Ijro yig‘imini undirish to‘G‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘G‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


Download 106.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi106.47 Kb.
#1519984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1741-сон 24.11.2007. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

3-Misol.
 Sud ijrochisining ish yurituviga qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan 3 ta ijro hujjati
kelib tushgan. Ushbu ijro hujjatlaridan biri mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan (boshqa shaxsga
binoni topshirish), ikkitasi mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan (soliqlar bo‘yicha 600 000 so‘m
boqimanda qarzdorlikni undirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi shartnomaviy
munosabatlardan yuzaga kelgan 200 000 so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risida) hujjatlardir. Biroq,
qarzdor ko‘rsatilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarmagan.
Shu sababli, sud ijrochisi tomonidan mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjati bo‘yicha eng
kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida (183 600) ijro yig‘imi undirish to‘g‘risida, mulkiy
xaraktyerga ega bo‘lgan qolgan ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan mablag‘ning 2 foizi
miqdorida ijro yig‘imi undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish jarayonida qarzdorning mulkini realizatsiya
qilishdan sud ijrochilari bo‘limining depozit hisob raqamiga faqatgina 800 000 so‘m kelib tushdi.
Ushbu holatda depozit hisob raqamiga kelib tushgan summadan dastlab birinchi navbatdagi
talab qanoatlantiriladi. Mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor
tomonidan to‘lanadigan ijro yig‘imi birinchi navbatdagi talabga tenglashtirilganligi sababli, u
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha boshqa birinchi navbatdagi talablar bilan
birgalikda mutanosib ravishda undiriladi. Shunga ko‘ra, soliqlar bo‘yicha boqimanda qarzdorlikni


undirish haqidagi talab, u bo‘yicha ijro yig‘imi, shuningdek, mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro
hujjati bo‘yicha to‘lanadigan ijro yig‘imi birinchi navbatdagi talab hisoblanib, bu talablar avval
qanoatlantiriladi, ya’ni:
183 600 so‘m (mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan hujjatlar bo‘yicha ijro yig‘imi) + 600 000
so‘m (boqimanda) + 12000 so‘m (boqimanda undirish to‘g‘risidagi ijro hujjat bo‘yicha undirilgan
yig‘im) = 783 600 so‘m.
Qolgan 16 400 so‘m mutanosib ravishda keyingi navbatdagi talablarni (200 000 so‘m)
qanotlantirishga va ular bo‘yicha tegishli ijro yig‘imini (4 000 so‘m) undirishga yo‘naltiriladi:
16078 so‘m (xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlardan yuzaga
kelgan qarz) + 322 so‘m (u bo‘yicha yig‘im) = 16 400 so‘m.
Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi
sud ijrochilari qarorlarini hisobini
yuritish va ularning undirilishini
nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
yo‘riqnomaga
3-ILOVA

Download 106.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling