13/26
(Jum`aning niyatlari oxirida aytilgan “ehtiyoti peshin” yoki “oxiri peshin” hamda “vaqt
sunnati” deb ataladigan namozlar hozirgi odatimizda o`qilmaydi.).
«Ramazon hayiti» namozining niyati:
«Niyat qildim barcha takbirlari bilan ushbu vaqtda vojib bo`lgan ikki rak`at
iydi fitr
namozini Ka`ba tarafga qarab o`qimakni. Iqtido qildim ushbu imomga. Xolisan lillohi taolo,
Allohu Akbar!».
«Qurbon hayiti» namozining niyati:
«Niyat qildim barcha takbirlari bilan ushbu vaqtda vojib bo`lgan ikki rak`at iydi qurbon
namozini Ka`ba tarafga qarab o`qimakni. Iqtido qildim ushbu imomga. Xolisan lillohi taolo,
Allohu Akbar!».
«Janoza» namozining niyati:
«Niyat qildim to`rt takbirlik janoza namozini Ka`ba tarafga qarab o`qimakni.
Alloh taologa
hamd, Payg`ambarimizga salovot aytib, savobini ushbu o`likka bag`ishladim. Iqtido qildim
ushbu imomga. Xolisan lillohi taolo, Allohu Akbar!».
Do'stlaringiz bilan baham: