Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi


Download 0.72 Mb.
bet1/22
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1582874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
AAA



KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi.Mamlakatimizda Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo’lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash ,kasbiy mahoratini oshirish,yetakchi Xorijiy oliy ta’lim muassasalari kadrlari bilan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bugungi kun talabidir.O’zbekiston respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish zamonaviy fikrlaydigan, yuksak ma’naviy-axloq ,texnika va texnalogiyadan xabardor , yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoninisifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish,Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarori “ Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida’’gi qarori kabilardan tushinishimiz mumkinki ta’lim sohasiga kata e’tibor berilayotgani fikrimiz dalilidir.Bu qarorlar yosh kadrlarni kasbiy bilimini, pedagogic qobiliyatlar,ijodiy qobiliyatlari,ilmiy salohiyatini oshirish,kelgusi yosh avlodni mahoratli yetuk mutaxassis bo’lib yetishishi uchun amalga oshirilayotgan jarayonlardir.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim jarayonini mediatexnologiyalar asosida tashkil etish, kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu jihatdan kasbiy muammolar, ilmiy farazlarni tekshirish, kasbiy muammolarni aniqlash, mustaqil fikrlash ta’lim strategiyalarini belgilash, kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni uzluksiz yangilash va rivojlantirish mexanizmlarini yaratish, differensial yondashuvni tashkil qilish, talabalar jamoasida hamkorlikni shakllantirishning kooperativ, o‘quv-munozarali va mediatsiya (xolis xizmat muhiti ustuvor) ta’limini shakllantirish, e-learning va m-learning texnologiyalari asosida korporativ o‘qitishni tashkil qilish va korporativ ma’lumotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги, 2019 йил 8 октябрдаги ПФ-5847-сон “Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги фармонлари, 2017 йил 20 апрелдаги ПҚ-2909-сон “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги, 2017 йил 13 сентябрдаги ПҚ-3271-сон “Китоб маҳсулотларини чоп этиш ва тарқатиш тизимини такомиллаштириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғибот қилиш бўйича комиссия тузиш тўғрисида”ги, 2018 йил 5 июндаги ПҚ-3775-сон “Олий таълим муассасаларида таълим сифатини ошириш ва уларнинг мамлакатда амалга оширилаётган кенг қамровли ислоҳотларда фаол иштирокини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарорлари ҳамда мазкур фаолиятга тегишли бошқа меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларда белгиланган вазифаларни амалга оширишда ушбу диссертация тадқиқоти муайян даражада хизмат қилади. [4, 8, 5, 6, 7].

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling