Ijtimoii pedagogika


Bashoratchilik qobiliyati


Download 2.21 Mb.
bet22/144
Sana25.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1722299
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Bashoratchilik qobiliyati — faoliyat olib borish usullarini belgilab olib, uni aniq maqsad tomon yo‘naltirish, luch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan ko‘ra bilish va hisobga olib, vaqgni to‘g‘ri taqsimlash; loyihalashtira bilish — faoliyatni aniq bir loyiha asosida, tarbiyalanuvchining shart-sharoitlari va mavjud muhit talablarini hisobga olib, aniq bir tartibda olib borish o‘z faoliyatining har bir bosqichida ijobiy va salbiy natijalarini to‘g‘ri tahlil qila olish; kirishuvchaplik, ya’ni bolani eshitish va tinglay olish, bola bilan muloqot jarayonini osonlashtirish, bola muammosini to‘g‘ri tushunish uchup zarur axborot va ma’lumotlarni to‘plash.
Shu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir — biri bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot, sport, militsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib kelindi. Natijada jamiyat a’zolari onщda bolalar tarbiyasi bilan fakdt o‘qituvchi va ota-onalar shurullanishi lozim degan fikr o‘rnashib qoldi Yurtimizda ijtimoiy ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etigsda insonlarning yashash sharoitini yaxshilashda, eng asosiysi — har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy himoyalagsda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari. Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi bilan ishlaydigan shaxsdir. U o‘z faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqotga kiri- shishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddi- yatlarga bormaslik, ularning ko‘ngliga, yuragiga kirib borish uchup sifat va fazilatlarga ega bo‘lishi talab etiladi: empatiya (dunyoni boshqalarning ko‘zi bilan ko‘rish, tushuna bilish), hayrixohlik, ezgulik, to‘g‘rilik, ochiq ko‘ngillik, aniq mo‘ljal olish, samimiylik, kommunikabellik (boshqalar bilan chiqisha bilish).
Ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosini ijtimoiy ish, muru v vat ko‘rsatish, xayriya, mehribonlik kabi tushunchalar tashkil qiladi.
IJTIMOIY ISh — aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlariga yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy ishlarning ob’ekti inson hisoblanadi, lekin hamma emas, balki faqatgina muammolari bo‘lganlari (ekologik, ijtimoiy, texnogen, millat- lararo keskin o‘zgarishlar, buzilishlar natijasida) yoki sog‘lom bo‘lmagan, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lganlar hi- soblanadi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling