Ijodkorlik va ijodkor shaxs tushunchalari. Ijodkor shaxsning shaxsiy fazilatlari. Ijodkor shaxs xarakteri
Download 27.92 Kb.
|
Ijodkorlik, ijodkor shaxs, kreativ shaxs tushunchalari
Ijodkor shaxsning xarakteri
Ko'p o'n yillar davomida olimlar va oddiy odamlar nafaqat jarayonning o'zini, balki ijodkorlarning o'ziga xos fazilatlarini ham yaxshiroq tushunishga harakat qilmoqdalar. shaxs katta qiziqish uyg'otadi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, odatda bu turdagi vakillar juda faol, ifodali xulq-atvorga ega va boshqalarning qarama-qarshi sharhlarini keltirib chiqaradi. Aslida, psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan hech qanday model aniq shablon emas. Masalan, nevrotizm kabi xususiyat ko'pincha ma'naviy qadriyatlarni yaratadigan odamlarga xosdir. Olimlar, ixtirochilar barqaror psixika, muvozanat bilan ajralib turadi. Har bir inson, ijodkormi yoki yo'qmi, noyobdir, bizda nimadir aks sado beradi va nimadir umuman mos kelmaydi. Bunday shaxslarga ko'proq xos bo'lgan bir nechta xarakter xususiyatlari mavjud: qiziquvchanlik; o'zini o'zi ishonch; boshqalarga nisbatan juda do'stona munosabatda emas. Ikkinchisi, ehtimol, odamlarning boshqacha fikrlashi bilan bog'liq. Ularga ular tushunilmagan, qoralangan yoki kimligi uchun qabul qilinmagandek tuyuladi. Bugungi rivojlangan zamonning asosiy talabi o‘zidan iz qoldira oladigan, yaxshi nom chiqaradigan,avlodlar faxr bilan tilga oladigan shaxslar yetishib chiqishidir. XXI asr -AT asrida juda qiziq ma’noga ega bo‘lgan barchani hayratga solgan, xalq tiliga birdek o‘rnashib olgan, zamonaviy talqindagi “kreativlik” tushunchasi paydo bo‘ldi. Kreativlik (lot,ing:”create”-yaratish,”creative”-yaratuv)-degan ma’noni anglatadi, ya’ni yangilik yaratuvchi-individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyor garlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatni ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rnida, his-tuyg‘ularida ,muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi.Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning ayrim xususiyatlarini tavsiflagan holda namoyon bo‘ladi.Shuning uchun u iqtidorning asosiy darajasi hisoblanadi. P.Torrens fikricha ,kreativ shaxs muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish ularni o‘zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash , unga to‘g‘ri yechim topishda bilim va amaliy ko‘nikmalarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalay oladigan mukammal shaxsdir....... Shaxslardagi ushbu jarayon muayyan bosqichlar asosida izchil rivojlanib boradi. Xo‘sh, shaxs faoliyatida kreativlik qanday shakllanadi va qachondan paydo bo‘ladi.......... Asosan kreativlikni ma’naviy dunyoqarashimiz tashkil etadi, nega insondagi eng ulug‘ sifat bu -uning ma’naviy dunyo.Kreativlikni tashkil qilishini asosi esa ongli mavjudot sifatidainson o‘z nafsini jilovlay olgan,og‘ir bosiqlik bilan qaror qabul qiladigan,omma oldida to‘g‘ri hukm chiqaradigan,notiq,saviyali individ hisoblanadi. Kreativlikni shakllantirishning mezoni faqatgina kitob o‘qish yoki yaxshi xulq sohibi bo‘lish emas.Uning uchun faoliyatni ijtimoiy hayot bilan bog‘lab borish lozim. Vaqtdan unumli foydalanish,o‘zida mavjud imkoniyatlarni kam deb bilmaslik,imkon topgunicha izlanishi,ko‘proq kashfiyotlar va statistik ma’lumotlar bilan qiziqishi, asarlarni har tomonlama tahlil qilishi,qahramonlar o‘rniga o‘zini qo‘yib muallif ichki dunyosini sezishi orqali ham insonni kreativligi oshadi. Siz kreativ bo‘ling ,ammo hech qanday yangilik yarata olmasangiz sizni hech kim tan olmaydi.... Kreativlikning asosini yaratuvchanlik qobiliyati tashkil qiladi. Kreativ insonlar o‘zlarini manman tutishmaydi, aksincha hali bu kashfiyotlari, o‘qiganlari, ko‘nikmalari juda kamligini his qiladi. Odatda mutaxassislarning fikricha, kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansa-da ,biroq bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi .Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma ,malakalarini o‘zlashtirishi zarur degan ehtimolni ifodalaydi..O‘zi shaxslardagi keativlik inson o‘zini tavakkaldan olib qochish ,iqtidorni to‘g‘ri rag‘batlantira olish, ichki olamini,fantaziya ko‘lamini to‘g‘ri tushuntira olish va chiqara olishi, har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylashi ,kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashishi , har bir o‘zidagi qiziqishga e’tibor qaratishi lozim ,ana shundaginahaqiqiy kreativ inson rivojlanadi. Kreativ shaxsning xususiyatlari nafaqat jamiyatga, balki butun kretivlikni anblagan insonlar hayotiga chaqmoqdek kirib boradi ,ularni o‘sha xususiyatlar qamrab oladi, qaysidir ma’noda olg‘a intilishni, faqat va yana faqat rivojlanishga undaydi. Jamiyat hayotida bunday shaxslarning ko‘payishi hech qanday ortiqcha shubhalarsiz rivojlanish yo‘lini ochib beradi.Kreativlik-yaratuvchanlikdegani deb faqat kashfiyotlarni yoki qandaydir fizik-kimyoviy olamshumul yangiliklarni emas oddiy inson hayoti davomidagi izchil o‘zgarishi ,oddiy tilda aytganda, ruchkani ushlashning yana qandaydir noodatiy usulini o‘ylab topishdir. KREATIVLIK bir soz bilan aytganda -ijodiy ishga qobiliyat bilan kirishmoq demakdir .Ushbu qobiliyat esa aynan o‘qituvchi va murabbiylar uchun juda zarur sanaladi.O‘z ustida ishlagan ,mehnat qilgan ,yangiliklar yaratgan,kreativlikni o‘zida mujassamlashtirgan insonlarning muvaffaqiyatining siri ularning kreativ xususiyatlaridir. Zero, jamiyat ,davlat mehnatsevar, kreativ, innovatsion yondashuvchi,halol,adolatli., haqni tan olgan ,qonun bilan hamnafas yashaydigan kadrlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularga shar-sharoitlar yaratib beradi!!! Download 27.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling