Ijro yig‘imini undirish to‘G‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘G‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A. AXMEDOV


Download 106.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi106.47 Kb.
#1519984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1741-сон 24.11.2007. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari A. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-noyabr,
226-mh-son
Adliya vazirining
2007-yil 24-noyabrdagi 226-mh-son 
buyrug‘i 
bilan
TASDIQLANGAN
Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning
undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-
son 
qaroriga 
muvofiq, ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorlarni chiqarish, ijro etish va hisobini
yuritish, shuningdek ularning undirilishi ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni
tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnomada mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor
tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoxud boshqa shaxsga muayyan pul mablag‘larini


to‘lashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.
Mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari deyilganda qarzdorga muayyan harakatlarni
amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatlari
yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.
2. Ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlarini majburiy
ijro etishda amalga oshiriladigan undiruvni nazarda tutadi.
3. Ijro yig‘imi qarzdordan ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati o‘tgandan so‘ng,
quyidagi miqdorlarda undiriladi:
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan undirilayotgan
summaning 1 foizi, yuridik shaxsdan 2 foizi miqdorida;
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan eng kam ish
haqining 5 baravari miqdorida, yuridik shaxsdan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida.
4. Ijro yig‘imini undirish uchun sud ijrochisi tomonidan chiqarilgan qaror asos bo‘ladi va u
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
Qonunining (keyingi o‘rinlarda matnda Qonun deb yuritiladi) 
7-moddasiga
muvofiq ijro hujjati
hisoblanadi.
Ijro yig‘imini undirish Qonunning 
82-moddasiga 
muvofiq qarzdorga solinadigan jarimani
to‘lashdan ozod etmaydi.
5. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorni majburiy ravishda ijro etish umumiy belgilangan
tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori bilan
tasdiqlangan Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom 
va mazkur
Yo‘riqnomada belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Download 106.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling