«Иймон» рисоласи ahlisunna uz/iymon-risolasi/ Рисолани pdf форматда юклаб олиш Lotin alifbosida «Iymon» risolasi


Download 391.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana25.04.2023
Hajmi391.97 Kb.
#1398192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
ahlisunna.uz-Иймон рисоласи

Savol. Hajning farzlari nechta?
Javob. Hajning farzlari uchdir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Ehrom bog`lash yeriga yetganda ehrom bog`lamoq; 2) Arafa
kuni Arafot tog`ida hozir bo`lmoq; 3) Baytullohni sharoitlari bilan ziyorat qilmoqdir.
DINIY KALIMALAR BAYoNI
«Kalimai toyyiba» budir:
«La ilaha illalloh. Muhammadun Rasululloh!» – «Allohdan o`zga iloh yo`q. Muhammad
Allohning payg`ambaridir!».
«Kalimai shahodat» budir:
«Ashhadu an la ilaha illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!» –
«Allohdan o`zga iloh yo`qligiga guvohlik beraman! Yana Muhammad alayhissalom Uning
bandasi va rasuli ekaniga ham guvohlik beraman!».
«Kalimai tavhid» budir:
«La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu. Lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu yuhyiy va
yumitu. Va huva hayyun lo yamut. Bi-yadihi-l-xayru va huva `ala kulli shay`in qodiyr!» –
«Yolg`iz Allohdan o`zga iloh yo`q, uning sherigi yo`q. Mulk Unikidir, Hamdu sano Ungadir.
U tiriltiradi, U o`ldiradi. U doim tirikdir, o`lmaydi. Uning «yad»i qudratida yaxshilikdir. U har
narsaga qodir Zotdir!».
«Kalimai tamjid» budir:
«Subhonalloh! Va-l-Hamdulilloh! Va la ilaha illalloh! Va Allohu akbar! La havla va la
quvvata illa billahi-l-`aliyyi-l-`aziym. Ma shoallohu kaana va ma lam yasha` lam yakun!» –
«Alloh pok-munazzahdir! Hamdu sano Alloh uchundir! Allohdan o`zga iloh yo`qdir! Alloh


9/26
eng ulug`dir! Aylantirish va quvvat yo`q, faqat ulug`, oliy Alloh bilandir! Alloh xohlagan
narsa bo`ladi, xohlamagan narsa bo`lmaydi!».
«Kalimai istig`for» budir:
«Astag`firulloh! Astag`firulloh! Astag`firulloha taolo min kulli zanbin aznabtuhu `amdan av
xatoan sirron av `alaniyatan sog`iran av kabiron va atubu ilayhi min az-zanbillaziy a`lamu
va min az-zanbillaziy la a`lamu. Innaka anta `allomu-l-g`uyub!» – «Allohga istig`for
aytaman! Allohga istig`for aytaman! Alloh taologa har bir gunohdan istig`for aytaman!
Qasddan yoki xatodan, yashirin yoki oshkora, kichik yoki katta gunoh qilgan bo`lsam.
Unga tavba qilaman, bilgan gunohlarimdan va bilmagan gunohlarimdan. Albatta sen
g`ayblarni ko`p bilguvchisan!».

Download 391.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling