Ijodkor shaxsni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari


Download 235.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi235.63 Kb.
#1302635
  1   2   3
Bog'liq
ijodkor-shaxsni-rivojlantirishning-pedagogik-psixologik-xususiyatlari



Ijodkor shaxsni rivojlantirishning pedagogik-psixologik 
xususiyatlari 
 
Maftuna To’lqun qizi Yulchiyeva 
Toshkent davlat pedagogika universiteti
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada Texnologiya darslarida o’quvchilarda 
ijodkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari 
haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, o’quvchilarning texnologik 
madaniyatini shakillantirish bo’yicha batafsil ma’lumotlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: Texnologik ta’lim, pedagogik-psixologik xususiyatlar, ta’lim 
tizimi, metodika, ko’nikma, ijodkorlik. 
Pedagogical and psychological features of creative personal 
development 
 
Maftuna Tolgun qizi Yulchiyeva 
Tashkent State Pedagogical University 
 
Abstract: This article discusses the pedagogical and psychological features of 
the development of creative skills in students in technology classes. It also provides 
detailed information on how to shape the technological culture of students. 
Keywords: Technological education, pedagogical and psychological features, 
education system, methodology, skills, creativity. 
Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari maktabda texnologiya fanini 
o’rganishda turli xil chizmalar (texnologik karta, detallarning yaqqol tasvirlari,...) 
kabi murakkab bolmagan Chizmalarni bajarishlariga togri keladi. Keyinchalik texnik 
ijodkorlik mashg’ulotlarida dars mavzusiga bog’liq holda ancha murakkab bo’lgan 
chizmalar - model va maketlar, loyihalash elementlari bilan bog’liq Chizmalar bilan 
ham ish korishlariga togri keladi. Keyinchalik ularning grafik madaniyatining 
shakllanganlik darajasi, Chizmalarni savodli va standart talablariga amal qilgan holda 
bajarishlari kabi ko’plagan omillar bevosita ushbu bo’limlarga oid chizmalarni 
bajarishni qanday o’zlashtirganliklariga bog’liq. Texnologiya fanining o’ziga xos 
xususiyatlaridan biri, bu umumtalim maktablaridagi o’quvchilarning ijodkorlik 
qobiliyatlarini shakllantirib, rivojlantirish imkoniga ega bo’lgan kam sonli fanlardan 
biridir. Maktab o’quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantrish talim 
jarayonining ajralmas qismlaridan hisoblanadi. Bu jarayon faqatgina sinflardagi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1166


mashg’ulotlari bilan chegaralanib qolmasdan, o’quvchilarning sinfdan tashqari 
faoliyatlarini ham qamrab oladi.
O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari. 
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg’a 
xarakatlantiruvchi asosiy omil bolib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy 
mehnatga o’rgatish, uni o’z zamonasining eng ilg’or bilimlari bilan qurollantirish 
barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik 
ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o’zaro bogliq vazifani e’tiborga olish lozim. 
Ularning birinchisi, o’quvchilarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini 
rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o’zlashtirilgan bilimlarni talimda va amaliy 
faoliyatda mustaqil qollay olishga o’rgatish bilan belgilanadi.
Texnik ijodkorlik o’quvchilar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va 
mukammalligini taminlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini 
shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi 
hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo’lajak texnologiya va kasb talimi o’qituvchilarining 
fan asoslarini o’zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda 
oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ijodkorlikka bo’lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta 
bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli 
bolib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish 
bosqichi bolgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning malum 
buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng 
murakkab bosqich bolgan qiziqish, xohish va u bilan bog’liq bolgan tushunchalar 
asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi tasirlar, shaxs faoliyati hamda talim-
tarbiya jarayoni tasirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, 
idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli tasir korsatib, 
shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 235.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling