Ijtimoii pedagogika


Download 2.21 Mb.
bet112/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Tabiiy otsibatlar metodi. Agar nojo‘ya ish qilingan bo‘lsa, bolani uning oqibatlarini tuzatishga, ma’naviy yoki moddiy zararning o‘rnini to‘ldirishga o‘rganish zarur. Masalan, sindirdingmi — tuzatib qo‘y, buzib qo‘ydingmi — pul ishlab top va buzgan narsani olib ber, haqorat yoki xafa qildingmi — kechirim so‘ra va hokazo.
Agar oilada bolani tuzatish uchun sharoitlar bo‘lsa, qayta tarbiyalash metodlari va usullari quyidagilardan iborat ota-onalar bir-birlari bilan normal munosabatlar o‘rnatadilar, pedagogik xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladilar, o‘zlarining bolaga bo‘lgan munosabatlarini, o‘zlarininghayotiy pozitsiyalarini o‘zgartiradilar.
Psixolog — pedagogik puqtai nazaridan tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlaydigan katta yogsdagilar quyidagi qoidaga rioya qilishlari lozim: ko‘p nasihat qilavermang; o‘smir his — tuyg‘ularini hurmat qiling; hayotda mustaqil bo‘lishga o‘rgating; ko‘p dakki beravermang; do‘q-po‘pisa qilmang.
Savol va topshiriqlar:
Ijtimoiy tarbiya tushunchasining mazmun mohiyati nimadan iborat?
Tarbiyasi «qiyin» bola bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni haqida fikr yuriting.
Odob-axloq — hayotiy me’yorlar sifatida. Ijtimoiy pedagogikada me’yorlardan chekinish — otit tushunchasi.
Me’yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va sotsiologiya fanlarida keng qo‘llaniladi. Unga aniq bir ta’rif berish juda kiyin. Masalan, bitta tibbiyotning o‘zidagina me’yor tushunchasi ga 200 dan ortiq ta’rif berilgan. Umumiy holda me’yor — bu ob’ektiv voqelikni belgilovchi ideal bilim, aniq voqelikni tavsiflovchi o‘rtacha statistik ko‘rsatkichdir. Tibbiyotda, psixologiyada, sotsio- logiyada me’yorlarning o‘z tasnifi, parametrlari, ko‘rsatkichlari mavjud. Belgilangan, jamiyat tomonidan qabul qilingan va tan olingan me’yorlarga mos kelmaslik jarayoni ikkinchi bir tushuncha — chekinish, yoki og‘ish bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogikada «me’yor» hamda «me’yorlardan chekinish» masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi va rivojlanish jarayonini tavsiflagsda yordam beradi. Chekinishlar asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega. Negativ chekinishlarga aqti zaiflik, shuningdek, narkomaniya, alkogolizm, jinoyatchilik singari insonning ijtimoiylashuviga, umuman jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar negativ xarakterga kiradi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling