Ijodkor uslubi masalasi
Download 30.17 Kb.
|
8-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
IJODKOR USLUBI MASALASI 1.Badiiy ijod sirlari. 2.Ijodkor falsafiy estetik qarashlari. 3.Ijodda uslubiy rang-baranglik. 4.Qahramon xarakterini yaratish, g‘oyani yoritish mahorati. Kalit so‘zlar: badiiy ijod, ijodkor qarashi, falsafiy-estetik qarash, uslub, uslubiy rang-baranglik, qahramon xarakteri, g‘oya Adabiyotlar: 1.Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – T.: Sharq, 2004. 2.Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. T.: – Sharq, 2007. 3.Hamdamov U. Badiiy tafakkur tadriji. – T.: Yangi asr avlodi, 2002. 4.Haqqulov I. Badiiy ijod iqlimi. – T.: 2010. 5.Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. - T.: 2010. 6.Mirvaliev S. O‘zbek adiblari. - Yozuvchi, 2000. 7.Karimov N. XX asr manzaralari. – T.: 2008. Uslub – gʻoyaviy-estetik xususiyatlar umumlashmasi boʻlib, ijodkorning tasvir usuli demakdir. Uslub – mumtoz adabiyot tadqiqi misolida kam oʻrganilgan nazariy masalalardan biri. Bu balki anʼanaviylikka asoslangan mumtoz Sharq sheʼriyatida syujetlar, obrazlar, ramzlar bir xilligi ijodkorning uslubiy individualligini maʼlum darajada cheklaydi, degan qarashlar tufayli boʻlsa kerak. Adabiyotshunoslikda uslubga doir berilgan taʼriflarni qisqacharoq qilib aytadigan boʻlsak, metod – ijodkor asarlarida namoyon boʻlgan xususiyatlarning umumiy koʻrinishi boʻlsa, uslub – ijodkor asarlarida koʻringan uning individualligi, oʻziga xosligidir. Boshqacha aytganda, metod – umumiylikka, uslub – xususiylikka tayanadi. “Uslub, – deb yozadi adabiyotshunos olim Abduqodir Hayitmetov oʻzining “Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan” nomli tadqiqotida, – ijodiy metodning konkret va xilma-xil koʻrinishi boʻlib, davr va hayot xarakteri bilan yaqindan bogʻlanadi, uning xususiyatlarini yozuvchining shaxsiy temperamenti, hayot tajribasi, milliy xususiyatlari, biror adabiy yoʻnalishga xos tamoyili va hokazolar orqali aks ettiradi”. Abduqodir Hayitmetovning “Navoiyning ijodiy metodi masalalari”, “Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan” kabi tadqiqotlari keyinchalik uni uslubiy koʻrinishlar masalasida kuzatishlar olib borishga undadi. Ana shu ilmiy kuzatishlarning natijasi oʻlaroq, adabiyotshunos olimning mumtoz adabiyot asarlari tahlili misolida ilk bor uslub masalasini tekshirishga bagʻishlangan ilmiy maqolalari yuzaga keldi. “Alisher Navoiyning badiiy poetik uslubi yuzasidan mulohazalar”, “Ulugʻ shoir poetik uslubiga doir”, “Turkiston va Xuroson uslublari”, “Oʻzbek adabiyotida xalqchillik va xalqchil uslub haqida”, “Oʻzbek adabiyotida xalqchillik tendensiyasi”, “Sehrli nazm” kabi maqolalar shular jumlasidandir. Abduqodir Hayitmetov talqinida uslub ikki maʼnoda qoʻllanilgan: birinchisi – individual uslub, ikkinchisi – uslubiy oqim. Olimning “Ulugʻ shoir poetik uslubiga doir” maqolasi 1974 yilda yozilgan. Umumiy mulohazalar tarzida bayon etilgan maqola Navoiy sheʼriyatining oʻrganilishi zarur boʻlgan yana bir qirrasiga eʼtiborni jalb etadi. “Bu masalani nisbatan kechikib oʻrganilayotganligining oʻz sabablari mavjud, – deb yozadi adabiyotshunos olim. – Chunki, adabiyotshunoslik tajribasi shuni koʻrsatadiki, u yoki bu ijodkorning uslubi masalasi odatda ijodining umumiy koʻlami maʼlum boʻlgandan keyingina yaxshiroq oʻrganiladi”. Abduqodir Hayitmetov mazkur maqolasida uslub masalasining nazariy asoslarini toʻgʻri talqin etgan boʻlsa-da, uning Navoiy poetik uslubiga doir mulohazalari baʼzi eʼtirozlarni tugʻdiradi. Masalan, olim bu xususda shunday deb yozadi: “U (Navoiy nazarda tutilmoqda – Z. Q.) favqulodda bir sheʼriy talantga ega boʻlish bilan birga, nihoyatda, chuqur bilimga, boy hayotiy tajribaga, atrofida yuz bergan voqea-hodisalarni olimlarcha sinchiklab kuzatib, bu haqda faylasuflarcha teran mulohaza yuritish qobiliyatiga ega edi. Uning bu shaxsiy xususiyatlari sheʼrlarida ham, dostonlarida ham, nasriy asarlarida ham har doim oʻz ifodasini topgan. Bularning hammasi jam boʻlib, uning oʻziga xos sheʼriy va nasriy uslublarini belgilab bergan”. Navoiy uslubiga doir bildirilgan bu umumiy mulohazalarni Navoiy ulugʻlagan va aziz bilgan qaysi bir Sharq shoiriga nisbatan ishlatmaslik mumkin. Shuningdek, olimning quyidagi: “… Umuman, Navoiy lirikasidagi tasviriy uslubning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, shoirning ishqiy-anʼanaviy misra va baytlari deyarli har qadamda hayotiy mushohada va mulohazalar, hayotiy kartina va lavhalar bilan yoʻgʻrilgan hamda bezatilgan”, – degan mulohazalarini Hofiz, Saʼdiy, Jomiy ijodiga ham nisbat berish mumkin. Toʻgʻri, realistik adabiyotda masala boshqacharoq hal qilinadi. Chunki, unda mumtoz adabiyot uchun fazilat sanalgan anʼanaviylik realistik asar uchun kamchilik yoki katta qusur sanaladi. Sababi, realistik asardagi uslub – obrazlarning, xarakter-ruhiyatining, muallif va personaj nutqining, syujet va kompozitsiyaning, badiiy tasvir vositalari va boshqa qirralarni originalligi hamda betakrorligidan kelib chiqadi. Nazarimizda, baʼzi oʻrinlarda, Abduqodir Hayitmetov “uslub” atamasini “bayon uslubi” va “pafos” maʼnosida ishlatgan. “Ulugʻ shoir poetik uslubiga doir” maqolasida yana shunday mulohazalar bildiriladi: “Navoiyning epik uslubi lirik asarlari uslubiga nisbatan ham ancha murakkab. Chunki bunda bir dostonning yozilishi, oʻqilishi, uni yozishdan avtor kuzatgan maqsad boshqasinikiga oʻxshamaydi. “Xamsa”dagi “Hayrat ul-abror” falsafiy-didaktik asar boʻlsa, “Farhod va Shirin” ishqiy-romantik doston…”. Olim nazarda tutgan “yozilishi”, “oʻqilishi” – asarning bayon usuliga, “uning yozishdan avtor kuzatgan maqsad” esa gʻoyaga aloqador. Navoiy dostonlari turli xil pafosda yozilgan boʻlsa-da, Navoiyning epik uslubi deganda, turli xilda yozilgan ana shu dostonlar uchun xos boʻlgan xususiylik, yaʼni, shoir individualligi namoyon boʻlishi kerak. Boshqacha aytganda, uslub tekshirilayotganda, bu dostonlarni boshqa ijodkor emas, aynan, Navoiy yaratganligi sezilishi lozim. Albatta, bu masalalarni bir maqola doirasida hal etishning imkoni yoʻq. Shuning uchun Abduqodir Hayitmetovning oʻzi ham maqolasini “umumiy mulohazalar” deya eʼtirof etadi. Olimning ushbu maqolasi navoiyshunoslik zimmasida turgan yana bir muhim masalani kun tartibiga qoʻyganligi bilan ahamiyatlidir. Abduqodir Hayitmetovning “Turkiston va Xuroson uslublari” maqolasi uslubiy oqimlarni oʻrganishda qimmatli va teran mulohazalarga boyligi bilan eʼtiborni tortadi. “Nazarimizda, oʻzbek adabiyoti tarixida bir adabiy til doirasida shartli ravishda ikki uslubiy yoʻnalish boʻlgan, – deb yozadi olim. Bulardan biri XII asrda Ahmad Yassaviy asos solgan va koʻproq Movarounnahr doirasida rivojlangan Turkiston uslubi, ikkinchisi esa Navoiy asoslagan va XV asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan Xuroson uslubidir”. Olimning talqinicha, turkistoniy uslubda jonli xalq tiliga yaqin turishga intilish kuchli boʻlsa, xurosoniy uslubda anʼanaviy mavzularga, obrazlarga keng oʻrin berish jihati hamda ularga forsiy til taʼsirining xususi namoyon boʻladi. Uslublar, uslubiy yoʻnalishlar rang-barangligi va bu masalani adabiyotshunoslik metodologiyasi nuqtai nazaridan ilmiy tekshirish borasida adabiyotshunos Yoqubjon Isʼhoqovning “Navoiy va oʻzbek sheʼriyatida uslublar masalasi” deb nomlangan maqolasi teran kuzatishlarga boyligi bilan eʼtiborni tortadi. Olimning mulohazalariga koʻra, turkiy tildagi poeziya oʻz taraqqiyoti davomida uch asosiy bosqichda yaratilgan. Bular: turkona, klassik va oliy yoki navoiyona bosqichlardir. Bu uslublarning har birining oʻziga xos qator jihatlari boʻlib, keyingi asrlarda har bir uslubning davomchilari boʻlgan. Adabiyotshunos Dilorom Salohiy “Abduqodir Hayitmetovning adabiy uslublar haqidagi qarashlari” maqolasida olimning adabiy uslublar haqidagi qarashlariga munosabat bildirar ekan, “Abduqodir Hayitmetov masalaga oʻzbek adabiyotidagi xalqchillik tamoyili xususiyatlari nuqtai nazaridan yondashdi”, degan xulosaga keladi. Yoqubjon Isʼhoqov Navoiy ayrim shoirlar uslubiga nisbatan bergan “turkona” atamasini turkona uslub vakillari sifatida talqin etsa, Abduqodir Hayitmetov oʻsha atamani “Turkiston uslubi” tushunchasi bilan izohlaydi. Abduqodir Hayitmetovning “Oʻzbek adabiyotida xalqchillik tendensiyasi” maqolasida bildirilgan bu izoh, shu mavzuga oid keyin yozilgan “Adabiy merosimiz ufqlari” nomli maqolasida uchramaydi. Bizningcha, Abduqodir Hayitmetov Yoqubjon Isʼhoqovning “turkona” atamasi munosabati bilan bildirilgan mulohazalarini toʻgʻri hisoblagan boʻlsa kerak. Adabiyotshunos Dilorom Salohiy yuqorida keltirilgan maqolasida Abduqodir Hayitmetovning “Turkiston va Xuroson uslublari” maqolasini tahlilga tortmaydi, shuning uchun boʻlsa kerak, “turkona” atamasini qoʻllashda qaysi olim haq yo nohaqligi toʻgʻrisida qatʼiy fikr bildirmaydi. Abduqodir Hayitmetov “Turkiston uslubi”, “Xuroson uslubi” kabi atamalarni adabiyotshunoslik isteʼmoliga kiritishda Eron olimlarining tajribasiga tayanadi. Muallifning oʻzi “Adabiy merosimiz ufqlari” nomli maqolasida buni shunday izohlaydi: “Eron olimlari fors-tojik adabiyotida Iroq uslubi (“Sabki Iroqiy”), Hind uslubi (“Sabki Hindiy”), Turkiston uslubi (“Sabki Turkistoniy”) kabi uslublar boʻlganini yozadilar”. Abduqodir Hayitmetovning “Sehrli nazm” maqolasida Lutfiyning poetik uslubi xususida fikr yuritiladi. Garchi bu maqolada bir ijodkor uslubi toʻgʻrisida soʻz borsa-da, biroq, unda birgina Lutfiyning emas, umuman, unga yaqin uslubda ijod qilgan shoirlar sheʼriyatining til xususiyatlariga oid kuzatishlari mavjud. “Lutfiy sheʼriyatda sodda va ravon uslubni tanladi. Bu uslub tom maʼnoda goʻzal va yoqimli uslub boʻlib, Lutfiyga shoir sifatida katta shuhrat keltirdi. Uning soʻz boyligi asos-eʼtibori bilan jonli xalq tili hisobiga boyib bordi. Bu bilan u oʻziga zamondosh shoirlar – Atoyi, Sakkokiy, Gadoiylarga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan edi”. Maqolada Lutfiy poetik uslubiga xos belgilar sifatida jumla tuzilishidagi soddalik, tasvirning hayotiyligiga intilish hamda taʼrif-tavsifda hazil-mutoyibaga oʻrin berish kabi individual uslub jihatlari tahlil qilinadi. Abduqodir Hayitmetovning uslub masalasiga doir kuzatishlarida individual uslubdan koʻra, uslubiy oqimlar masalasi katta oʻrin egallaydi. Adabiyotshunos olim “Navoiyning ijodiy metodi masalasi” nomli maqolasida XV asr adabiyotida realistik yoʻnalishdagi badiiy tasvir uslubi, majoziy, yaʼni, allegorik uslub hamda romantik xarakterdagi tasvir uslublari mavjud boʻlganligini taʼkidlaydi. Navoiy bu uslublarning barchasidan birdek foydalanganligini uqtirgan adabiyotshunos olim ulugʻ shoirning realistik asarlarida avtobiografik xususiyatlar, satirik asarlarida hayotiy, real tasvir, umuman, ijodida esa romantik uslub, yaʼni, metod ustunlik qiladi, degan xulosaga keladi. Koʻrinib turibdiki, “uslub” Abduqodir Hayitmetov talqinida baʼzan “metod” maʼnosida ham ishlatilmoqda. Metod va uslub bir-biriga bogʻliq ajralmas tushunchalar, ularni bir-biridan ajratib tekshirish unchalik maʼqul natijani bermaydi. Uslub va metod – xususiylikning umumiylashuviga yoki bir narsaning ikki tomoniga oʻxshash qirralar. Shu bois, bunday kuzatuvlarda doimo bahs-munozara boʻlib turishi tabiiy. Adabiyotshunos olim Abduqodir Hayitmetov birinchilardan boʻlib, mumtoz adabiyotimizdagi ana shu masalaga eʼtibor qaratdi. Bu esa adabiyot tadqiqotchilari zimmasida mumtoz adabiyotda uslublar rang-barangligi masalasini tekshirishdek katta vazifalar turganligini koʻrsatadi. Borliqda bir-biriga aynan o‘xshash biron bir hodisa mavjud emas. Jumladan, odamlar ham qiyofa-ko‘rinishi, fe’l-atvori, qiziqishlari, xatti-harakatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Chunki betakrorlik borliqning bosh xususiyati sanaladi. Kishilaming harakat, faoliyati ham ana shu haqiqatni tasdiqlaydi. Odamlar bo‘y-basti, ovozi, qobiliyati, irodasi kabi jihatlariga ko‘ra bir-biridan aniq ajralib turadi. Hatto bir ota-onaning farzandlari bo‘lgan egizaklar ham bir-biriga aynan o‘xshamaydi. Yozuvi aynan bir xil kishilami topishga urinish ham befoyda. Chunki, har bir odamning o‘ziga xos «xat»i bo‘ladi. Ijodkor uslubini ham ma’lum ma’noda ana shunday «xat» deyish mumkin. Yozuvchi, shoiming «xat»i uning asarlari tilida, qahramonlarining so‘zlash tarzida, voqealaming tanlab olinishi va bayon etilishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham F.Dostoyevskiy romanlari bilan L. Tolstoy yoki A.Chexov asarlari bir-biridan farq qiladi. «Qutlug‘ qon» Oybekning, «0‘g‘ri» va «Bemor» Abdulla Qahhoming qalamiga mansubligi aniq bilinadi. She’riyatdan xabardor o‘quvchilar Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi she’rlarini bemalol «tanishadi». Ijodkorlar asarlarining bunday o‘ziga xos bo‘lishi, avvalo, borliqning betakror yaratilishi bilan bog‘liq bo‘Isa, ikkinchidan, shoir, yozuvchi, dramaturglaming hayotiy tajribasi, tunnushni kuzatishi, bilim darajasi, didi, saviyasi, dunyoqarashiga asoslanadi. Uchinchidan, bu «xat»da shoir, yozuvchining qiziqishi, fe’l-atvori, ichki dunyosi akslanadi. Har bir odam o‘ziga xos olam bo‘lgani singari ijodkorlar ham betakror dunyodir. Ana shu betakror dunyo mavzu tanlashda, hodisalarga yondashishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun «uslub — odamdir» deyiladi. Ijodiy uslub deganda asaming tilinigina nazarda tutmaslik kerak. Til, avvalo, so‘z san’atining asosiy quroli, yagona tasvir vositasi sanaladi. Ana shu vosita, ayni shu chog‘da, ijodkor «xat»ini namoyon etadigan muhim unsurlardan biri ham hisoblanadi. Ijodiy uslubni «bayon tarzi», «fikni ifoda etish mahorati» deb qarash ham uni tor tushunish bo‘ladi. Chunki uslub juda keng tushuncha. U muayyan bir yozuvchi ijodida ham turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Har bir asar ma’lum bir uslubni o‘zida ifoda qiladi. Masalan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni «xat»i uning g‘azallari «xat»idan farq qiladi. Turkiy «Xamsa» muallifi g‘azallaridan Bobur bitgan g‘azallar ham uslub turlichaligi bilan ajralib turadi. Ijodkor uslubi shakllanishiga tashqi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, har bir yozuvchi, shoir boshqa ijodkorlaming asarlaridan nimalamidir o‘qib o‘rganadi, ulami ijodiy o‘zlashtiradi. Bu o‘rganish uning hayot hodisalarini akslantirishi, inson obrazini gavdalantirishiga o‘z ta’sirini ko‘satadi. Uslub - ijodkor xayolotining namoyon bo‘lish tarzi ham sanaladi. Yozuvchi, shoir voqealami, qahramonlami, ular yashaydigan manzil manzaralarini qanday tasawur qilsa, shunday ifodalaydi. Oybek qahramonlari harakatlanadigan joylami jamiki ko‘rinishlari bilan keng bayon etadi. Personajlar qiyofa, holatini batafsil suratlantiradi. Abdulla Qahhor esa qahramonlari turgan joyni ham, ulaming holati, ahvolini ham ixcham, lo‘nda, eng muhim jihatlariga e’tibomi qaratgan holda tasvirlaydi. «San’atkor voqelikdan tanlab olgan unsurlami badiiy til yordamida xayoloti bilan uyg‘unlashtiruvchi va u yaratgan badiiy dunyoning tugal bo‘lishini ta’minlovchi vosita - uslub deb ataladi» deydi Nobel mukofoti sovrindori, fransuz adibi Alber Kamyu («Jahon adabiyoti» jumali. 1997-yil, 1-son. -B.192.). XX asr boshlarida aynan ijodkor uslubi, uning o‘ziga xos jihatlari haqida bir qator bahs-munozaralar yuzaga kelgan. Masalan, Abdulla Qodiriy va Sotti Husaynning «О`tкаn kunlar» romani yuzasidan olib borilgan bahslarida tipik shakl va uslub, kompozitsiya, til, adabiy ta’sir, ijod jarayonining tabiati, dunyoqarash kabi nazariy masalalar tahlil etilgan. S. Husaynning nazarida «Mehrobdan chayon» romani ancha muvaffaqiyatsiz chiqqan asar. Chunki unda Abdulla Qodiriy uslubi haddan tashqari murakkablashadi. Munaqqid o‘zi anglab yetmagan holda Abdulla Qodiriy ijodiy tadrijida o‘ziga xos bir bosqichga ko‘tarilganligini ham e’tirof etayotganday tuyuladi. «Mehrobdan chayon» romanining umumiy konsepsiyasini tahlil etgan adabiyotshunos olim A.Rasulov shunday deb yozadi: «... mening nazarimda, «Mehrobdan chayon» romanining matnida serma’nilik, ramz, ishora nihoyatda kuchliday tuyuladi»(l,86). Darhaqiqat, bunday murakkab uslubni S. Husayn va siyosiy dasturlar bilan adabiy-estetik hodisaga yondashgan tanqidchilik tushunishi mumkin emas edi. S. Husayn Kumushbibi obrazining yaratilishida Abdulla Qodiriyni «mantiqsizlik»da ayblaydi. Uning nazarida eski turmushning shariat talablariga tayanishi to‘g‘ri. Biroq real hayotda shu shariat qonunlari to‘kis-tugal harakat qilmaydi. Undan amalda manfaat yuzasidan foydalaniladi. Ko‘rinadiki, S. Husayn qarashlarida ziddiyat mavjud. U bir jihatdan shariat qonunlariga asosan Abdulla Qodiriy mantig‘i asosli ekanligini e’tirof etadi. Ikkinchi tomondan o‘tmishda, hatto oilaviy hayot muammolari masalasida ham sinfiy kurash aks etmaganligini ko'rganida astoydil darg'azab bo‘lib ketadi. S. Husayn shu mavqedan turib qarar ekan, Xushro‘ybibining insoniy tabiiy mayllariga asoslanuvchi shaddodligini asossiz deb biladi. Uning nazarida bu xarakter shakllanishida eskicha fikrdagi makkora xotin-qizlaming noto‘g‘ri tarbiyasi sabab qilib ko‘rsatilishi kerak ekan. S. Husayn Xushro‘ybibi obrazining romanga kirib kelishini asar xotimasi ta’sirchanligini oshirish maqsadida ataylab qilingan ish deb biladi: «Umuman romanda tip yo‘q, faqat ideallar bor degan fikrdaman» (2,138), - deb yozadi u. S. Husayn Abdulla Qodiriy hech qanday yangi adabiy usul va priyom ijod qilmadi. U Jorj Zaydondan aynan foydalana turib, ifoda va tasvirda ancha mahorat ko‘rsatgan deb biladi. Muhimi, munaqqid Abdulla Qodiriy individualligini e'tirof etadi. Uslubdagi, ifodadagi mushtaraklik hech qanday ko‘chirmachilik emas deb biladi. U Abdulla Qodiriy tomonidan o‘ziga nisbatan bildirilgan: «... tanqidchi yozuvda, tilda bir oz no‘noqroq yoki beparvo harakat qilsa kerakkim, uning jumlalaridan bir qismi izohga muhtoj ko‘rindilar» (3,196), - degan ta’kidini to‘g‘ri va foydali deb e’tirof etadi. Nazarimizda, bu S. Husaynning Abdulla Qodiriyga yon bosishi emas, siyosatdan xoli bo‘lgan juz’iy kamchilik ekani uchun tan olinish ekanligini e’tiborga olish kerak. S.Husayn Abdulla Qodiriyning hozirgi o‘zbek yozuvchilariga nisbatan so‘z va ifodani berishda, tasvimi hayajonli chiqarishda mahoratli ekanligini samimiy e’tirof etadi. U ruhiy kechinmalami berishda ba’zan ijodkoming ifoda topolmay hayratda qolishini tushunadi, e’tirof etadi. Demak, Abdulla Qodiriyning «qalamim ojizdir» - degan iqrorining sabablarini tushunadi. Lekin, umuman, yozuvchilar oldiga talab qo‘yar ekan, bunday qalam ojizligi bilan hayratda qolish mumkin emas deb hisoblaydi. Mavjud material ustida ko‘proq fikrlash. yangi-yangi ifodalar ijod etish nafaqat mahoratli ijodkorlar safini kengaytiradi, balki adabiy tilni ham boyitadi deb qalam ahlini faollikka da’vat etadi. Shubhasiz, bunday talablar endigina shakllanib kelayotgan yangi davr adabiyoti uchun haqli va o‘rinli edi. Biroq, S. Husayn yana siyosiy jihatga urg‘u berib, o‘z ojizligini arz qiUsh idealist romantik yozuvchilarda uchraydir, deb ta’kidlab qo‘yishni unutmaydi: «...ko‘rsatish emas, ular ustida hayajonli-tasviriy ifodalar bilan mulohazalar, xayollar yuritish birinchi o‘ringa qo‘yiladir. «Hayrat», «ojiz qolish», «noiloj»likning hammasi shundan. Ya’ni, dunyoni boricha to‘g‘ri. to‘la moddiy tushunmaslik va chiza olmaslikdan kelib chiqadir». Demak, ijodkoming o(ziga xos uslubi uning hayot hodisalarini tanlashi, uni xayolidagi olam bilan uyg‘unlashtirib, badiiy til vositasida akslantirishidir. Download 30.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling