jihozlash va o‘zgartirish;
Ijaraga olingan xona va asosiy vositalarni garovga, shuningdek, uchinchi shaxslarga har qanday shaklda egalik qilish va foydalanish uchun bermaslik;
Binoga kirish-chiqish hamda xonalar va asosiy vositalardan foydalanishning o‘rnatilgan tartibiga rioya qilish va bu bilan bog‘liq holda ijaraga beruvchi xodimining talablarini bajarish;
Xona va asosiy vositalardan kunlik foydalanish vaqti tugagandan so‘ng, shuningdek kunlik foydalanish vaqti davomida xonani tark etishdan oldin ijaraga olingan xonadagi elektr energiyaga ulangan barcha yoritgich, konditsioner, kompyuter va boshqa qurilmalarni o‘chirishi hamda deraza va eshiklarni berkitib, qulflab ketish;
O‘zining, xodimlarining yoki o‘z qabuliga kelgan fuqarolarning aybi bilan ijara ob'ektlari hisoblangan xona va asosiy vositalarda buzilish, nosozliklar, avariya, yong‘in yuzaga kelganida, o‘z hisobidan ijara ob'ektlarini ijaraga topshirilishidan oldingi holatiga muvofiq ta'mirlash yoki yetkazilgan zararni to‘lash;
O‘z xodimlarini binoning xavfsizlik xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazish;
Ijara davrida, shuningdek ijara shartnomasini amal qilish muddati tugaganidan so‘ng ham o‘z majburiyatlarini to‘la bajarguniga qadar, tashkiliy tuzilishdagi tashkilot rahbari almashishi, bankdagi asosiy hisob raqami o‘zgargani, tashkilot faoliyati to‘xtagani yoki tugatilgani haqidagi o‘zgarishlar haqida keyingi ish kunidan kechiktirmay ijaraga beruvchiga xabar berishi;
Ijara ob'ektidan foydalanish holatini tekshirish uchun mas'ul bo‘lgan ijaraga beruvchining xodimini xonalar va asosiy vositalar holatini ko‘zdan kechirishiga to‘sqinlik qilmasligi;
O‘z qabuliga keladigan fuqarolar tomonidan bino va ularning jixozlariga zarar yetkazilishining oldini olishi lozim.



Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling