«Иймон» рисоласи ahlisunna uz/iymon-risolasi/ Рисолани pdf форматда юклаб олиш Lotin alifbosida «Iymon» risolasi


Javob. Iymonning ulug`ligi Alloh taoloni ko`p yod qilmoqdir. Savol. Iymonning po`sti nima?


Download 391.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana25.04.2023
Hajmi391.97 Kb.
#1398192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ahlisunna.uz-Иймон рисоласи

Javob. Iymonning ulug`ligi Alloh taoloni ko`p yod qilmoqdir.
Savol. Iymonning po`sti nima?
Javob. Iymonning po`sti sharm – uyalmoqdir.
Savol. Iymonning mevasi nima?
Javob. Iymonning mevasi ro`za tutmoqdir.
Savol. Iymonning tuxmi nima?
Javob. Iymonning tuxmi shariat ilmlarini o`qib-o`rganishdir.
Savol. Iymonning tomiri nima?
Javob. Iymonning tomiri har bir ahkomi sharitani ixlos bilan qilmoqdir.
Savol. Iymon Xoliqning nomiga qilinadimi yoki maxluq (yaralmish)ning nomiga
qilinadimi?
Javob. Iymon keltirmoq Xoliq va maxluq (yaralmish)ning nomiga qilinadi.
Javob.'>Savol. Qanday qilib bo`linadi?
Javob. «La ilaha illalloh» deyish Xoliqning nomiga qilinadi. «Muhammadun Rasululloh»
maxluq (yaralmish)ning nomiga qilinadi.
Savol. Iymonning chirog`i nima?
Javob. Iymonning chirog`i halol yemoq va harom narsalardan qochmoqdir.
Savol. Iymonning qo`rg`oni nima?
Javob. Iymonning qo`rg`oni beshdir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Odob-axloq; 2) Mustahab; 3) Sunnat; 4) Vojib; 5) Farz.


6/26
Savol. Betasdiq ma`rifat iymon hisoblanadimi?
Javob. Betasdiq ma`rifat, ya`ni bilib turib ko`ngli bilan ishonmaslik iymon emasdir.
Savol. Bu qanday bo`ladi?
Javob. Zero, Iblisda bilmoq bor, tasdiq yo`q edi. Shuning uchun beiymon kofir bo`ldi.
Savol. Betasdiq iqror iymon hisoblanadimi?
Javob. Betasdiq iqror, ya`ni bilib turib iqror qilmaslik iymon emasdir. Bunga barcha
ulamolar ittifoq qilganlar.
Savol. Iqrorsiz tasdiq iymon hisoblanadimi?
Javob. Iqrorsiz tasdiq ham iymon emasdir. Imomi A`zam rahimahulloh shu fikrda
bo`lganlar. Biroq, Imom Moturidiy rahimahulloh buning iymon hisoblanishiga fatvo
berganlar.

Download 391.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling