«Иймон» рисоласи ahlisunna uz/iymon-risolasi/ Рисолани pdf форматда юклаб олиш Lotin alifbosida «Iymon» risolasi


Savol. Iymon ziyoda va kam bo`ladimi?


Download 391.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana25.04.2023
Hajmi391.97 Kb.
#1398192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ahlisunna.uz-Иймон рисоласи

Savol. Iymon ziyoda va kam bo`ladimi?
Javob. Iymon ismda ziyoda va kam bo`lmaydi. Biroq, amalda ziyodalik va kamlik bo`lur.
Chunonchi, otning ozg`inini ham, semizini ham ot deyiladi. Lekin, uning bajaradigan
ishiga qarab farqlanadi. Vallohu a`lam!
Savol. Islomning arabcha ta`rifi nima?
Javob. Uning arabcha ta`rifi quyidagicha: «al-Islomu huva al-inqiyodu bi-amrillohi va-l-
ijtinobu `ani-n-navohiy».
Savol. Islomning o`zbekcha ta`rifi nima?
Javob. Uning ma`nosi quyidagicha: «Islom bo`ysinmoq Alloh taoloning amrlariga va uzoq
bo`lmoq qaytargan ishlaridan».
Savol. Islomda necha vojib bor?
Javob. Islomda yetti vojib bor.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Vitr namozini o`qimoq; 2) Fitr sadaqasi bermoq; 3) Qurbonlik
qilmoq; 4) Ikki hayit namozlarini o`qimoq; 5) Haj va umra qilmoq; 6) Har farzandga ota-
onalarining xizmatlarini bajo keltirmoq; 7) O`z qavm-qarindoshlariga yaxshilik qilmoqdir.
Savol. Islomda necha farz bor?
Javob. Ular quyidagilar: 1) «Kalimai shahodat» aytmoq, ya`ni «Ashhadu an lo iloha
illalloh, va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu!» demoq; 2) Har kuni besh
vaqt namoz o`qimoq; 3) Har yilda bir oy ramazon ro`zasini tutmoq; 4) Moli nisobga yetgan


7/26
odam har yili molidan zakot bermoq; 5) Kudrati yetgan odam hamma shartlari mavjud
bo`lganda, umrida bir martaba Makkai mukarramaga borib haj qilmoqdir.
Savol. Necha narsaga iymon keltirmoq farz?
Javob. Yetti narsaga iymon keltirmoq farz bo`ladi.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular quyidagilardir: 1) Alloh taoloning bor va birligiga, hamma sifatlariga iymon
keltirmoq va chin ko`ngil bilan ishonmoq; 2) Alloh taoloning hamma farishtalariga iymon
keltirmoq; 3) Alloh taoloning barcha kitoblariga iymon keltirmoq; 4) Alloh taoloning hamma
payg`ambarlariga iymon keltirmoq; 5) Qiyomat kuniga iymon keltirmoq; 6) Alloh taoloning
har bir qilgan taqdiriga iymon keltirmoq; 7) Qiyomat kuni hamma o`lganlarning qayti
tirilmog`iga iymon keltirmoqdir.

Download 391.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling