Ijtimoii pedagogika
Download 2 Mb.
|
Ijtimoii pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitarrino Da-Feltredir
Ijtimoiy pedagogika — pedagogika fanidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqaniga ko‘p vaqg bo‘lgan emas. Biroq pedagogika fanining o‘zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina XVII asrdan boshlab shakllangan. Bu buyuk chex pedagogi Yan Amos Komepskiy (1592-1670) nomi va uning «Buyuk didaktika» asari bilan bog‘liq. Bu asrda pedagogikaning tadqiqot predmeta va prinsiplari belgilab berilgan.
Ilgari ta’kiddab o‘tganimizdek, pedagogika uzoq asrlardan buyon falsafa fani doirasida rivojlanib keldi. Shu nuqgai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida u bilan hamnafas rivojlangan. Shu sababli ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z tadqiqot ishlarini pedagogika tarixi, falsafa va barcha davrlar va xalqtar o‘tmittg allomalarining pedagogik qarashlari bilan bog‘lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish davrlariga va shu nuqgai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni quyidagi 3 bosqichga bo‘lish mumkin deb o‘ylaymiz: Birinchisi — boshlang‘ich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakkurning shakllanishi bilan xarakterli. Bu davr da tarbiya ijtimoiy voqelik sifatida tiklana bordi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan anglangan faoliyatga aylandi, tarbiyaning turli nazariyalari vujudga keldi. Antik davrlardayoq ijtimoiy-pedagogik g‘oyaning tamal tottgi qo‘yilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi. Tarbiyani yoshlikdan boshlash, bunda bolaning tabiatni, atrof-muhit ta’sirini hisobga olishi, kattalar, eng avvalo, ota-onalar nufuziga suyanishi lozim degan g‘oyalar ilgari surilgandi. Jumladan, Konfutsiy va uning izdoshlari shaxsning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va mohiyati kabi muammolarni o‘rganganlar. Masalan, Syan-szi tug‘ma xususiyatlar bu samoviy munosabatlar hosili bo‘lib, ularga ta’lim berish bilan erishib bo‘lmasligini, inson yovuz tabiatga ega bo‘lib, u i lagi ezgulik manfaatlar uchup orttirilgan fazilatlar ekanligini e’tirof etadi. Inson tug‘ilishidan boshlab har bir narsadan foyda olishga intiladi. Bu esa kishilarning o‘zaro raqobatlashishiga olib keladi. Shuning uchup ham tarbiya yo‘li bilan inson tabiatini o‘zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ularni adolatlilik va mas’uliyatlilik kabi qator fazilatlarga o‘rgatish lozim. Italyan pedagogi, insonparvari Vitarrino Da-Feltredir (1378 — 1446). «Kuvonch uyi» deb nomlangan birinchi maktab-internatini tashkil etib, dastlabki ijtimoiy faoliyatga asos solgan olim sifatida e’tirof etildi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling