Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Kasbiy kompetensiyani shakllantirish strategiyalari va kreativ yo‘l xaritasi
Download 0.72 Mb.
|
AAA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreativ yo‘l xaritasida bajariladigan harakatlar
Kasbiy kompetensiyani shakllantirish strategiyalari va kreativ yo‘l xaritasi
Akmeologiyaning predmetida shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal yetuklikka ega bo‘lishi lozim degan konsepsiya yuzaga kelgan. Maksimal yetuklik shaxs rivojining yuqori cho‘qqisi va individual faoliyat bilan bog‘liq ekan, demak ana shu cho‘qqi yunonchada “akme” deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi. Akmeologiya izchillik, ya’ni mukammallik cho‘qqisiga intilish, bu – inson hayotining ajralmas xususiyati bo‘lib, bu ibora orqali shaxsiy, kasbiy rivojlanish va o‘zini-o‘zi takomillashtirishga moyillik anglanadi. B.G.Ananevning fikricha, akmeologiyaning ilmiy asosi, insonning rivojlanishida individ, shaxs, individuallik va sub’yektning hayot faoliyati haqidagi fanlar integratsiyasidan tashkil topgan. Akmeologiya predmeti – odamning ijodiy salohiyati bo‘lib, u inson tomonidan o‘ziga inoyat etilgan barcha imkoniyatlar va iqtidorni qanday qilib, qanday shart-sharoitlarda, qaysi qonuniyatlar ta’sirida ruyobga chiqarishini kompleks tarzda o‘rganadi2. Akmeologik modelning mazmunini muhokama qilishdan oldin modellar va modellashtirish muammosi bo‘yicha bir qator asosli mulohazalar yuritish lozim. Fanda model – asl ob’yektning ayrim muhim xossalarini qayta ishlab chiquvchi ob’yektlar yoki belgilar tizimidir. Model – bevosita o‘rganish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan boshqa hodisaga o‘xshash sun’iy yaratilgan hodisa (ob’yekt, jarayon, vaziyat). Ushbu o‘xshashlik modelni asl ob’yektning vakili sifatida ishlatish imkonini beradi. Barcha hollarda modellar asl ob’yektning analoglari sifatida ishlaydi, ular unga o‘xshash, ammo unga o‘xshash emas. Modelning asl ob’yektga mos kelishi darajasi modelni yaratish uchun ishlatiladigan nazariyaning to‘liqligi va haqiqatining muhim ko‘rsatkichidir. Modelni ishlab chiqish va modellashtirish – har qanday hodisalarni o‘rganishning umumiy ilmiy usuli bo‘lib, maxsus ob’yektlar-modellar (real yoki ramziy) va boshqa ob’yektlar-originallar yoki prototiplarni shakllantirish va o‘rganishdan iborat. Akmeologik modelda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, ish beruvchi tashkilotlar, bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan zamonaviy talablari asosida talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadi belgilandi. Talabalar kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik jarayoni yondashuvlar (komponentli, akmeologik, faoliyatli), omillar (kompetentlilik yo‘nalganlik tipi, qobiliyat darajasi) hamda tamoyillar (insonparvarlik, fundamentallik, idrok qilish, natijalarda yaxlitlik) asosida loyihalashtirildi. Kasbiy-ijodiy qobiliyatlar tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi bosqichlarda rivojlantirildi. Talabalarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalaridan Smart, Case-study, O’quv loyiha, o‘yin texnologiyasidan foydalanildi. Reproduktiv, produktiv, kreativ kabi rivojlantirish mezonlari orqali kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi aniqlandi. Natijada kasbiy-ijodiy qobiliyatlarga ega kompetentli shaxs shakllanishi rejalashtirildi. Kreativ pedagogik texnologiyalarni joriy etishda hamkorlik va hamjihatlik; avtodidaktikaning ustuvorligi; rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillarga rioya etiladi. Taklif etilayotgan texnologiyani ikki yo‘nalishdagi yondashuv asosida joriy qilish mumkin: Amaliy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Bunday yondashuv doirasida ta’lim oluvchilar kasbiy ijodkorligini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ pedagogik texnologiyalari yangi amaliy-tadbiqiy ma’lumotlarni yig‘ish bilan tavsiflanadi. Nazariy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Ushbu yondashuvda asosiy e’tibor ta’lim oluvchilar kasbiy ijodkorligi yangi nazariy bilimlarni hamda bilim sohalarini qidirishga qaratiladi. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini bu tahlilda amalga oshirish ta’lim oluvchilarni kasb-hunar olami to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘stirishga, o‘z izlanishlarini to‘g‘ri tanlash bilan tavsiflanadi [167; 146-b.]. Kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining dinamikasini ifodalovchi bosqichlar quyidagicha ekanligiga ishonch hosil qildik: 1) o‘qituvchi vaziyatida tasdiqlanish bosqichi; 2) bo‘lajak o‘qituvchi-tarbiyachi shaxsidagi o‘zgarishlarni dasturlash-tirish bosqichi; 3) o‘zgarish bo‘yicha haqiqiy hatti-harakatlar bosqichi (amaliyotda, haqiqiy xatoliklarda shakllantiriladi); 4) nutq va tasavvur bosqichi («agar... bo‘lsa»); 5) mashq qilish bosqichi (ko‘nikmalar, xatti-harakatlar, odatlar, shaxs sifatlarining hosil bo‘lishi). Kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonini tashkil etish vositalari talabalar va o‘qituvchilar faoliyatlarining turli xil komponentlari bilan aloqadordir. Ular qo‘yilgan maqsad bilan, ifodalayotgan jarayonni tashkil etish metodlari, shakllariga bog‘liq va shaxsning rivojlanishiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur vositalar faoliyatning boshqa komponentlari bilan aloqasi kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish jarayonida yuzaga keladi va uning rivojlanishi bilan o‘zgarib boradi. Qobiliyatlarning muayyan darajasi uchun dolzarb hisoblangan vazifalarni hal etish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rta muddatli maqsadlarni belgilash kasbiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining optimalligini ta’minlovchi vositalar majmuini aniqlashtirishga imkon beradi. O‘qituvchi tomonidan ham va o‘z-o‘zini takomillashtiruvchi va o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi talaba tomonidan ham belgilanadigan joriy maqsadlar vositalar to‘plamidan eng samaralisini ajratish va ularning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida qo‘llash imkonini beradi. Shu bilan birga insonning tug‘ma sifat qobiliyatlarini quyidagi rasm asosida ko‘rib chiqish mumkin (2.3-rasmga qarang): Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling