«Иймон» рисоласи ahlisunna uz/iymon-risolasi/ Рисолани pdf форматда юклаб олиш Lotin alifbosida «Iymon» risolasi


Download 391.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana25.04.2023
Hajmi391.97 Kb.
#1398192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ahlisunna.uz-Иймон рисоласи

Savol. Iymonda necha vojib bor?
Javob. Iymonda o`n ikki vojib bor.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Ulamolar bilan suhbat tutmoq; 2) Gunohi ko`p odamlardan
o`zni uzoq tutmoq; 3) Tashnalarga suv bermoq; 4) Bemorlarning hollarini so`ramoq; 5)
Yetimlarning boshlarini marhamat qo`li bilan silamoq; 6) Yetimlarga shafqat qilmoq; 7)
Ayolmand bechoralarga muruvvat qilmoq; 8) O`liklarni ko`mishmoq; 9) Ikki urishgan
odamni yarashtirmoq; 10) Yo`l ustidagi zararli toshlar kabi narsalarni bir chetga olib
qo`ymoq; 11) Yo`l ustidagi najosatlarni ustini yopib qo`ymoq; 12) O`z farzand va
xotinlariga shariat ilmini o`rgatmoq.
Savol. Iymonni amallari necha?
Javob. Iymonning amallari beshtadir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Hech kimsaning qonini nohaq to`kmaslik; 2) Hech kishini
molini zo`rlik bilan olmaslik; 3) Hech kimsaning aybini oshkora qilmaslik; 4) Hech kimsani
yomonlikka nisbat qilmaslik; 5) Iymonni amali shuki, mo«minlarni jannatga doxil qilgay.
Savol. Iymonni baqosi (doim qolishi) necha narsa bilan bo`ladi?
Javob. Iymonni baqosi (hamisha barqaror bo`lishi) uch narsa bilandir.
Savol. Ular qaysilar?
Javob. Ular ushbulardir: 1) Iymonlik bo`lganiga shod bo`lmoq; 2) Iymonni zavolidan
qo`rqmoq; 3) Iymonni buzadigan narsalardan qochmoq.
Savol. Iymonni dunyodagi foydasi nima?
Javob. Iymonning dunyodagi foydasi ushbudir: iymonlik odamni shariat hukmi bilan moli
va joni omonda bo`ladi. Agar biror kimsani nohaq o`ldirsa, o`ldirguvchini o`ldirilgay. Agar
zino qilsa, toshbo`ron qilingay. Mana shu iymonning dunyodagi foydalaridan ayrimlari.
Savol. Iymonni oxiratdagi foydasi nima?


4/26
Javob. Iymonning oxiratdagi foydasi ushbudir: iymonli kimsa do`zax otashidan ozod
bo`lgay; jannatga kirgay; Alloh taoloning diydoriga musharraf bo`lgay. Mana shu
iymonning oxiratdagi foydalaridan ayrimlari.

Download 391.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling