4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat olib borish, umumiy muvofiqlashtiruv, tezkor ko‘rib chiqish va respublikada turizmni rivojlantirish bo‘yicha muammoli masalalarni hal etish Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bobning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Konsepsiyani samarali amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Konsepsiyaning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga
ILOVA
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli
ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |