«Иймон» рисоласи ahlisunna uz/iymon-risolasi/ Рисолани pdf форматда юклаб олиш Lotin alifbosida «Iymon» risolasi


Download 391.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana25.04.2023
Hajmi391.97 Kb.
#1398192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ahlisunna.uz-Иймон рисоласи

Savol. «Iymoni mujmal» qaysi?
Javob. «Iymoni mujmal», ya`ni qisqacha iymon keltiriladigan gap mana bu: «Amantu
billahi kama huva bi-asmaihi va sifatihi va qabiltu jami`a ahkomihi!».
Savol. «Iymoni mujmal»ning ma`nosi nima?
Javob. Uning ma`nosi quyidagicha: «Iymon keltirdim, ya`ni ishondim Alloh taologa va
uning hamma ismlariga va hamma sifatlariga hamda qabul qildim barcha buyurgan
ishlarini!».
Savol. «Iymoni mufassal» qaysi?
Javob. «Iymoni mufassal», ya`ni batafsil bayon etilgan iymon kalimasi quyidagicha:
«Amantu billahi, va malaikatihi, va kutubihi, va rusulihi, val-yavmil-oxiri, val-qadari
xoyrihi va sharrihi min Allohi taolo val-ba`si ba`dal-mavti!».
Savol. «Iymoni mufassal»ning ma`nosi nima?
Javob. Uning ma`nosi quyidagicha: «Iymon keltirdim – ishondim Alloh taologa, Uning
farishtalariga, hamma payg`ambarlariga, hamma kitoblariga, qiyomat kuniga, har bir
yaxshi va yomon ishlar Uning iroda va taqdiri ila bo`lmog`iga va hamma o`lganlarni
ikkinchi tiriltirmog`iga».
Savol. Iymonni arabcha ta`rifi qaysi?
Javob. Ushbudir: «al-Iymonu iqrorun bi-l-lisoni va tasdiqun bi-l-qalbi bima joa min bihi min
indillohi. Muhammadun Rasululloh!».
Savol. Iymonning o`zbekcha ta`rifi qanday?
Javob. Ma`nosi budir: «Iymon – Alloh taolodan keltirilgan har ishga iqror qilmoq til bilan
va ishonmoq dil bilandir. Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomdir».
Savol. Iymonni necha farzi bor?
Javob. Iymonda yetti farz bor.


3/26
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) G`aybga iymon keltirmoq; 2) G`ayb ilmini Alloh taologa xos
deb bilmoq; 3) Jannat bilan do`zaxni ko`rmay iymon keltirmoq; 4) Halol narsalarni halol
deb bilmoq; 5) Harom narsalarni harom deb bilmoq; 6) Xudoy taoloning azobidan
qo`rqmoq; 7) Allohning rahmatidan umid tutmoq.

Download 391.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling