«Иймон» рисоласи ahlisunna uz/iymon-risolasi/ Рисолани pdf форматда юклаб олиш Lotin alifbosida «Iymon» risolasi


Download 391.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/26
Sana25.04.2023
Hajmi391.97 Kb.
#1398192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
ahlisunna.uz-Иймон рисоласи

Savol. Namozda necha farz bor?
Javob. Namozda ixtilofsiz o`n ikki farz bor.
Savol. Bu farzlar necha qismdir?
Javob. Bu farzlar ikki qismdir. Namozning tashqarisidagi farzlar va ichkarisidagi farzlar.
Savol. Birinchi qismi qaysi?
Javob. Namozning tashindagi – tashqarisidagi farzlar bo`lib, ularni «farzi xorijiya» deb
ataladi.
Savol. «Farzi xorijiy», ya`ni namoz tashqarisidagi farzlar qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Pok suv bilan tahorat qilmoq; 2) Pok joyda namoz o`qimoq; 3)
toza libos bilan namoz o`qimoq; 4) Har namozni o`z vaqtida o`qimoq; 5) Har bir
qo`iladigan namozni dilda niyat qilmoq; 6) Har namozni qibla tarafiga qarab o`qimoqdir.
Savol. Namozning ichkarisidagi farzlar nechta?
Javob. Namozning ichkarisidagi farzlar «farzi doxiliya» deb ataladi. Ular ham oltitadir.
Savol. «Farzi doxiliy», ya`ni namoz ichkarisidagi farzlar qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) «Takbiri tahrima», ya`ni «Allohu akbar» deb takbir aytib
namozga kirmoq; 2) «Qiyom», ya`ni rost-tik turmoq; 3) «Qiroat», ya`ni «Qur`on»dan bir
oyat uzun yoki uch oyat qisqa o`qimoq; 4) «Ruku`», ya`ni xam bo`lib egilmoq; 5) «Sujud»,
ya`ni boshini – peshonasini yerga qo`ymoq; 6) «Qa`dai axira», ya`ni namoz oxirida
«Attahiyyot» o`qimoq miqdoricha o`tirmoqdir.
Savol. Ro`zaning farzlari nechta?
Javob. Ro`zaning farzlari uchdir.


8/26
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilar: 1) Ro`za tutmoq uchun niyat qilmoq; 2) O`zini subhi sodiqdan
kun botguncha yemoq-ichmoqdan saqlamoq; 3) Ushbu vaqt ichida o`zini jimo` qilmoq –
jinsiy yaqinlikdan saqlamoqdir.
Savol. Zakotning farzlari nechta?
Javob. Zakotning farzlari ikkitadir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Zakotni beradigan yoki ayiradigan – ajratib qo`yadigan vaqtda
niyat qilmoq; 2) Zakotni o`z masriflariga – sarf qiladigan o`z joylariga bermoqdir.

Download 391.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling